Tayyorlov operatsiyasi.
Hayvon terisidan derma (asosiy charm hosil
qiluvchi qatlam)ni ajratish va uni oshlashga tayyorlash
maqsadida o„tkaziladi.
Barcha turdagi charm ishlab chiqarishda konservatsiyalangan xomashyolar
ivitiladi,
ya‟ni teri qon qoldiqlari va iflosliklardan tozalanib, nam holatiga
keltiriladi.
Epidermis va jun tolasi piyozchasini bo„shashtirish maqsadida, avvalo,
ohakli suvda oshlanadi,
ya‟ni epidermis bilan jun qoplami qiriladi. Natijada,
olingan yarim mahsulot xom teri deb ataladi,
Pitryog‗dan tozalash,
ya‟ni teri
osti yog„ hujayralarini olib (mezdra) tashlash.
Ohak suvidan tozalash
esa
oshlashga xalaqit beruvchi xom teridagi ishqorni yo„qotish va terini haddan
tashqari shishib ketishdan saqlash maqsadida o„tkaziladi.
Oshlash
jarayonida xom teriga oshlovchi moddalar bilan ishlov beriladi,
natijada, xom terining xususiyatlari yaxshilanadi va u charmga aylanadi. Hosil
bo„lgan charm nam va yuqori haroratga hamda mikroorganizmlar va kimyoviy
moddalar ta‟siriga chidamli, kerakli g„ovaklik, egiluvchanlik hamda elastiklikka
ega bo„ladi, Oshlovchi moddalar sifatida ma‟danli moddalar (xromning suvda
eruvchi tuzlari, alumin, titan, sirkoniy birikmalari), o„simlik moddalari
(ekstraktlar, ya‟ni dub, tol qobiqlari, archa, qarag„ay va boshqa daraxt hamda
o„simliklardan olinadigan tannidlar) hamda sintetik birikmalar (sintanlar)
ishlatiladi. Undan tashqari, terini oshlash uchun dengiz hayvonlarining
yog„laridan ham foydalaniladi.
Xromli oshlashda
pikellangan xom teriga 7-10 sek. davomida uch valentli
xrom tuzlari bilan ishlov beriladi. Natijada, olingan charm yumshoq, elastik,
yeyilishga, yuqori haroratga chidamli, havo va bug„ o„tkazuvchan hamda kesimi
kul-havorangli bo„ladi.
Qurama (kombinatsiyalangan) oshlash usulida
bir vaqtda yoki ma‟lum
ketma-ketlikda kelib chiqishi bo„yicha har xil bo„lgan (noorganik, o„simlik,
324
sintetik va ma‟danli) oshlovchi moddalar qo„llaniladi. Bu yo„l bilan olingan
charmlar bir xil oshlovchi moddalar asosida olinganlariga nisbatan ko„plab
xususiyatlari bo„yicha farq qiladi. Ular yeyilishga yuqori darajada chidamli,
mustahkam, gigrotermik barqaror, qalin, zich, to„q yoki jigarrang, tola
tuzilishlari to„lishgan, nam, issiq, mexanik va kimyoviy ta‟sirlarga kuchli
bo„ladi. Qurama oshlashga xromtannidli, xromsirkoniysintanli, xromlumin-
sintanli, titansirkoniysintanli va boshqa uslublar kiradi. Bu uslublarda olingan
charmlarning aksariyati poyabzallarning tagcharmi va kamrog„i yuza qismi
uchun ishlatiladi.
Yog‗li oshlashda
xom terilar dengiz hayvonlarining (tulen va baliq jigari)
to„yinmagan yog„lari bilan oshlanadi. Bu usuldan yovvoyi echki, bug„u bolalari,
qo„zi va it terilaridan zamsha olishda foydalaniladi.
Aluminli oshlash
qo„y, yovvoyi echki, oz miqdorda it terilaridan «layka»
turdagi qo„lqop charmlari olishda qo„llaniladi. Charm ishlab chiqarish sanoatida,
asosan, alumin achchiqtoshlari va aluminli sulfat ishlatiladi. Bu usulda olingan
charmlar cho„ziluvchan va plastik bo„ladi, lekin ular suvga chidamsiz,
namlanganda shishadi, quriganda esa qattiqlashadi.
Formaldegidli oshlash
eng qadimgi usullardan biridir. Bu usulda olingan
charmlar oq rangli, ter va ishqorga chidamli bo„lib, suvda tez buzilmaydi.
Shuning uchun ular ortopedik buyumlar ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Oshlashdan keyingi pardozlash operatsiyalari
fizik-kimyoviy jarayonlar
va mexanik operatsiyalarning yig„indisi bo„lib, charmga kerakli estetik
talablarga mos chiroyli tashqi ko„rinish berish va fizik-mexanik xususiyatlar ato
etishdan iboratdir. Oshlashdan keyingi operatsiyalarga bog„lanmagan oshlovchi
moddalarni ketkazish uchun yuvish, siqish va randalash kiradi. Poyabzallarning
ustki
qismi
uchun
ishlatiladigan
xromli
charmlar tag qismi uchun
qo„llaniladigan charmlarga nisbatan ko„proq pardozlanadi.
Poyabzallarning ustki qismi uchun ishlatiladigan charmlarni pardozlash
jarayonida
barabanlarda
ranglash,
yumshoqligi,
plastikligi
va
suvga
325
chidamliligini oshirish uchun
yog‗lash,
g„ijimlangan joylar, buklam hamda
qatlamlarni yozish uchun orasini ochish, yumshoqlik berish, elastikligini
oshirish maqsadida mashinalarda
tortish
kabi operatsiyalar o„tkaziladi. So„ngra
charmlar kerakli rang, yaltiroqlik beruvchi va yuza qatlamining mayda
nuqsonlarini berkitadigan kazein, nitroselluloza, poliuretan, akril yoki lokli
qoplamalar bilan
bo‗yaladi
(appretlanadi), ya‟ni ohorlanadi. Olingan materiallar
yaltiratiladi
(loshcheniye), ya‟ni qoplama bo„yoq tebranuvchi roliklar
yordamida eziladi, natijada, charmning yuza qismi yaltiroq bo„lib qoladi. So„ng
charmlarni zichlash maqsadida taxtakachlanadi
(presslanadi),
kerak bo„lsa,
sun‟iy gul mereya bosiladi.
Poyabzallarning tag qismi uchun ishlatiladigan charmlarni pardozlashda
randalash, bo„yash, tortish, ohorlash va yaltiratish operatsiyalari o„tkazilmaydi.
Bunda taxtakachlash operatsiyasi namlanishni kamaytiruvchi
chigirlash
(prokatka) bilan almashtiriladi.
Charmlarning tirnalishini yo„qotish, yeyilish hamda suvga chi-damliligini
oshirish uchun ular sintetik smola, lateks va boshqa moddalar bilan to„ldiriladi
(impregnirovaniye).
Do'stlaringiz bilan baham: |