O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent moliya instituti sanjar Sobirjonov



Download 2,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/166
Sana01.01.2022
Hajmi2,12 Mb.
#292325
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   166
Bog'liq
fayl 1991 20211005

sotsionika, 
sotsiogramma 
 
1
-§.
 Mehnat jamoasi (guruhi) tushunchasi, ko„rinishlari 
Ishlab chiqarish ravnaqining zamonaviy darajasi jamoaviy mehnatga bo‗lgan 
zaruriyat  bilan  bog‗liq,  bu,  o‗z  navbatida  mehnat  jamoasining  bo‗lishini  taqozo 
etadi.  Tashkilot  samarali  faoliyat  yuritishi  uchun  mehnat  jamoalari  ishlashi 
qonuniyatlarini bilish va ulardan foydalanish kerak. 
IX-BOB. TASHKILIY AXLOQ SIFATIDAGI GURUH 
 


202 
 
Mehnat  jamoasi  (guruhi)
 deganda hamkorlikda  mehnat  qilayotgan, nisbiy 
ajratilgan  ishchilar  birlashmasi  tushuniladi.    Ular  o‗zaro  shu  tarzda  bir-birlariga 
ta‘sir o‗tkazadilarki, har bir shaxs boshqalarga  muayyan ta‘sir ko‗rsatish bilan bir 
vaqtda  o‗zi  ham  boshqalarning  ta‘siri  ostida  bo‗ladi.  Mehnat  jamoalarini  ishlab 
chiqarish, savdo-sotiq yoki boshqa jarayonni tashkil qilish uchun mehnat taqsimoti 
va  kooperatsiyasini    amalga  oshirayotganda  rahbariyat  tuzadi.  Ushbu  birlashma 
ba‘zi tashkiliy birliklarga ega. 
Jamoalar (guruhlar) faoliyatining unumdorligi quyidagi omillarga bog‗liq: 
-
 
guruh me‘yorlari;  
-
 
kishilarning birdamligi; 
-
 
ixtilofga moyillik  darajasi; 
-
 
guruh a‘zolarining maqomi va bajaradigan vazifalari; 
-
 
guruh a‘zolarining ma‘lumoti darajasi; 
-
 
guruhlar ko‗lami va jins-yosh bilan bog‗liq tarkibi va b.sh.q. 
Shu  tariqa,  guruh  ko‗lami  va  ishda  uning  a‘zolari  qatnashuvi  darajasi 
o‗rtasida  ma‘lum  bir  muvofiqlik  mavjud.  Ayrim  tadqiqotchilar  aniq  ishni 
bajarishda  5-7  xodimdan  iborat  guruh  ko‗proq  samarali  bo‗lishi  mumkin  deb 
hisoblaydilar. Muhokama va jamoa qarorini qabul qilishda ko‗pincha 10-12  kishi 
qatnashishi maqsadga muvofiqdir.  
Guruh  tarkibi  katta  ahamiyatga  ega.  Haqiqatan  ham,  yoshi,  jinsi,  tajribasi, 
tayyorgarligi  va  boshqa  jihatlariga  ko‗ra  farqlanuvchi  ishchilar  tarkibidan  iborat 
guruhlar bir xil tarkiblilarga nisbatan sermahsul bo‗ladi. Lekin bunday guruhlarda  
ziddiyatlar ko‗proq bo‗ladi.  
Guruh  mehnati  yuqori  samaradorligining  muhim  shartlaridan  biri  uning 
mustahkam  birdamligidir.  Bu  esa    guruh  a‘zolari  birga  o‗tkazgan  vaqt,  guruh 
ko‗lami,  guruh  tarkibi,  guruhga  qabul  qilinish  qiyinchiliklari,  guruhning  avval 
qo‗lga kiritgan yutuq yoki muvaffaqiyatsizliklari; tashqi shart-sharoit kabi bir qator 
omillar bilan belgilanadi. Bunda tuzilgan guruh me‘yorlari  tashkilot maqsadlariga 
erishuv  va  jamoaviylik  ruhini  yuzaga  keltirishga  yordam  beradi,  ushbu  holatda 


203 
 
ziddiyatlilikning sog‗lom darajasi ustun turadi va guruhdagi yuqori maqomga ega 
a‘zolar ustunlik qilmaydilar. 
Menejer uchun jamoa asosiy tayanchdir. Shu boisdan jamoa ishlarini to‗g‗ri 
uyushtirish uning dolzarb vazifasi hisoblanadi. U yoki bu sabablar tufayli xodimlar 
o‗rtasida  lavozimga  tegishli  majburiyatlarni  aniq  taqsimlash  imkoni  bo‗lmagan 
joyda jamoaviy ishning o‗rnini hech narsa bosolmaydi. 
Zamonaviy  sharoitlarda  boshqaruvchilik  faoliyati  amaliyoti  ishchi 
guruhlarning bir necha ko‗rinishlarini ishlab chiqdi. Ishchi guruhi bu – kishilarning 
muayyan  birdamligidan  iborat.Ular  o‗zlarini  biron  bir    umumiy  maqsadga  ega 
guruh  sifatida  idrok  etib,  unda  tashkiliy  ravishda  shakllanadilar.  Bu  guruhlarning 
asosan maqsadga yo‗naltirilgan asosiy ko‗rinishlari 9.1.jadvalda keltirilgan. 
Ba‘zi  mutaxassislar  ishchi  guruhlari  (jamoalari)  sirasiga  yana  ikkita 
nihoyatda  o‗ziga  xos  guruhni  kiritadilar.  Chunonchi,  rahbar  (komanda)  guruhi 
rahbar va o‗zlari ham rahbar bo‗lishi mumkin bo‗lgan  qo‗l ostidagilardan iborat 
bo‗ladi.  Tipik  komanda  guruhi  kompaniya  prezidenti  va  vitse-prezidentlaridir. 
Do‗kon direktori va bo‗lim boshliqlari ham xuddi shunday guruhni tashkil etadilar. 
Boshqa  guruh  –  tashkilot  ichida  doimiy  faoliyat  ko‗rsatuvchi  qo‗mita 
(hay‘at, taftish qo‗mitasi, ish haqini qayta ko‗rib chiqish qo‗mitasi, rejalash guruhi, 
firma va matlubot ittifoqi boshqaruvlari, direktorlar kengashi va b.sh.q.) – maslahat 
organi  bo‗lib,  mohiyatiga  ko‗ra  mavjud  boshqaruv  tuzilmasiga  qo‗shimchadir. 
Doimiy  ishlab  turar  ekan,  u  boshqaruvning  barcha  vazifalari  bajarilishini  
ta‘minlaydigan  boshqaruv  tuzilmasiga  qo‗shiladi.  Ushbu    organlar  qarorlarni 
tayyorlashda ishtirok etadilar, lekin ularni qabul qilish huquqiga har doim ham ega 
bo‗lavermaydilar. Guruh bo‗lib qaror qabul qilish va harakatlarni amalga oshirish 
ularning farqli xususiyatidir. Qo‗mita tarkibiga kirgan shaxslar ma‘lum huquq va 
majburiyatlarga ega bo‗ladi (asosiylaridan tashqari). 
Ko‗rib chiqilgan jamoalar rasmiy deb nomlanadi. Rasmiy jamoa (guruh) bu - 
yozma  ko‗rsatma,  yo‗riqnoma,  farmoyish  va  korxona  me‘yornomalari    bilan  
aniqlanuvchi  ijtimoiy  munosabatlar  tizimi.  U  tashkilot  a‘zolarining  mukammal 
axloqining rahbarlar tomonidan e‘tirof etilishiga asoslanadi. Korxona (yoki birorta 


204 
 
muassasa)  umuman  faoliyat  yurita  olishi  uchun  rasmiy  tashkilot  yoki    tuzilma 
zarurdir. Rasmiy  tuzilma mazkur korxonaning  asosiy vazifalari qanday bo‗lishiga 
qarab  tuziladi.  Bu  masalalarni  amalga  oshirish  uchun  ham  odamlar  guruhining 
texnik  tomondan  shartlangan  holati  yuzaga  keladi,  ularning  xizmat  doirasidagi 
majburiyatlari belgilanadi. 

Download 2,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish