sifatini belgilashda muhim omil bo„lib hisoblanadi. Bu jarayon quyidagi
operatsiyalardan iborat: modellarini loyihalash, materiallarni bichish, tikish va
poyabzalni so„nggi pardozlash. Poyabzallar assortimentini ishlab chiqish va
yangilash loyihalash davrida, sifatini shakllantirish esa ishlab chiqarish
modeli, ishchi chizmasi va qismlar andozasini ishlab chiqishdan iborat.
Poyabzal materiallari ushbu model, ishchi chizmalar va andozalar bo„yicha
nusxasini yaratadi. Charm poyabzallarning asosiy belgilari ularning o„lchami va
to„laligi hisoblanadi. Metrik raqamlash tizimi bo„yicha poyabzalning o„lchami
oyoq kaftining mm. dagi uzunligini tavsiflaydi. Bir o„lchamdagi patakning
uzunligi oyoq kaftining uzunligidan katta bo„lishi kerak (oyoqning poyabzal
ichida erkin harakati uchun). Chegaradosh o„lchamli poyabzallarning uzunligi
bo„yicha oralig„i bulg„orli va maxsus poyabzallardan tashqari (bular uchun 7,5
mm) barcha poyabzallarda 5 mm. ga teng. Poyabzalning to„laligi uning ichki
333
shakli (panjalar va to„g„ri do„ng joyi bo„yicha) va iz tomonining (panja va
tovonidan) eni aylanasi bilan tavsiflanadi. Panjalarning aylanasi bo„yicha
chegaradosh to„lalikning o„zaro oralig„i, 6-8 mm. ga teng. Charm poyabzallar
to„qqizta (1-9) to„lalikka bo„linadi, lekin amalda faqat 1-6 to„lalik oralig„ida
ishlab chiqariladi; ayollar, erkaklar va bolalar poyabzallari uchun to„lalik soni
birdan uchtagacha.
Charm materiallarini bichish
ularni o„lchami va xususiyatlarining bir
xilligi bo„yicha ishlab chiqarish partiyalariga ajratilgandan so„ng amalga
oshiriladi. Poyabzallarning yuza va tag qismiga ishlatiladigan tabiiy charmlar
qoliplari presslarda maxsus metall qoliplar (keskich-rezak) yordamida; sun‟iy
charmlar va to„qimachilik materiallari qavat-qavat to„shalib, tasma pichoqli
elektr
mashinalari
bilan
bichiladi.
Poyabzallarning
sifati
qoliplarning
joylanishiga bog„liq. Shuning uchun qismlarningcho„zilishi poyabzalning
uzunasiga minimal bo„lishi kerak. Eng muhim qismlar charmlarning cheprak
qismidan bichiladi.
Poyabzallarni tikish
jarayoni bichilgan qismlariga oldindan ishlov berish
(yaxshiroq egish uchun qismlar chekkasini yupqalatish, tagcharmni silliqlash,
rantli uslubda mahkamlanadigan poyabzalda patak labini shakllantirish va
boshq.), ustki tanavorlarning to„plangan qismlarini birlashtirish yoli bilan
yig„ish va poyabzal modeli bo„yicha bezak berish, qolipga ustki qismining
yig„ilgan tanavorini tortish yo„li bilan ustki qismi shaklini berish va tag qismi
detallarini tanavorga yopishtirish kabi operatsiyalardan iborat.
Poyabzallar tagini mahkamlash uslublari
mahkamlaydigan material
turiga qarab burama mixli, yelimli (yelimlash, issiq vulkanizatsiyalash va
quyma), ipli (tikish, sandal, doppel, rantli va rantli tikilgan, parko, og„darma,
yonbosh), qurama (rantli-yelimlash, doppelli-yelimlash, tikish-yelimlash) va
boshqa uslublarga bo„linadi.
Tag qismini mahkamlashdagi mixlash, burama mixli va tikish uslublari,
asosan, og„ir ishchi va sport poyabzallari tayyorlashda foydalaniladi.
334
Yelimlash usuli
keng tarqalgan bo„lib, tagcharm yelim orqati tanavoraning
tortilish chekkasiga biriktiriladi. So„ngra poyabzal ma‟lum vaqt maxsus
taxtakash tagida qolipda ushlab turiladi.
Issiq vulkanizatsiya usulida
tayyor rezinali tagcharm o„rniga xom rezina
aralashmasi qo„llaniladi. Aralashma taxtakachda tagcharm shakliga kiradi,
vulkanizatsiyalanadi va poyabzalning ustki qismiga mahkamlanadi. Bu usulda
olingan poyabzalning tagcharmida taxtakach shakhning izi qoladi. Bu usulda har
xil xromli va to„qimachilik materiallaridan qilingan poyabzallar tayyorlanadi.
Sandal usuli
ko„proq sandallar tayyorlashda qo„llaniladi. Bunday
poyabzallarda patak va ustki qismining astari bo„lmaydi.
Doppelli usul
sandal usulidan deyarli farq qilmaydi, lekin poyabzalning
astari bo„ladi. Bu usul bilan yozgi yarim botinkalar (sandalet), bolalar yarim
botinkalari va botinkalar tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: