O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Charm  poyabzallarniag  tasnifi  va  assortmenti



Download 2,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet279/416
Sana02.01.2022
Hajmi2,17 Mb.
#309226
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   416
Bog'liq
Tovarshunoslik. O‘quv qo‘llanma

Charm  poyabzallarniag  tasnifi  va  assortmenti. 

Charm  poyabzallari 

ishlatilishi  bo„yicha  maishiy,  sport,  ishlab  chiqarish,  ortopedik  va  profilaktik 

poyabzallarga  bo„linadi.  Undan  tashqari,  milliy  poyabzallar  (maxsi  va 

kovushlar)  ham ishlab  chiqariladi. 

Maishiy  poyabzallar 

charm  poyabzallari  assortimentida  asosiy  o„rinlarni 

egallaydi; 

sport  poyabzallari 

-  sport  bilan  shug„ullanishda, 



ishlab  chiqarish 

poyabzallari 

-  issiq  sexlarda,  kimyo  korxonalarida  va  sanoatning  boshqa 

tarmoqlarida; 

ortopedik  poyabzallar 

-  oyoq  shikastlanganda,  oyoq  kaftida 

kasallik  bo„lganda; 

profilaktik  poyabzallar  - 

oyoq  kaftining  o„zgarishiga  yo„l 

qo„ymaslik uchun ishlatiladi. 

Maishiy  poyabzallar  yuza  qismi  tanavorining  materiali,  rangi,  ishlab 

chiqarish  usuli,  tagcharmining  ashyosi  hamda  mahkamlanish  turi  va  xillari 

bo„yicha bo„linadi. 



Ustki  qismi  materiali bo‗yicha 

poyabzallar bulg„ori, xromli, to„qimachilik 

materiali,

 

sun‟iy  charmli  va  aralash  materialli  bo„ladi. 



Bulg‗ori  poyabzallar 

maishiy  poyabzallar  assortimentida  uncha  yuqori  bo„lmagan  o„rinni  egallaydi. 




335 

 

Ular  ko„pincha  ishlab  chiqarish  poyabzallari  sifatida  ishlatiladi;  mustahkam, 



suvga  chidamli  va  tagcharmi  rezina  hamda  kamroq  tabiiy  charmdan  ishlab 

chiqariladi.  Ularning  assortimentiga  etiklar,  yarim  etiklar,  botinkalar,  baxillar, 

untlar  va  boshqa  maxsus  poyabzallar  kiradi  (baliqchilar,  ovchilar  hamda 

o„rmonchilar uchun). 



Xromli  poyabzallar 

charm  poyabzallari  assortimentida  katta  o„rinni 

egallaydi.  Ular  xromli  oshlangan  charmlardan  (yuzali  xromlar,  shevro,  shevret, 

velyur,  lokli  charmlar,  ayrim  hollarda  zamsha  va  bulg„or  charmlari) 

tayyorlanadi.  Bundan  tashqari,  sun‟iy  charmlar  hamda  to„qimachilik  materiallari 

ham  ishlatiladi.  Xromli  poyabzallar  nisbatan  yengil,  egiluvchan,  yaxshi 

gigiyenik  va estetik xususiyatlarga  ega. 

Sun‘iy  charmdan  tayyorlangan  poyabzallar 

7  yoshgacha  bo„lgan 

bolalardan  tashqari,  aholining  barcha  yosh  va  jins  guruhlari  uchun  ishlab 

chiqariladi. 



Ishlab  chiqarish  usuli  bo‗yicha 

maishiy  poyabzallar  mexanik  va  qo„l 

usuliga  ajratiladi.  Qo„lda  ishlab  chiqariladigan  poyabzallarda  rantni  tikish  va 

tanavorni  qolipga tortish qo„lda bajariladi. 



Tayyorlash  tarzi  bo‗yicha 

erkaklar  va  ayollar  poyabzallari  ommabop, 

modabop,  bolalar  hamda  yosh  bolalar  poyabzallari  ommabop  va  bezakli 

guruhlarga  bo„linadi. 

Zamonaviy  poyabzallar  ommabop  poyabzallarga  nisbatan  yuqori  sifatli 

qimmatbaho  materiallardan  tikiladi,  yaxshi  bezalgan  va  patagi  tabiiy  charmdan 

tayyorlanadi.  Shuning  uchun  ular  bejirim,  yengli  va  murakkab  bezak  pardozli 

bo„ladi. 



Bolalarning  bezatilgan  poyabzallari 

ham  ko„proq  qimmatbaho 

materiallardan  (xromli  lok,  upuka  va  boshq.),  ochiq,  rang-barang  tusli,  qismlari 

bir  rangli,  qurama,  turli  shaklli  qoplamalar  va  dekorativ  bezaklar  bilan  bezalgan 

holda chiqariladi. 



336 

 

Poyabzallarning 



tumshuq qismi fasoni va poshnasi 

modaning ta‟sirida tez-

tez o„zgarib turadi. Tumshug„i ingichka, kesik, oval va aylana, poshnasi stolbaga 

o„xshash,  shpilka,  ponaga  o„xshash  va  boshqa  shakllarda  bo„lishi  mumkin. 

Poshnalar  balandligi  bo„yicha  past  (26  mm.gacha),  o„rta  (26-45  mm),  baland 

(46-60 mm) va juda baland (60 mm. dan yuqori) bo„ladi. 



Modelining  murakkabligi 

ustki  qismi  tanavorining  bichilish  shakli 



bilan 

tavsiflanadi.  Murakkablilik  darajasi  bo„yicha  ommabop  poyabzallar  uch  toifaga 

bo„linadi:  silliq,  pardozli  va  shaklli  bichilgan.  Modabop  erkaklar  poyabzallari 

birinchi  va  ikkinchi,  ayollar  modabop  poyabzallari  birinchi,  ikkinchi  va  uchinchi 

murakkablilik  toifalarga  bo„linadi.  Bolalarning  bezatilgan  poyabzallari  faqat 

shaklli  bichimda  tayyorlanadi.   



Etiklar 

bichilgan  va  kamroq  tortilgan  (ustki  qismi  bir  bo„lak  charmdan 

tayyorlangan)  holda ishlab chiqariladi. 

Etikchalar, 

yarim 

etikchalar 

etiklardan  qo„njisining  balandligi, 

modelining  xilma-xilligi,  bezaklari  va  berkililadigan  ilmog„i  (zastyojka)  bilan 

farq  qiladi.  Ular  har  xil  balandlikdagi  poshnalarda  ishlab  chiqariladi. 



Botinkalar 

oyoqni  pastki  boldir  qismigacha, 



yarim  botinkalar 

to„piqqacha  yopib  turadi. 

Bichilishi  va  konstruksiyasining  o„ziga  xos  xususiyatlari  bo„yicha  turli-tuman 

bo„lishi  mumkin.  Ilmog„i  esa  xilma-xil  (shnur,  rezinka.  pryajka,  «molniya» 

ilmoqli  va boshq.). 

Tufli 

yarim  botinkaga  nisbatan  ko„proq  tanavorining  (taxminan 

uzunligining  2/3  qismi,  yarim  botinkada  uzunligining  yarmigacha)  ochiqligi 

bilan  farq  qiladi.  Tuflilar  uchun  ko„proq  murakkab  bichimlar,  bezakli  pardozlar 

va  chiroyli  siluetlar  xosdir.  Tuflilar  tanavorining  an‟anaviy  bichimiga  qayiqcha 

(lodochka)  bichimi,  yozgi  ochiq  tumshuqli  hamda  ochiq  o„kchali,  pantolet 

turidagi  (qayishsiz ochiq o„kchali), qayishlardan  bichilgan  va boshqalar kiradi. 

Sandallar 

sandal  usulida  mahkamlangan,  astar  va  pataksiz,  mayda, katta-

katta teshikli,  bir yoki ikki  berkitiladigan  qayishli  hamda poshnasiz poyabzal. 



337 

 

Sandaletlar 

har  xil  bichimli  yozgi  yarim  botinka,  odatda,  katta-katta 

teshikli,  rantli,  yonbosh  va  qurama  uslublarda  mahkamlangan  bo„ladi. 

Sandaletlar  erkaklar,  ayollar,  o„g„il  bolalar  va  maktab  yoshidagi  bolalar  uchun 

ustki qismi tabiiy  charm hamda sun‟iy materiallardan  tayyorlanadi. 




Download 2,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   416




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish