O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent to‗qimachilik va engil sanoat instituti



Download 1,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/297
Sana12.01.2022
Hajmi1,9 Mb.
#336017
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   297
Bog'liq
professional etika va etiket

Ikkinchi  tarafdan

qaynona  yoki  ona  sog‗lig‗i  yaxshi  bo‗lmagani  uchun  uy  yumushlarini  bajarishga 
imkoni  bo‗lmasligi  mumkin.    Lekin  u  hurmatga  loyiq,  uyning  to‗ri  uniki  bo‗lishi 
lozim.  U oilaviy tadbirlarning barchasida e‘zozli mehmon sifatida ishtirok etadi.  
Kelin  yoki kuyovni ko‗rgani kelgan  yoshlar bilan onalarning o‗tirish  unchalik 
shart  emas.    Odatga  ko‗ra  yosh  mehmonlar  kelishgach,  dasturxonni  ona  fotiha 
bilan ochib beradi.  Ketishda esa ham «javobni» ular berishlari lozim.  
YOshi  kattalarning  yoshlar  tomonidan  qilingan  mulozamatini  juda  xush 
ko‗rishlariga  e‘tibor  berin  lozim.    To‗g‗ri,    hozirda  bunday  masalaga  e‘tibor 
bermaydigan  oilalar  ham  bor.    Oiladagi  sizga  bo‗lgan  yaxshi  munosabatdan 
g‗ururlanib,  shirinso‗zlik  va  adablilikni  unutmang.    Doimo  shirinso‗zlik  bo‗lish 
joiz.    Ikkiyuzlamachilik  va  munofiqlikni  ishga  solmang!  To‗g‗ri  gapiring,  ammo 
chiroyli  gapiring.    O‗zini  hech  qachon  erga  urmaslik  kerak    Siz  tomonidan 
so‗zlayotgan  shirinso‗zlarning  hammasi  «yashash  uchun  bo‗lgan  kurash»  emas, 
aksincha  odob  yuzasidan  ekanligini  bildiring.    Ayniqsa,  qizg‗in,  xursandchilik 
kunlarida  hammaning  oldida  qaynonangizni  charchab  qolishidan  «qo‗rqib»  unga 
dam  olishni  maslahat  bermang.    Umuman,  qarilikni  ta‘kidlab  turadigan  ifoda 
usullaridan saqlanish yaxshiroq.  
Qaynonalar    yoshlarning  shaxsiy  hayotiga,  ularning  o‗zaro  munosabatiga 
aralashmasliklari  lozim.    Bu  madaniyatsizlikdir  va  sizni  ularni  oldida  erga  uradi.  
Ayrim    xollarda  qaynona  va  kelin  andishini  yig‗ishtirib  qo‗yib,  har  birlari  o‗z 
gaplarini  o‗tkazishga  harakat  qilishlarini  ko‗zatishimiz  mumkin.    Bunday 
kelishmovchiliklarni oldini olish uchun kattalar yoshlarning kiyinishida, sochlarini 
turmaklashida,  yoqtirgan  kuy  va  ashulalari,  shuningdeq  ba‘zi  boshqa  masalalarda 
ularni  o‗z  xollariga  qo‗yishlari  lozim.    YOshlar  ham,  o‗z  navbatida  iloji  boricha 


 
159 
ota-onalarni  tushunishga  intilishlari,  ularning  g‗ashiga  tegadigan  noo‗rin  qiliq  va 
odatlardan o‗zlarini tiyilishlari kerak  
Kelin  kelinligining  birinchi  kunidanoq  hamma  narsani  keragicha  bilishi,  katta 
tajribaga  ega  bo‗lgan   qaynonasi  darajasida  turishi  juda  qiyin.    U  ham  mayli-ya, 
lekin  bilishni  istamasa  qiyin.    SHuning  uchun  onalar  qizlariga  ovqat  pishirishni, 
meva  va sabzavotlarni  qishga sharbat, tuzlama,  murabbolar tayyorlashni,  uy-joyni 
saranjom-sarishta  tutishni,  did  bilan  mehmon  kutishni  va  shu  kabi  uy-ro‗zg‗or 
ishlarini o‗rgatishga alohida e‘tibor berishlari zarur.  
Kelinlik vazifasidan tashqari qaynona va qaynotalarning ham vazifasi borligini 
unutmang.  Bir nima olishdan asosiysi – mehringizni ayamang.  Uy va o‗g‗lingizni 
ro‗kach qilavermang.  Minnat  farzandning shaxsiyatiga tegadi.  Ota-ona  minnatni 
kechirishi  mumkin,  lekin  farzand...  CHunki ot-ona o‗g‗liga bog‗liq bo‗lishni baxt 
deb  biladi,  ammo  farzand  ota-onaga  bog‗liq  bo‗lishni  umuman  hohlamaydi.  
O‗g‗lingiz  bo‗lmasa,  u  boshqa  kishiga  turmushga  chiqishi  mumkin  edi.    Uyi 
bo‗lmasa,  o‗g‗lingizga  qiyin  bo‗lardi.    «Mening  davrimda... »  yoki  «Men  unday 
qilardim, bunday qilardim» degan gaplarni kamroq aytgan ma‘qul.  Agar yoshlarni 
o‗z  hayotlaridan  mamnun  bo‗lishlarini,  shukr  qilib  yashashni  o‗rgatmoqchi 
bo‗lsangiz  –  o‗zingiz  namuna  bo‗lish  lozim.    Bolalar  doimo  bolaligicha  qoladi.  
Ular  sizning  so‗zingiz  bilan  amalingiz  qandayligini  solishtiradilar.    Bolalarni 
doimo  duo  qiling.    Kattalar  kichiklarga  bizda  rahmat  demaydilar.    Ammo  yaxshi 
niyat bilan qilingan samimiy duo kuchliroq ta‘sirga ega.  
Ba‘zida  ota-onani  oldida  o‗tirib,  ularni  ko‗nglini  oling,  hadyalarni  o‗zingiz 
qiling,  kelin  o‗zi  topshirgan  sovg‗a  bilan,  (garchi  sizning  hisobingizdan  bo‗lsa 
ham) siz topshirgan sovg‗adan er bilan osmonchalik farqi bor.  

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish