Vaqtni belgilash usuli
vaqt kundaligining bir turidir. U o‗z vaqtini
boshqarishning juda aniq tizimi bo‗lib, vaqtdan unumli foydalanish imkonini
beradi. Bunday kundalikni tuzish uchun toqat va vaqt talab qilinadi. Lekin unga
sarflangan vaqt o‗zini oqlaydi. Bu kundalik yil, oy, hafta va sh.k.b. larni o‗z ichiga
olgan, sim xalqalarga o‗rnatilgan bukletlardan iborat bo‗ladi. Bundan tashqari, har
kungi ish yarim soatdan taqsimlanadi. Bunday tizimning afzalliklari quyidagicha:
197
-
kattaroq davrga (yilga) mo‗ljallangan hayotiy rejalar va ish rejalarini
puxta o‗ylab, tartibga solish va ularning bosqichma-bosqich bajarilishini (oylar,
haftalar va h.k.) rejalash;
-
boshqa ishlarga chalg‗imay, belgilangan rejalarga aniq amal qilish.
Shu maqsadda katta shaxsiy ―Folifaks‖dan foydalanish mumkin.
Ma‘lumotlarning ixcham bazasidan iborat bo‗lgan ―Folifaks‖da quyidagi bo‗limlar
bo‗ladi:
-
shaxsiy ma‘lumotlar( hisob raqamlari, mashina, sug‗urta raqamlari va
h.k.);
-
yilnoma (butun taqvim yili uchun);
-
yozuv daftarchasi –bloknot;
-
axborot;
-
shaxsiy moliya(pullar);
-
manzil daftarchasi;
-
tashrifnoma, hujjatlar va pullar uchun plastik hamyon.
Shu tariqa, ―Folifaks‖ menejer hayotining hamma sohalarini qamrab oladi va
muammolarni hal etishda unga yordam beradi. SHu bilan birga, ―Folifaks‖
tutishning xavfli tomoni ham bor – agar menejer uni yo‗qotib qo‗ysa, ko‗p
axborotni qo‗ldan boy beradi.
Menejer vaqtini rejalash va boshqarishning bir necha aniq tizimlari mavjud.
Dunyoda keng rasm bo‗lgan bunday tizimlardan biri Yevropada 1-reytingga ega
bo‗lgan ―Taym Menejer‖ tizimidir. U 1975 yilda Daniyada asos solingan,
menejment va shaxsiy rivojlanish sohasida Yevropada etakchi bo‗lgan Time
Manager International kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan.
―Taym Menejer‖da hamma ishning mazmuni ham, shakli ham ikir-
chikirigacha puxta o‗ylab belgilangan. Uning uch xil asosiy nusxasi mavjud:
standart, maxsus va ―rahbar‖. Ularga kiradigan blank va ashyolarni o‗zgarti- rib va
to‗ldirib, ana shu asosiy nusxalarning har birini muayyan faoliyat turi uchun,
masalan, savdo vakili, kotib, loyiha rahbari, ilmiy xodim uchun moslashtirsa
bo‗laveradi.
198
―Taym Menejer‖ning har bir asosiy nusxasi to‗plami beshta asosiy tarkibiy
qismdan iborat:
-
xalqasimon qisqichli papkalar;
-
blanklarning standart to‗plamlari joylangan qutichalar;
-
―Taym Menejer‖dan foydalanish haqidagi ―SHaxsiy samaradorlik
kaliti‖ qo‗llanmasi.
Xalqasimon mexanizmli papkada quyidagilar bor:
-
17 ta xatcho‗p;
-
alifboli telefon daftarchasi va 18 oylik taqvim – yozuv daftarchasi
joylangan ajraluvchan muqova. Bu muqovada chek daftarchasi, bloknot va
kichkina qalam uchun ham joy bor;
-
avtomat qalam;
-
―Taym Menejer‖ standart blanklari to‗plamiga kiruvchi har bir
blankdan bir nusxa.
―Taym Menejer‖ tizimi quyidagi imkoniyatlarni beradi:
-
ishda yuqori natijalarga erishish;
-
asosiy vazifalarni belgilash;
-
vaziyatni to‗g‗ri baholash;
-
muhim ishlarni unutmaslik;
-
vaqtdan samarali foydalanish;
-
boshqa kishilar bilan yaxshiroq hamjihat bo‗lish;
-
o‗z ijodiy imkoniyatini oshirish;
-
vazifalarni to‗g‗ri taqsimlash;
-
o‗zgarishlarga
egiluvchanlik
bilan
osoyishta
munosabatni
rivojlantirish.
Ko‗rib chiqilgan tizimlardan tashqari rejalash uchun yordamchi vositalar
ham bor. Magnit taxtalari, modul taxtalari, yopishqoq taxtalar va h.k. shu jumlaga
kiradi. Ana shu yordamchi vositalardan juda ko‗p sohalarda: hisobot statistikasini,
ishlab chiqarish rejalarini, ish grafiklarini tuzish va yuritish; ishlab chiqarish
samaradorligini, turli rejalar tuzilishini nazorat qilishda foydalanish mumkin.
199
Ularda xarid qilish va etkazib berish ko‗rsatkichlarini ham qayd etsa bo‗ladi.Ular
yordamida tashkilotning tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish va ish xonalarining
chizmalarini tuzish mumkin.
Ishni samarali va o‗z vaqtida bajarish, ish vaqtidan unumli foydalanish
imkonini beradigan yana ko‗pgina yordamchi texnik vositalar ham mavjud. Rahbar
va uning yaqin yordamchilari shu vositalardan foydalanadilar.
Bular, jumladan, shaxsiy kompyuterlardir. Keyingi yillarda idoralarda
ishlatiladigan ko‗pgina turli EHM lar yaratildi. Ular yordamida barcha zarur
hujjatlar, dalillar, raqamli ma‘lumotlar, bildirgilar bevosita foydalanishga tezkorlik
bilan tayyorlanadi. Idora EHMlari ko‗magida tashkilotga tegishli ma‘lumotlarni
olish va tashkilot materiallari bilan ishlash mumkin.
Bunda maxsus kompyuter dasturlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
CHunonchi, Lotus Organizer (Lotus Organayzer) dasturi mashhur shaxsiy axborot
tizimlaridan biri hisoblanib, menejerning vaqt kundaligi va organayzer bilan
ishlashiga mutlaqo o‗xshaydi. U quyidagi bo‗lmalardan iborat:
Calendar (Kalendar) yoki kundalik vaqtni va turli tadbirlarni rejalashga
mo‗ljallangan. Undagi bo‗limga rejalanayotgan barcha voqealar to‗g‗risidagi
axborotni kiritish, yaqinlashayotgan voqealardan xabardor qilish, turli axbortlarni,
masalan, harajatlar to‗g‗risidagi axborotni belgilangan tadbirlar bilan bog‗lash,
takrorlanadigan voqealarni, masalan, haftalik kengashlar kunini belgilash, bo‗sh
vaqt topish imkoni bor;
Address (Manzillar) bo‗limi manzilnoma daftarchasi vazifasini bajaradi. Bu
bo‗lim ish yuzasidan muloqotda bo‗ladigan odamlarning manzillari, telefon
raqamlarini, uning oilasi to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni yozib borish, ism-shariflar va
kompaniyalarga oid yozuvlarni saralash imkonini beradi;
To Do (Ishlar) bo‗limi ishlarni rejalashga mo‗ljallangan. Bu bo‗lim
mo‗ljaldagi ishlar to‗g‗risidagi ma‘lumotni qayd etish, vazifalarni sanalari va
muhimligiga ko‗ra saralash, rejalanayotgan vazifalar to‗g‗risida xabar tarqatish,
qaysi ishlar bajarildi-yu, qaysilari orqaga surilganini kuzatib borish, qaysi ishlarni
qachon bajarishni yozib borish imkonini beradi.
200
Anniversari (Muhim sanalar) bo‗limi har yili eslab turilishi lozim bo‗lgan
muhim sanalar (tug‗ilgan kunlar, firma tashkil topgan kun va b.sh.q.) ro‗yxatini
yuritish uchun mo‗ljallangan. Bu bo‗lim yillar, oylar bo‗yicha yozuvlarni saralash
va ko‗zdan kechirib borish, sana yaqinlashganini eslatib turish imkonini beradi.
Calls (Telefon qo‗ng‗iroqlari) telefon qo‗ng‗iroqlarini rejalash va
avtomatlashtirish uchun mo‗ljallangan. Bu bo‗lim rejadagi qo‗g‗iroqlar haqidagi
ma‘lumotni telefon daftarchasiga yozib borish, zarur qo‗ng‗iroqlarni eslatish,
kirish qo‗ng‗iroqlarini vaqti bilan birga qayd etish, abonentga modem yordamida
qo‗ng‗iroq qilish imkonini beradi;
Notepad (Bloknot) oddiy qog‗oz bloknot vazifasini o‗taydi. Bu bo‗lim
formatlash funksiyalaridan foydalanib eslatmalar qilish, avtomatik ravishda
mundarija shakllanadigan boblar tuzish, boshqa dasturlarda yaratilgan ob‘ektlarni
matnga qo‗shish imkonini beradi;
Planner (Rejalovchi) bo‗limi bir kunda yoki ko‗proq vaqtda bajariladigan
uzoq muddatli ishlarni rejalashga mo‗ljallangan.
Lotus Organizer tizimi bo‗lim ichida ham, boshqa bo‗limlarda ham turli
unsurlar(voqealar, manzillar, ishlar) o‗rtasida aloqa bog‗lash imkonini beradi.
Yaqinlashib qolgan voqealar va muhim sanalarni eslatib turadi. Ishlar, telefon
qo‗ng‗iroqlari, muhim sanalarni kundalikda, kundalikdagi voqealarni Rejalovchida
ko‗zdan kechirish imkonini beradi, masalan, ishlar ro‗yxatidagi vazifani kundalik
ishlar nuqtai nazaridan ko‗rib chiqish mumkin.
Bu tizim turli-tuman axborotlarni – yozuv daftarchasidan toifalar yordamida
tanlab olingan unsurlar: loyihalar, g‗oyalar, xizmat safarlari va sh.k.b. larni
birlashtirish imkonini beradi. Masalan, yozuv daftarchasining muayyan loyihaga
taalluqli unsurlarini guruhlash mumkin. Toifalar yordamida turli bo‗limlarga
mansub unsurlar guruhini boshqarish, masalan, faqat tanlab olingan unsurlar
guruhini ko‗zdan kechirish va u bilan ishlash mumkin bo‗ladi. O‗ziga tegishli
toifalar yaratish imkoni ham bor.
201
Mazkur dasturning boy funksional imkoniyatlari va fahmlash uchun
tushunarli interfeysi ishlarni tashkil qilishni ancha osonlashtirish va menejer
mehnatining unumdorligini oshirish imkonini beradi.
Keyingi yillarda mamlakatimiz tashkilotlarida Maykrosoft Ofis dasturlari
to‗plamidan turli yillarga oid nusxalarni ishga solish odat tusiga kirgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |