sotsionika,
sotsiogramma
1
-§.
Mehnat jamoasi (guruhi) tushunchasi, ko„rinishlari
Ishlab chiqarish ravnaqining zamonaviy darajasi jamoaviy mehnatga bo‗lgan
zaruriyat bilan bog‗liq, bu, o‗z navbatida mehnat jamoasining bo‗lishini taqozo
etadi. Tashkilot samarali faoliyat yuritishi uchun mehnat jamoalari ishlashi
qonuniyatlarini bilish va ulardan foydalanish kerak.
IX-BOB. TASHKILIY AXLOQ SIFATIDAGI GURUH
202
Mehnat jamoasi (guruhi)
deganda hamkorlikda mehnat qilayotgan, nisbiy
ajratilgan ishchilar birlashmasi tushuniladi. Ular o‗zaro shu tarzda bir-birlariga
ta‘sir o‗tkazadilarki, har bir shaxs boshqalarga muayyan ta‘sir ko‗rsatish bilan bir
vaqtda o‗zi ham boshqalarning ta‘siri ostida bo‗ladi. Mehnat jamoalarini ishlab
chiqarish, savdo-sotiq yoki boshqa jarayonni tashkil qilish uchun mehnat taqsimoti
va kooperatsiyasini amalga oshirayotganda rahbariyat tuzadi. Ushbu birlashma
ba‘zi tashkiliy birliklarga ega.
Jamoalar (guruhlar) faoliyatining unumdorligi quyidagi omillarga bog‗liq:
-
guruh me‘yorlari;
-
kishilarning birdamligi;
-
ixtilofga moyillik darajasi;
-
guruh a‘zolarining maqomi va bajaradigan vazifalari;
-
guruh a‘zolarining ma‘lumoti darajasi;
-
guruhlar ko‗lami va jins-yosh bilan bog‗liq tarkibi va b.sh.q.
Shu tariqa, guruh ko‗lami va ishda uning a‘zolari qatnashuvi darajasi
o‗rtasida ma‘lum bir muvofiqlik mavjud. Ayrim tadqiqotchilar aniq ishni
bajarishda 5-7 xodimdan iborat guruh ko‗proq samarali bo‗lishi mumkin deb
hisoblaydilar. Muhokama va jamoa qarorini qabul qilishda ko‗pincha 10-12 kishi
qatnashishi maqsadga muvofiqdir.
Guruh tarkibi katta ahamiyatga ega. Haqiqatan ham, yoshi, jinsi, tajribasi,
tayyorgarligi va boshqa jihatlariga ko‗ra farqlanuvchi ishchilar tarkibidan iborat
guruhlar bir xil tarkiblilarga nisbatan sermahsul bo‗ladi. Lekin bunday guruhlarda
ziddiyatlar ko‗proq bo‗ladi.
Guruh mehnati yuqori samaradorligining muhim shartlaridan biri uning
mustahkam birdamligidir. Bu esa guruh a‘zolari birga o‗tkazgan vaqt, guruh
ko‗lami, guruh tarkibi, guruhga qabul qilinish qiyinchiliklari, guruhning avval
qo‗lga kiritgan yutuq yoki muvaffaqiyatsizliklari; tashqi shart-sharoit kabi bir qator
omillar bilan belgilanadi. Bunda tuzilgan guruh me‘yorlari tashkilot maqsadlariga
erishuv va jamoaviylik ruhini yuzaga keltirishga yordam beradi, ushbu holatda
203
ziddiyatlilikning sog‗lom darajasi ustun turadi va guruhdagi yuqori maqomga ega
a‘zolar ustunlik qilmaydilar.
Menejer uchun jamoa asosiy tayanchdir. Shu boisdan jamoa ishlarini to‗g‗ri
uyushtirish uning dolzarb vazifasi hisoblanadi. U yoki bu sabablar tufayli xodimlar
o‗rtasida lavozimga tegishli majburiyatlarni aniq taqsimlash imkoni bo‗lmagan
joyda jamoaviy ishning o‗rnini hech narsa bosolmaydi.
Zamonaviy sharoitlarda boshqaruvchilik faoliyati amaliyoti ishchi
guruhlarning bir necha ko‗rinishlarini ishlab chiqdi. Ishchi guruhi bu – kishilarning
muayyan birdamligidan iborat.Ular o‗zlarini biron bir umumiy maqsadga ega
guruh sifatida idrok etib, unda tashkiliy ravishda shakllanadilar. Bu guruhlarning
asosan maqsadga yo‗naltirilgan asosiy ko‗rinishlari 9.1.jadvalda keltirilgan.
Ba‘zi mutaxassislar ishchi guruhlari (jamoalari) sirasiga yana ikkita
nihoyatda o‗ziga xos guruhni kiritadilar. Chunonchi, rahbar (komanda) guruhi
rahbar va o‗zlari ham rahbar bo‗lishi mumkin bo‗lgan qo‗l ostidagilardan iborat
bo‗ladi. Tipik komanda guruhi kompaniya prezidenti va vitse-prezidentlaridir.
Do‗kon direktori va bo‗lim boshliqlari ham xuddi shunday guruhni tashkil etadilar.
Boshqa guruh – tashkilot ichida doimiy faoliyat ko‗rsatuvchi qo‗mita
(hay‘at, taftish qo‗mitasi, ish haqini qayta ko‗rib chiqish qo‗mitasi, rejalash guruhi,
firma va matlubot ittifoqi boshqaruvlari, direktorlar kengashi va b.sh.q.) – maslahat
organi bo‗lib, mohiyatiga ko‗ra mavjud boshqaruv tuzilmasiga qo‗shimchadir.
Doimiy ishlab turar ekan, u boshqaruvning barcha vazifalari bajarilishini
ta‘minlaydigan boshqaruv tuzilmasiga qo‗shiladi. Ushbu organlar qarorlarni
tayyorlashda ishtirok etadilar, lekin ularni qabul qilish huquqiga har doim ham ega
bo‗lavermaydilar. Guruh bo‗lib qaror qabul qilish va harakatlarni amalga oshirish
ularning farqli xususiyatidir. Qo‗mita tarkibiga kirgan shaxslar ma‘lum huquq va
majburiyatlarga ega bo‗ladi (asosiylaridan tashqari).
Ko‗rib chiqilgan jamoalar rasmiy deb nomlanadi. Rasmiy jamoa (guruh) bu -
yozma ko‗rsatma, yo‗riqnoma, farmoyish va korxona me‘yornomalari bilan
aniqlanuvchi ijtimoiy munosabatlar tizimi. U tashkilot a‘zolarining mukammal
axloqining rahbarlar tomonidan e‘tirof etilishiga asoslanadi. Korxona (yoki birorta
204
muassasa) umuman faoliyat yurita olishi uchun rasmiy tashkilot yoki tuzilma
zarurdir. Rasmiy tuzilma mazkur korxonaning asosiy vazifalari qanday bo‗lishiga
qarab tuziladi. Bu masalalarni amalga oshirish uchun ham odamlar guruhining
texnik tomondan shartlangan holati yuzaga keladi, ularning xizmat doirasidagi
majburiyatlari belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |