sifatini belgilashda muhim omil bo„lib hisoblanadi. Bu jarayon quyidagi
342
operatsiyalardan iborat: modellarini loyihalash, materiallarni bichish, tikish va
poyabzalni so„nggi pardozlash. Poyabzallar assortimentini ishlab chiqish va
yangilash loyihalash davrida, sifatini shakllantirish esa ishlab chiqarish
jarayonining barcha bosqichlarida amalga oshiriladi.
Rezina poyabzallari
ga yaxlit rezina hamda rezinali yoki rezinasiz
to„qimachilik materiallari va plastmassadan tayyorlangan poyabzallar kiradi.
Ularning tag qismi doimo rezinadan tayyorlanadi. Rezina poyabzallari odatda
ko„proq noqulay (namlik, ifloslik) sharoitlarda ishlatiladi, shu bilan birga
oyoqdan tashqari, boshqa poyabzallarning ustidan ham kiyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: