344
XIX- BOB. ZARGARLIK BUYUMLARI
1 9 . 1 . Za rg a rlik buyumla r i is hla b c hiqa ris hda
qo ‗lla nila dig a n a s o s iy ma te ria lla r
Zargarlik buyumlari qimmatbaho metallardan tayyorlangan buyumlardir.
Ularning ko„p turlari faqat dekorativ (bezak) ahamiyatga ega. Zargarlik
buyumlari maxsus tovarlar guruhiga kiradi. Qimmatbaho materiallardan
tayyorlangan zargarlik buyumlarining xizmat muddati o„n va yuz yillar bilan
hisoblanadi.
Respublikamizda zargarlik buyumlari ishlab chiqarish yildan-yilga ortib,
assortimenti kengayib bormoqda.
Zargarlik buyumlari ishlab chiqarishda qimmatbaho (asl) va rangli
metallar, tabiiy hamda sun‟iy qimmatbaho toshlar, emallardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: