«Bu kechani oilamga
bag„ishlamoqchi edim»
deb javob berish mumkin. Bu sizni taklif qilayotgan
kishini haddan ziyod ortiqcha takliflar oiladagi umr yo‗ldoshlardan biriga xush
kelmayotganini anglashga imkon beradi.
Mehmondorchilikda ayollar sumkalarni qaerga qo‗yishlari lozim? Eng yaxshisi
pardoz stoliga qo‗ygan ma‘qul. Dasturxon atrofida tizzaning ustida halaqit berishi
mumkin, o‗rindiqni suyanchig‗ida – tushib ketishi tayin. Agar kechki ovqatda
to‗rt-olti kishi uchrashsa, to uy bekasi joylarni ko‗rsatgunga qadar kutib turganlari
ma‘qul. Ko‗pchilik bo‗lgan kechada o‗zingiz istagan joyga o‗tiring.
Taklifni qabul qilishda:
«YAna kim keladi?»
deb so‗rash nojoiz. Zarur bo‗lsa
taklif qilayotgan kishining o‗zi mehmonlar tarkibi haqida aytishi mumkin. Bunday
kechalarda istalmagan tanish bilan uchrashishga sabab bo‗lishi tabiiy. Nima ham
qilardiq ko‗rmaslikka olish, u bilan ko‗rishmaslik – mezbonlarni xafa qilishi
mumkin.
Mehmonda ketma-ket chekish yaxshi emas. Sigaret qo‗lini faqat qo‗ldonga
tashlash lozim. Parishonxotir kashandalarning bu haqda yodidan ko‗tarilib, erga
tashlangan qo‗lni mezbonlar ko‗rib asabiylashshishlari mumkin. Mehmonda
ekansiz, yaqin oynaga qarayverish, kvartirani baholayverish, ayniqsa tanqidiy
mulohazalarni aytish odobsizlikdir. Hadeb yon-veriga qaravermasdan, uy egasiga
bir og‗ish shirin so‗z aytish mehmonning vazifalaridan biridir. Nima va qancha
deb jihozlarni tekshiraverish, ularni olib tomosha qilish, uning markasi bilan
qiziqish yaramaydi.
Bolalarni faqat maxsus aytilgan xolatdagina olib borish maqsadga muvofiq.
Mehribon ota-onalarning bolalarini ko‗pchilikka ko‗z-ko‗z qilishdan tiyilishini
maslahat beramiz. Qadimgi odatlarga ko‗ra mehmon o‗zi bilan biron bir
qarindoshini yotib ketishi uchun olib kelar edi. Qoidaga asosan buni faqat
mezbonni ogohlantiribgina amalga oshirish mumkin. Va umuman yo‗lda uchragan
tanishingizni olib kelmang – bu mezbonga yoqmasligi tayin. CHunki tarbiya
ko‗rgan kishilar hech qachon to‗g‗ri kelgan joyga taklif qilsa boravermaydilar.
177
Agar u erda siz biron narsani sindirib yoki bo‗zib qo‗ysangiz, uning qiymatida
pul taklif etmagan ma‘qul. Undan ko‗ra shunga o‗xshash jihozni olib bergan
yaxshi. Bunga biron tadbirlarda sovg‗a sifatida taqdim etish bilan amalga oshirish
mumkin. Bo‗zilgan narsani o‗zi bilan tuzatgani olib ketish mumkin, ammo yillab
uyda yotishi uchun emas.
Agar jamoat ikki guruhga bo‗linsa, er bir guruhga, ayol ikkinchi guruhga
qo‗shilgani yaxshi. Ammo davrani er yoki ayol orqali hursandchilik qilishga yo‗l
qo‗ymang. Ba‘zi odamlar o‗zining
«yarimtasi»
bilan jamoatni hursand qilish
uchun maqtanishni xush ko‗radilar. Oxir-oqibat buning aksi bo‗lib chiqadi. Jamoa
zerikadi,
«garovga»
aylangan rafiqa o‗zini noqulay his qila boshlaydi.
«Ayolim
yoshlardek kiyinib olgan»
kabi hazillar yoki
«Karamni ema, bunday jigar
bilan»
kabi tanbehlar farosatsizlik belgisidir.
Er-xotinlardan birining ketish niyati bo‗lsa, ikkinchisi ham so‗zsiz o‗rnidan
turishi lozim. Turli bu boradagi munozaralar o‗rinsizdir va bunday turdagi bahslar
guvohlarsiz amalga oshgan ma‘qul.
Mehmonda taomdan voz kechish yaramaydi, har qanday taomni so‗zsiz qabul
qiling. Dieta saqlaydiganlarning umuman kechki ovqatga bo‗lgan taklifni qabul
qilmasliklarini maslahat beramiz. Ammo kelgan ekansiz, idishga ozgina olib, uni
emaslik ham mumkin, lekin bunda buni hamma bilishi shart emas. O‗zingizni
muammolaringiz o‗zingizga havola.
Issiq taomdan voz kechish mumkin, ammo faqat aniqlik bilan –
«rahmat, hozir
emas»
degan so‗zlarsiz, chunki uy bekasi aynan siz uchun taomni issiq saqlab
turishga, yoki stolda qoldirishga majbur bo‗ladi. Bunday tarzda faqat sovuq gazak
yoki dissertdan voz kechish mumkin, bunda ular stolda turishi mumkin va uy
bekasining maxsus diqqatini talab qilmaydi. Agar taomdan voz kechish imkoni
bo‗lmasa, spirtli ichimlikdan – voz kechish mumkin. Mashinani o‗zingiz
haydashingizni bahona qilishingiz mumkin. YOki jigarni sabab qilsangiz ham
bo‗ladi.
Mehmon hech bo‗lmasa bitta taomni maqtashi lozim. Bu taomni qanday
tayyorlanishini so‗rash – uy bekasiga ma‘lum ma‘noda xushomaddir; ammo agar
178
buni aytishni istamasa, sirni saqlashida da‘vo qilmang. Taomdan so‗ng darhol
tashakkur bildirilmaydi. Agar uy bekasi kechki ovqat tugaganini bildirsa, hamma
turib boshqa xonaga kiradilar yoki shunchaki dasturxondan turadilar.
Kechki ovqat tugagan zahoti ketish yaramaydi, ayniqsa agar uy bekasi
oshxona va mexmonxona o‗rtasida xizmat bilan band bo‗lsa. Bunday holatlarda
uy bekasi faqat kechki ovqatdan so‗nggina mehmonlar davrasiga qo‗shilishiga
imkoniyat topiladi – bu uning huquqi. Ammo shunday vaziyatlar bo‗ladiki,
ketishga to‗g‗ri kelib qoladi. Unda mehmon mulozamat bilan mezbonga vaqtli
ketish sababini tushuntirishi lozim. Agar odam ko‗p bo‗lsa, uy egasidan boshqa
hech kim bilan xayrlashmasa ham bo‗ladi. Bu Angliyadan tashqari hamma
erda
«Inglizcha ketish»
deb, Angliyaning o‗zida esa
«Fransuzcha ketish»
deb
nomlanadi.
Avvalambor xayrlashish, so‗ng kiyinish lozim, aksini qilmang. Ketish oldidan,
mehmonlar mezbonga tashakkur aytadilar, ularga javoban mezbon
«Sizga ham
kelganingizga rahmat»
deydi.
Mehmonda qancha vaqt bo‗lish mumkin? Aniq bir holat yo‗q. Lekin sizni bir
piyola choyga taklif qilishgan bo‗lsa, shu bilan cheklangan ma‘qul. Kechga borib
uy egalarining boshqa rejalari bo‗lishi mumkin. Kechki ovqat umumiy kayfiyatga
qarab yarim kechagacha cho‗zilishi mumkin. Asosan, mezbonlarning qanchalik
charchashiga e‘tibor berilishi lozim.
Biz kirgan xonada o‗chirilgan televizorni ko‗rsag-u, uni yoqishni mezbondan
talab qilmasligimiz joiz. Bundan mezbonlar bir oz suhbat qurishni istaganlari
uchun ham mehmon chaqirishganini fahmlasa bo‗ladi. Ba‘zida aynan shu payda
juda qiziqarli ko‗rsatuv bo‗lishini gap orasida aytib o‗tish mumkin, ammo bunga
mezbonlar ro‗yxush bermasalar, indamagan ma‘qul.
Agar televizor yoqilgan bo‗lsa, uning yomon ko‗rsatishi-yu, xonandaning
kiyinishi va boshqa narsalarni tanqid qilib ketish yaxshi emas, bunda mezbonning
aybi yo‗q. Ko‗rsatuv me‘dangizga tekkan bo‗lsa-yu, boshqalar uni qiziqish bilan
ko‗rayotgan bo‗lishsa, yoki aksincha, hamma ketishga chog‗langan bo‗lsa-yu, siz
kinoni oxirigacha ko‗rib olay deb tursangiz, noqulaylik tug‗iladi. Kechki tanovul
179
paytida doim televizorga qarayverish yoki ekranga qadalib o‗tirish yaramaydi.
Ayniqsa uy egalari ovqatlanib turgan paytda o‗rnidan turib ketib, televizorni oldiga
o‗tirib olishdan yomonrog‗i yo‗q.
Do'stlaringiz bilan baham: |