O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent moliya instituti sanjar Sobirjonov



Download 2,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/166
Sana01.01.2022
Hajmi2,12 Mb.
#292325
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   166
Bog'liq
fayl 1991 20211005

 
4
-§.
 Jamoadagi ijtimoiy – ruhiy muhit 
Jamoa ish samaradorligini ta‘minlashda maqbul ijtimoiy-ruhiy muhit (IPM) 
yaratish va saqlab qolish nihoyatda muhim ahamiyatga ega. Gap shundaki, mehnat 
vazifalari  bajarilishi  nafaqat  tashkiliy  ishlab  chiqarish  sharoitlariga,  balki  o‗zaro 
munosabatlarga  ham  bog‗liqki,  bu  kishi  salomatligi  va  mehnat  natijalariga  katta 
ta‘sir o‗tkazadi. 
Ijtimoiy  ruhiy  muhit,  aslida,  hissiy-ruhiy  kayfiyat  bo‗lib,  jamoada  ish 
jarayonida  shakllanib  boradi  va  insonlarning  shaxsiy  munosabatga  kirishuvida 
o‗zaro  ob‘ektiv  va  sub‘ektiv  aloqa  bog‗lash  negizida  qaror  topadi.  Bu  kayfiyat 
ishchilarning  munosabat  vaziyatida  ular  o‗rtasidagi  butun  aloqalarning  hissiy  –
bo‗yoqdorlik  kasb  etishi  natijasida  namoyon  bo‗ladi,  jamoa  a‘zolarining 
qadriyatlarga yuz tutishi, odob-axloq me‘yorlari va manfaatlari orqali belgilanadi. 


220 
 
Jamoaning  ijtimoiy-ruhiy  muhitini  kishilarning  birgalikdagi    faoliyatida 
shakllanadigan amaliy munosabatlar mahsuli, deb qarash mumkin. Bunda ijtimoiy-
ruhiy muhitning moddiy va tashkiliy sharoitlarga qaramligiga urg‗u beriladi. 
Maqbul ijtimoiy-siyosiy muhitning asosiy belgilari: 
-
 
jamoadagi ijodiy muhit; 
-
 
jamoa harakatlaridagi hamjihatlik va birdamlik; 
-
 
―xo‗jako‗rsinchilik‖ va rasmiyatchilikning bo‗lmasligi; 
-
 
jamoa  a‘zolarining  o‗zaro  munosabatlarida  ishonch  bildirish  va 
majburlamaslik; 
-
 
jamoa a‘zolarining hissiy ishtiroki va o‗zaro yordami; 
-
 
jamoadagi yaxshi kayfiyat (hayotdan mamnunlik, ko‗tarinkilik); 
-
 
ijrochilar mehnatini baholashdagi xayrixohlik va xolislik; 
-
 
rahbarlar tomonidan  ishchilarga tazyiq o‗tkazilmasligi; 
-
 
vazifalar  va  ishlarning  holati  haqida  jamoa  a‘zolarining  etarlicha 
axborotga ega bo‗lishi; 
-
 
jamoa a‘zolaridagi o‗zaro talabchanlik va mas‘uliyatlilik; 
-
 
har  bir  jamoa  a‘zosining  tashkilot(bo‗linma)dagi  ishlarning  holati 
yuzasidan javobgarlikni bo‗yniga olishi; 
-
 
jamoaga mansublikdan qanoatlanish; 
-
 
amaliy va xolis tanqid; 
-
 
masalalar muhokamasida fikrlarni erkin bayon etish; 
-
 
uzoq davom etuvchi, disfunksional ziddiyatlarning yo‗qligi; 
-
 
yuqori darajada o‗zaro yordam ko‗rsatish va b.sh.q. 
Har  qanday  pog‗ona  menejerlarnining  doimiy  amaliy  vazifasi  –  jamoada 
ijtimoiy-ruhiy  muhitni  shakllantirish  va  takomillashtirishdan  iboratki,  unga 
quyidagilar kiradi: 
-
 
ijtimoiy-ruhiy jarayonlar ishlab chiqish; 
-
 
ijtimoiy-ruhiy  jarayonlarning  me‘yor  va  me‘yornomalari  ijrosini  hisobga 
olish, tahlil va nazorat qilish; 


221 
 
-
 
ijtimoiy-ruhiy jarayonlarni me‘yorga keltirish va sog‗lomlashtirish chora-
tadbirlarini ishlab-chiqish; 
-
 
mazkur tadbirlar ijrosining nazorati va uyushtirilishini yo‗lga qo‗yish; 
-
 
jamoalar rivojlanishini ijtimoiy rag‗batlantirish; 
-
 
ijtimoiy-ruhiy jarayonlarni tartibga keltirish. 
Jamoada  yaxshi  ijtimoiy-ruhiy  muhitni  ta‘minlash  uchun  rahbarlarning 
maxsus  bilim  va  mahorati,  unga  munosib  fazilatlari  bo‗lishi  talab  qilinadi. 
Rahbarlarning  jamoada  ijtimoiy-ruhiy  muhitga  ta‘sir  ko‗rsatuvchi  ko‗pgina 
xislatlari,  shaxsiy  qirralaridan  eng  muhimlari  qo‗yidagilar  sanaladi:  ustunlik, 
o‗ziga  ishonish,  vazminlik,  stresslarga  bardoshlilik,  yaratuvchanlik,  yutuqlarga 
intiluvchanlik,  uddaburronlik,  mas‘uliyatlilik,  ishonch  qozona  bilish,  mustaqillik, 
kirishimlilik. 
Maxsus  chora-tadbirlar  sifatida quyidagilardan  foydalanish lozim:  kadrlarni 
ilmiy  asosda  tanlash;  menejerlarni  o‗qitish  va  vaqtida  attestatsiyadan  o‗tkazish; 
mehnat  jamoalarini  ishchilarning  ruhiyati  mosligini  hisobga  olib  shakllantirish; 
jamoa a‘zolari hamfikrligi va o‗zaro aloqa-aralashuv ko‗nikmalarini tarbiyalashga 
yordam beradigan ijtimoiy-ruhiy usullarni qo‗llash; rahbarlikning munosib uslubi. 
Bundan  tashqari,  ish  joyidagi  texnika,  sanitariya-gigiena  va  tashkiliy  unsurlar 
majmuasi. 
Mamlakatdagi  ijtimoiy-siyosiy  vaziyat,  jamiyatdagi  iqtisodiy  ahvol, 
aholining  turmush  darajasi,  insonlar  hayotini  uyushtirish,  ijtimoiy-demografik 
hamda  etnikva  shu  kabi  qator  tashqi  omillar  ham  ijtimoiy-ruhiy  muhitni 
shakllantirishga o‗z ta‘sirini o‗tkazadi. 
 

Download 2,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish