11-MAVZU. MAROSIMLAR, MEHMON VA MEZBON ETIKETI
1.
Marosimlar etiketi.
2.
Mehmon va mezbon etiketi.
3.
Dasturxon tuzash, oilaviy bayramlar.
O‗zbek xalqining qon-qoniga singib ketgan marosimlardan biri to‗ydir. To‗y
qarindosh-urug‗, tanish-bilish, qo‗ni-qo‗shni, el-yurtga yoziladigan dasturxon,
ularni ahillikka, mehr-oqibatli bo‗lishga undaydigan marosim bo‗lib hisoblanadi.
To‗ylarimiz o‗zbeklarning kimligini namoyon etuvchi o‗ziga xos bir ko‗rikdir.
To‗y ham, ma‘raka ham, marosim ham shaxsiy ish emas balki ijtimoiy xodisadir
bu birinchidan. Ikkinchidan, esa xalqimizning milliy qiyofasi va harakteri, o‗ziga
xos turmush tarzi, salohiyati, dunyoqarashi, tafakkuri, ongi va qalbi,
odamgarchiligi, orzu-umidlari, fazilatu kamchiligi bir so‗z bilan aytganda, butun
borlig‗i ana shu to‗y-hashamlarda, oilaviy tantanalarda, ma‘raka va marosimlarda
yaqqol namoyon bo‗ladi.
O‗zbekistondagi har bir viloyat va hududlarda to‗y oldi va to‗y o‗tkazish
marosimlari o‗zgachadir. Lekin qaerda bo‗lishidan qat‘iy nazar, to‗y oldi
marosimlari va to‗y o‗tkazishning ham o‗z etiketi mavjud.
To‗y marosimlari qiz tanlashninig sovchilik marosimi bilan boshlanadi.
Sovchilikka asosan ayol kishilar yuradi. YA‘ni kuyov bo‗lmishning xolasi yoki
ammasi, yon qo‗shnisi, onasi bilan birga yuradi. Sovchilikka borgan ayollar
nihotda so‗zamol, shirin so‗z, uddaburon bo‗lishlari kerak
Xonadonida bo‗yi etgan qizi bor oilalar sovchi kelishiga doim tayyor turishlari
kerak Uy-joylar doimo toza, tartibli turishi lozim. Kim sovchi bo‗lib kelishidan
qat‘iy nazar ularni ochiq yuz bilan kutib olish kerak Sovchilarga o‗sha
xonadonning oila a‘zolari, oilaviy muhiti, qizning odobi ma‘qul kelsa o‗sha
xonadonga qayta keladilar. Qiz taraf ham birinchi kelgan sovchilarga aniq javob
bermaydilar.
164
Etiket bo‗yicha birinchi marotaba kelgan sovchining yoniga qizni olib kirib
ko‗rsatish (hatto sovchilarning iltimosiga binoan) mumkin emas. Bugungi kunda
barcha qizlarimiz o‗qiydilar, ishlaydilar – juda bo‗lmaganda odobli, tarbiyali qiz
sahar turib ko‗chalarni supuradi – o‗sha payt qizni tashqi ko‗rinishini ko‗rib olish
mumkin.
Birinchi kelgan sovchiga qizni rasmini ko‗rsatish mumkin. Sovchilarning
o‗zini tutishi, hatti-harakatlari yoqmagan taqdirda ham, qizning onasi tavoze‘ bilan
qizini xali o‗zatmaslik bahonasini aytishi mumkin. Ikkinchi marotaba kelgan
o‗sha sovchilar kuyov haqidagi aniq ma‘lumotlarni tashlab ketadilar. O‗sha
ma‘lumotlar bo‗yicha kuyov bo‗lmishni mahalla-kuy, ishxonasi, yor-do‗stlari
orqali surishtiruv ishlari amalga oshiriladi. Bularni hammasi ham odob qoidalariga
binoan olib boriladi.
Ma‘lumotlar yig‗ib olingandan so‗ng, o‗rtada turgan amma yoki xola qizning
yaqin qarindoshlari orqali yoki telefon orqali javob olish uchun borish
mumkinligini haqida rozilik so‗rab, kun belgilanadi.
Sahih hadislarda yozilishicha ―Qaysi bir ayolga uylanish dilga tushib qolsa,
oldin uni bir ko‗rishlik yomon emas‖ deyilgan. Demaq qiz tomon to‗plagan
ma‘lumotlari ma‘qul tushsa, qiz bilan yigitni bir marotaba bir-birlariga
ko‗rsatishadi. Qiz hamda yigit ham o‗zlarining yaqin qarindoshlari bilan
uchrashuvga chiqadilar. Agar qiz bilan yigit uchrashib, bir-birlariga ma‘qul
bo‗lgan bo‗lsalar, patir sindirish marosimi o‗tkaziladi. Bu marosim ham kichik-
kirim, ya‘ni ozchilik o‗rtasida bo‗lib o‗tadi. Bundan so‗ng ―oqlik berish‖
marosimi bo‗lib o‗tadi ya‘ni kuyov taraf qiznikiga ―oqlik‖ jo‗natadi. Bu
marosimda ham kamchilik qatnashib kuyov tarafdan kelinga atab yuborilgan
birinchi sovg‗a salom, shirinliklar, va sarponing ma‘lum qismi yuboriladi va o‗sha
kuni tuy o‗tkazish muddati belgilanadi.
Tojiklarda shunday urf-odat borki, N.A.Kislyakov fikricha
30
, sovchilikka
kelgan odam non ushatadi. Non ushatilgandan keyin berilgan va‘da buzilmaydi.
30
Кисляков Н.А. Семья и брак таджиков. – М.-Л., 1959, с.80.
165
Ruslarda Dj.Fletcherning fikricha
31
, to‗y tugagandan keyin kuyovning otasi
mullaga (svyaщennik) non sindirib beradi, mulla nonni kelinning otasi va yaqin
qarindoshlariga uzatadi, bir-birlari bilan muhabbat ila xudo oldida bir-birini
asrashga va sevishga va‘da berishadi.
Juda ko‗p joylarda to‗ylar uy sharoitida bo‗lib o‗tadi. Lekin katta shaharlarda
to‗ylar restoran va kafelarda o‗tkazilmoqda. SHuning uchun to‗ylardagi dasturxon
atrofidagi etiket, o‗zini tutish etiketi, raqs tushish etiketi, kiyinish etiketiga
qat‘iyyan amal qilinishi lozim. Jamoada yoshi katta onaxonlarni, otaxonlarni
borligini unutmaslik kerak Qonuniy nikohini kechki nikoh to‗yi marosimida qayd
etish urf bo‗lib bormoqda. (SHar‘iy nikoh to‗y egalari bilan kelishilgan vaqtda
ro‗yxatdan o‗tkazilgandan so‗ng, masjidning imom-xatibi amalga oshirishi lozim).
Kuyov navkarlar kelinning uyiga karnay-surnay sadolari ostida boradilar.
Ma‘lumki, karnay-surnay sadosi nikoh to‗yi e‘lonidir. Ushbu tadbirda yosh
bolalarning qatnashishi etiket bo‗yicha maqsadga muvofiq emas. Ko‗p joylarda
ushbu udum to‗y oqshomining ertasi kuni o‗tkazish odatga aylangan. Bu ―kelin
salom‖ deb nomlanadi. Kelin salomda faqat yaqin qarindoshlar va yon qo‗shnilar
qatnashishadi. Buning ham o‗z etiketi bo‗lib, barcha amal qilishi lozim.
YAngi chaqaloq tug‗ilishi munosabati bilan o‗tkaziladigan udum bu ―Azon
aytish (SHar‘iy marosim) CHaqaloq tug‗ilganidan 7-9 kun o‗tgach, mahalla imomi
yoki yaqin qarindoshlaridan ilmlisi uning o‗ng qulog‗iga azon (chap qulog‗iga
takbir) aytiladi. Bu odat go‗dakning bokira shuuriga Alloh nomini muhrlash
mazmunida talqin etilgan‖.
Aqiqa chaqaloq tug‗ilgandan keyin 7, 14, 21 - kunlarning birida bir qo‗yni
so‗yib, uni uchga taqsimlab, bir qismini homiladan bo‗shagan ona uchun, bir
qismini muhtoj oilalarga tarqatish, bir qismini ziyofatga ishlatish tavsiya etiladi.
Qovurdoq yangi bo‗shangan kelinga onasi tomonidan tayyorlab olib
boriladigan taom. O‗zaro mehr-oqibat va do‗stlik rishtalarining mustahkam
bog‗lanishini nazarda tutib ixcham ko‗rinishda o‗tkaziladigan marosim
hisoblanadi. O‗sha kuni beshikka solish marosimini ham o‗tkazib yuborish
31
Флетчер Дж. О государством русском. Спб., 1905, 2-е изд. С.113.
166
mumkin. Bundan tashqari, sunnat to‗yi, beshik to‗yi kabi marosimlar ham bo‗lib
bularni ham ixcham va yaqin kishilar davrasida o‗tkazish maqsadga muvofiq.
Rus xalqida to‗y marosimida XIX asr oxiri XX asr oshlarida kelin beliga
qizildan belbog‗ boylagan. G.S.Maslova
32
fikricha, ushbuodat XX asr boshlarida
urf bo‗lgan. Uning ma‘nosi kuyovlar belbog‗ida Iso Masihga, kelinlar belbog‗ida
Bibi Maryamga hurmat va ularning olqishi deb hisoblaydi.
Dunyo xalqlari orasida nikoh barcha xalqlar uchun muqaddas hisoblanadi. Bu
ikkita yoshning bir-biriga ishonchi, hurmati va muhabbati, deb hisoblaydi
V.Matveev va A.Panovlar
33
.
Do'stlaringiz bilan baham: |