Artefakt
Qadriyatlar
, me’yorlar
Xulq-atvor, arxetiplar
217
Tashkiliy madaniyat ikki muhim muammoni hal etish sharoitida
shakllantiriladi
– tashqi moslashuv va ichki birlashuv. Tashkiliy madaniyat
shakllanishiga tashkilot muhitining qator tashqi va ichki omillari ta‘sir ko‗rsatadi.
Binobarin, agar tashkilot etakchisi ko‗zga ko‗ringan shaxs bo‗lib, tashkilot endi
tuzilayotgan bo‗lsa, u ushbu jarayonga sezilarli ta‘sir ko‗rsatadi. Tashkilotning
tashqi muhiti uning tashkiliy madaniyati unsurlariga butun ish muhiti, xususan,
tarmoq, uning o‗ziga xos xususiyatlari, bozorning farqli tomonlari, iste‘molchilar
va h.k.lar orqali ta‘sir o‗tkazadi. Buning ustiga, qayd etilgan omillar, odatda,
jarayonlarning evolyusion kechimini ta‘minlab, tashkilotning butun faoliyati
davomida tashkiliy madaniyatga rivojlantiruvchi ta‘sir ko‗rsatadi.
Tashkiliy madaniyatning
qo„llab-quvvatlanishi
ko‗p hollarda o‗z kuchiga
bog‗liq va u quyidagi xususiyatlarga ega:
-
madaniyatning mukammalligi (ishchi-xodimlar qo‗llab-quvvatlaydigan
muhim niyatlar miqdoriga ko‗ra belgilanadi);
-
mazkur tashkilot a‘zolarining tashkiliy madaniyatni qo‗llash darajasi;
-
madaniyat ustunligining aniq va ravshanligi.
Shu tariqa, kuchli tashkiliy madaniyatlar niyat va qadriyatlar
mushtarakligi doirasining kengligiga ko‗ra farqlanadi. Zaif madaniyatlar juda
tarqoq bo‗lib, ular umumiy maqsad va e‘tiqod bilan bog‗lanmaydi.
Tashkiliy madaniyatni qo‗llashning asosiy usullarini ajratib ko‗rsatish
mumkin, ular:
-
ishga qabul qilish va ishchilarning ijtimoiylashishi;
-
olib borilayotgan madaniyatdan o‗zini olib qochgan xodimlarning ishdan
bo‗shatilishi;
-
rollarni modellash, ishchilarning o‗qitilishi va treninglar;
-
mukofot va maqomlar tizimi;
-
tashkiliy ramzlar va rasm-rusumlar(martabani oshirish, ishdan ketish,
maqomni kuchaytirish, nizolarni bartaraf etish, birlashuv udumlari).
Vaqt o‗tishi bilan tashkilot missiyasining o‗zgarishi, raqobatning sezilarli
darajada kuchayishi, konyunkturaning boshqacha tus olishi va h.k. sabablarga
218
ko‗ra, tashkiliy madaniyatni o‗zgartirish zarurati kelib chiqishi mumkin.
Madaniyatni o‗zgartirish usullari uni qo‗llab-quvvatlash usullariga o‗xshash, ya‘ni:
-
menejment diqqat-e‘tiboridagi ob‘ekt va predmetlarni almashtirish;
-
kadrlarni rag‗batlantirish mezonlarini o‗zgartirish;
-
kadrlarga oid siyosatni o‗zgartirish;
-
kadrlarni o‗qitish dasturlaridagi ustunlikni o‗zgartirish;
-
tashkiliy ramzlar va rasm-rusumlarni almashtirish.
Tashkiliy madaniyatga o‗zgartirishlar kiritishda u yoki bu qiyinchiliklar
kelib chiqadi. Masala shundaki, tashkiliy madaniyat yaxlit bir butunlikdan iborat
bo‗lmay, u ustunlik qilgan madaniyatdan hamda madaniyatning ushbu bo‗laklarini
faqat qisman qabul qiluvchi, shuning uchun ham umumtashkilot madaniyatini
zaiflashtiruvchi alohida madaniyat
guruhlaridan tashkil topadi.
Bundan tashqari, tashkilotda aksilmadaniyatlar ham bo‗lishi mumkin.
Tashkilot umumiy holda erishmoqchi bo‗lgan narsalarni nihoyatda zo‗r berib rad
etuvchilar. Bunday aksilmadaniyatlar tashkilot yoki guruh a‘zolaridan ba‘zilarining
ehtiyojlari qanoatlanmaydigan sharoitlarda paydo bo‗ladi.
Tashkiliy madaniyat raqobatbardoshlikni, moslashishni, ishlab chiqarishni
va tashkilotni boshqarishdagi samaradorlikni oshiruvchi muhim omil hisoblanadi.
U tashkilotning butun resurslari ko‗zlangan maqsadlarga erishish uchun safarbar
qilinishida katta rol uynashi mumkin. Tashkiliy madaniyat darajasi qanchalik
yuqori bo‗lsa, idora xodimlari ko‗rsatma, qo‗llanma, to‗liq sxema va mufassal
yo‗riqnomalarga shu darajada kam ehtiyoj sezishadi.
Tashkiliy madaniyatni tashkilotning barcha bo‗linmalari va alohida
shaxslarni umumiy maqsadlarga to‗g‗ri yo‗naltirishga, xodimlar tashabbusini ishga
solishga, fidokorlikni ta‘minlashga, munosabatlarni engillashtirishga imkon
beruvchi kudratli strategik asbob deb baholash mumkin.
Shu bilan birga, agar jiddiy tashkiliy o‗zgartirishlar o‗tkazish talab qilinsa,
tashkiliy madaniyat tashkilot maqsadlariga erishuvga to‗g‗anoq bo‗lishi ham
mumkin.
Shuning
uchun
tashkilot
menedjmenti
tashkiliy
madaniyatni
219
shakllantirish, qo‗llab-quvvatlash va taraqqiy ettirish masalalariga jiddiy e‘tibor
berishi shart.
Muvaffaqiyatli rivojlanayotgan firmalar madaniyatiga xos bo‗lgan qator
qadriyat tamoyillarini ajratish mumkin, ular:
-
maqsadlarga erishishga, harakatlarga to‗g‗ri yo‗naltirish;
-
iste‘molchilar bilan doimiy aloqa bog‗lash;
-
mustaqillik va ishbilarmonlik (etakchilar va novatorlarni rag‗batlantirish);
-
shaxsga bog‗liq bo‗lgan mahsuldorlik (oddiy xodim sifat va unumdorlik
sohasidagi yutuqlarning asosiy manbai deb qaraladi);
-
boshqarish shakllarining oddiyligi va kam sonli boshqaruv ish o‗rni;
-
boshqarishda erkinlik bilan qat‘iylikni qo‗shib olib borish (firma ayni
vaqtda ham markazlashgan, ham markazlashmagan tarzda namoyon bo‗lib, bir
tarafdan sexlar va mahsulot ishlab chiqaruvchilar guruhlari mustaqilligini
kengaytiradi; boshqa tarafdan esa o‗z qadriyatlariga tegishli keskin
markazlashtirilgan siyosatni izchil olib boradi).
Do'stlaringiz bilan baham: |