Tabiiy charmlar assortimenti.
Tabiiy poyabzal charmlari ishlatilishi
bo„yicha ikki guruhga: ustki va tag qismga bo„linadi.
Poyabzallarning ustki qismi uchun charmlar
o„ta yumshoqligi va uncha
katta bo„lmagan qalinligi bilan xususiyatlidir. Ular quyidagi belgilari bo„yicha
bo„linadi: oshlash hamda yuza qismini pardozlash usullari, ishlatiladigan
xomashyosi, rangi, turi va boshqalar. Poyabzal charmlari oshlash usuli bo„yicha
xromli, tannidli, qurama, yog„li va formaldegidli charmlarga ajratiladi.
Yuzali xrom charmlari
(xrom litsevoy) qoramol terilaridan olinadi. Ularga
quyidagilar kiradi: upuka - yoshi 6 oygacha bo„lgan buzoqcha terisidan olingan
charm, u eng qimmatli charmlardan biri hisoblanadi; buzoq (virostok va
polukojnik) - yoshi 6 oydan yuqori buzoqlar terisidan olingan charm; buqa
(novvos) va qisir sigir terisidan olingan charm va boshqalar. Bularning barchasi
326
yetarli darajada zich, kam cho„ziluvchan, yumshoq, tabiiy yuza sirtli va o„zining
tabiiy guli bilan bo„ladi. Vuzali xrom charmlar har xil yoshdagi guruhlar uchun
modabop va ommabop poyabzallar ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Shevro -
maydoni 60 dm
2
dan ortiq bo„lmagan yosh echkilarning terisidan
olingan yupqa va yuqori sifatli charm. Shevroning yuzasidagi guli (mereyasi)
baliq tangachalarini eslatuvchi chiroyli mayda naqshi bilan ajralib turadi. Ular
modabop poyabzallar olishda qo„llaniladi.
Echki xromi
(kozlina) yoshi katta echki terilaridan olinadi. U shevroga
nisbatan qalin, maydoni katta, qattiqroq va yuzasidagi gullari kattaroq bo„ladi.
Shevret
shevroga nisbatan mustahkamligi kam (bo„sh) va yumshoq
cho„ziluvchan charm bo„lib, qo„y terisidan olinadi. Yuzasidagi tabiiy rasmi
bo„yicha shevroga o„xshash. Undan, asosan, xonada kiyiladigan va yozgi yengil
poyabzallar tayyorlanadi.
Xromli cho„chqa charmi (cho„chqa xromi) - yuza qismidagi rasmi
uyachalarni eslatuvchi dag„al va qattiq charm. Dermada ochiq teshikchalar
mavjud (jun tolasining jun xaltalarida), ayniqsa, ular astar tomonidan yaxshiroq
ko„rinadi. Bu esa o„z navbatida charmning yuqori darajada nam
o„tkazuvchanligini bildiradi.
Xromli cho„chqa charmlari quruq, kam to„ldirilgan va ushlaganda dag„al
bo„lishiga qaramasdan, nisbatan yuqori mustahkamlik chegarasiga ega. Ular
bosib naqsh berilgan yoki yuzasi boyitilgan holda ishlab chiqariladi. Ko„proq
har xil maishiy va sport poyabzallari tayyorlanadi. Ot terisidan olingan xromli
charmlar yuzasidagi guli (mereya)ning echki terisi guliga o„xshashligi hamda
tolali tuzilishi bo„yicha tana va buqalarnikiga yaqinligi bilan ajralib turadi. Ular
ko„pincha tabiiy yuza qatlami yoki sun‟iy qoplami kesilgan holda mereyali qilib
ishlab chiqariladi. Xromli ot charmlaridan erkaklar. ayollar va bolalarning har
xil poyabzallari tayyorlanadi.
327
Velyur
- qalin, bir tusli past patli, asosan, qora yoki jigarrangli charm. U
upuka, buzoq, echki xromi va yuza qismida ko„proq nuqsonlari bo„lgan hamda
boshqa charmlarning astar tomonidan silliqlash yo„li bilan olingan charm.
Nubuk
- nuqsonlari bo„lgan charmlarning yuza tomonidan silliqlab
olingan pat qoplami past bo„lgan charm. U yozgi poyabzallarning yuza qismi
uchun ishlatiladi.
Loklangan charmlar yuzali xrom charmlari (upuka, buzoq va boshq.),
echki, shevro, ot, cho„chqa va boshqa xromli charmlarning yuza qatlamiga
poliuretanli lok qoplash yo„li bilan olinadi. Juda yaltiroq bo„ladi, ranglar
gammasi xilma-xil (oq, qora, jigarrang va boshq.). Erkaklar, ayollar va
bolalarning chiroyli poyabzallari uchun ishlatiladi.
Bulg„ori (yuft) charmlar qurama usulida olingan charmlar qatoriga kiradi
va poyabzallarning ustki qismi uchun qo„llaniladi. Tarkibida yog„ moddasining
ko„pligi, qalinligi va mustahkamligi bo„yicha xromli charmlardan farq qiladi.
Ishlatilishi bo„yicha poyabzal va sandal bulg„ori charmiga bo„linadi. Poyabzal
bulg„ori charm tarkibida 26- 30%
yog„ bo„lib, u suvga chidamlilik xususiyatini
beradi. Ko„proq maxsus va ishchi poaybzallar tayyorlanadi. Xomashyosi
bo„yicha sigir (eng zich, mustahkam va suvga chidamli), cho„chqa (yupqaroq,
qiltiq junlaridan qolgan teshikchalar mavjud) va ot (g„ovakroq va bo„shroq)
bulg„ori charmlariga ajratiladi. Sandal bulg„ori charmining tarkibida (6-12%)
yog„ moddasi kamroq, qattiqroq, tabiiy va sun‟iy yuzali (rnereya) bo„ladi va
sandallar ishlab chiqarishda qo„llaniladi.
Zamsha
- bu patli charm bo„lib, yog„lash usuli bilan oshlanadi va bug„u,
kiyik, uy va yovvoyi echki terilaridan olinadi. Zamsha yetarlicha mustahkam,
yumshoq, havo o„tkazuvchan hamda suvga chidamli, ko„proq qora rangga
bo„yaladi. Undan ayollarning modali poyabzallari tayyorlanadi.
Poyabzallarning tag qismi uchun charmlar ko„proq qoramol, oz miqdorda
cho„chqa va ot terisidan tayyorlanadi. Ular o„ta qalinligi hamda qattiqligi bilan
ajralib turadi, qurama usulda oshlash yo„li bilan olinadi.
328
Poyabzallarning
tag qismi uchun charmlar ishlatilishi bo„yicha
quyidagilarga bo„linadi: tagcharmli (qalinligi 3,6-6 mm, asosan cheprak-
qoramol terisining o„rta qismi va olning sag„risi), patakli (bo„yni va qalinligi 3,5
mm. dan kam bo„lgan qorin qismi) va poshna fliklari (yig„ma poshna qatlami).
Cho„chqa terisidan tayyorlangan tagcharm qalinligi nisbatan kamroq. Bu
charmlar qattiqlik darajasi bo„yicha tagcharmi ip, yelim hamda burama mixlarda
mahkamla-nadigan poyabzallar (ko„proq qattiq) uchun ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |