O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent moliya instituti sanjar Sobirjonov



Download 2,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/166
Sana01.01.2022
Hajmi2,12 Mb.
#292325
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   166
Bog'liq
fayl 1991 20211005

 
 
2-rasm. Ishlarning ahamiyati taqsimlanishining chizmada aks etishi. 
Menejer  ishlarini  AVS  usulida  tahlil  qilish  tavsiya  etiladi,  buning  uchun 
quyidagilarga amal qilish lozim: 
1)
 
muayyan muddatda (o‗n kun, bir kun va h.k.) hal qilinishi kerak bo‗lgan 
barcha ishlar ro‗yxatini tuzish; 
2)
 
har bir ishni A,V yoki S toifasiga binoan baholash: 
-
 
eng muhim ishlar (barcha ishlarning 15%i – A toifasi); 
-
 
muhim ishlar (barcha masalalarning 20%i – V toifasi); 
15% 
20% 
100% 
85% 
 
65% 
            15%                             35%                                                           100%    



Jami natija foizi(%)da ishlar 
muhimligi hissasi
 
Ishlarning umumiy 
miqdoridagi hissa, 
foizda(%)
 


187 
 
-
 
uncha muhim ibo‗lmagan ishlar (barcha ishlarning 65%i – S toifasi); 
3)
 
ishlar  muhimligi  uchun  ajratilgan  vaqtga  mos  ravishda  vaqt    rejasini 
tekshirish: 
-
 
rejalangan vaqtning 65%i (3 soatga yaqin) – A toifasi ishlari; 
-
 
rejalangan vaqtning 20%i (1 soatga yaqin) – V toifasi ishlari; 
-
 
rejalangan vaqtning 15%i (45 minutga yaqin) – S toifa ishlari; 
4)
 
tegishli  tuzatishlar  olib  borish.  O‗z  vaqt  rejasini  A  toifasi  ishlarini 
bajarishga  yo‗naltirib,  V  va  S  toifalari  ishlarini  bajarishga  ularning  ahamiyatiga 
mos ravishda vaqt ajratish lozim; 
5)
 
V va S toifasidagi har bir ishni qo‗l ostidagi xodimlarga topshirish nuqtai 
nazaridan ko‗rib chiqish. 
Menejer  faoliyatining  muvaffaqiyati  uning  ishlarni  ahamiyatiga  mos 
ravishda  bajarishini  taqozo  qiladi:  avval  –  ozchilik  ―hayotiy  muhim‖,  so‗ngra  – 
ko‗plab ―ikkinchi darajali‖ ishlar. Shu munosabat bilan eng ko‗p natija beradigan 
A  toifasi ishlarini birinchi navbatda bajarish  tavsiya  etiladi, bunda ozgina harakat 
bilan  samaraning  ko‗p  qismiga  erishiladi.  V  toifasi  ishlariga  ham  umumiy 
natijaning  salmoqli  qismi  to‗g‗ri  keladi,  vaholanki,  uncha  muhim  bo‗lmagan 
ishlarning ko‗proq miqyosini bajarish kam natija beradi. 
A toifasi ishlarini rejalash va aniqlashda menejer quyidagi savollarga javob 
berishi kerak: 
-
 
qaysi  ishlarni  bajarish  natijasida  u  asosiy  maqsadlarga  erishishga 
ko‗proq yaqinlashadi; 
-
 
bittagina ishni bajarib boshqa bir nechtasini ham eplashi  mumkinmi; 
-
 
qaysi ishlar bajarilmasa, salbiy oqibatlar kelib chiqadi. 
Haqiqatan  muhim    ishlarni  bajarishga  kerak  bo‗lgan  vaqt  ko‗pincha 
shoshilinch,  lekin  uncha  muhim  bo‗lmagan  ishlarga  sarflanadi.  Eyzenxauer 
qoidasiga binoan ishning shoshilinchligi va muhimligi mezonlariga ko‗ra ustunlik 
belgilanishi kerak. Shundan kelib chiqib, quyidagidar farqlanadi: 
-
 
shoshilinch – muhim ishlar. Ularni zudlik bilan o‗zi bajarishi kerak; 


188 
 
-
 
shoshilinch  –  uncha  muhim  bo‗lmagan  ishlar.  Bu  vaziyatda  shoshib 
qolish ―iskanjasiga‖ tushib qolib, natijada faqat shu masalalar hal etilishi xavfi bor. 
Biroq agar ular uncha muhim bo‗lmagan taqdirda boshqalarga topshirilishi kerak
-
 
uncha  shoshilinch  bo‗lmagan  –  muhim  ishlar.  Ular,  odatda,  to‗xtab 
turishi mumkin. Bu ishlar shoshilinch bo‗lib qolganda qiyinchilik  paydo bo‗ladi. 
Shuning  uchun  ularning  muhimlik  darajasini  qayta  tekshirib,  to‗lig‗icha  yoki 
qisman boshqa xodimlarga topshirib ko‗rish lozim; 
-
 
uncha  shoshilinch  bo‗lmagan  –  uncha  muhim  bo‗lmagan  ishlar. 
Odatda  ularni  darhol  bajarish  yoki  qo‗l  ostidagilarga  topshirish,  ba‘zilarini  esa 
arxivga yoki savatga jo‗natish kerak. 
Boshqaruvchilik  ishining  samaradorligini  sezilarli  darajada  oshirish  uchun 
menejer  xodimlarni  qiziqtirishi,  ularga  faqat  muhim  bo‗lmagan  zerikarli  ishlarni 
topshirmasdan,  ularni o‗z javobgarligi doirasiga jalb qilishi lozim. 
 
Qo‗l  ostidagilarga  vazifa  yoki  faoliyatni  topshirish  menejerning 
muhim  vazifasidir.  Shu  bilan  bir  vaqtda  maxsus  sohadagi  xabardorlik
 
va  vakolat 
ham  topshirilishi  kerak.  Bu  holda  boshliq  rahbarlik  uchun  javobgarlikni  saqlab 
qoladi. 
 
Bunday topshiruv bir necha o‗ta muhim xususiyatlarga ega, xususan: 
-
 
rahbarning  yuklamasi  kamayishi  va  muhim  vazifalar  uchun    vaqt 
bo‗shatishiga yordam beradi
-
 
tegishli xodimlarning  kasbiy  bilimlari  va  tajribalaridan  foydalanishga 
yordam beradi; 
-
 
xodimlarning  qobiliyat,  tashabbus,  mustaqillik  va  layoqatlarining 
oshishini rag‗batlantiradi; 
-
 
xodimlarning  ishga  qiziqishi  va  malakasining  ortishi,  o‗z  ishidan 
mamnunligi ko‗payishiga imkon yaratadi. 
Shu  tariqa  menejer  o‗z  vazifalarining  bir  qismini  xodimlarga  topshirishi 
rahbarga  ham,  uning  qo‗l  ostidagilarga  ham  teng  ravishda  foydalidir.  Odatda, 
rahbar ko‗p topshiriq bersa, xodimlar uning rahbarlik usulini ijobiy baholaydilar. 


189 
 
Vakolatlarni  topshirish  uzoq  muddatli  bo‗lishi  yoki  bir  martalik  topshiriq 
bo‗lishi mumkin. 
Bunday topshiriq berilganda xodimlar ishlarini o‗zlari 
rejalashlari,  ustun  tomonlarini  tanlashlari,  ishni  bajarish  usullarini 
aniqlashlaari mumkin. 
Vazifa  topshirish  darajasi  rahbarning  o‗z  vazifalarini  bajarishdagi 
bilarmonligini  aks  ettiradi.  O‗z  vakolatlarini  muvaffaqiyatli  topshira  oladigan 
rahbar  samarali  menejmentni  amalga  oshirishi  aniqlangan.    Vazifalarni  sharoit 
hamda  xodimlar  imkoniyatiga  ko‗ra  iloji  boricha    ko‗proq  va  tez-tez    topshirish 
kerak.  Korxona  qayta  tashkil  etilgan    va  tarkibiy  qayta  tuzilganda,  yangi  faoliyat 
turlari  paydo  bo‗lganda    buni  nazarda  tutish  lozim  bo‗ladi.  Vazifalarni  faqat  o‗z  
qo‗l  ostidagilargagina  emas,  boshqa  bo‗linma  va  servis  xizmatlariga  ham 
topshirish kerak. 
Menejer  topshiriq  berganda  o‗ziga  beradigan  yordamchi  savollar  ham 
mavjud: 
-
 
Nimalar qilinishi kerak? 
-
 
Bu ishni kim qilishi kerak? 
-
 
U bu ishni  nima uchun qilishi kerak? 
-
 
U bu ishni qanday qilib bajarishi kerak? 
-
 
U bu ishni nima yordamida bajarishi kerak? 
-
 
U bu ishni qachon bajarishi kerak? 
Vazifani  samarali  topshirish uchun  mehnatni tegishli  ravishda  tashkil  qilish 
lozim:  rahbar  o‗z  vazifalarini  topshirishni  rejalashi  va  ularning  o‗z  muddatida 
bajarilishini nazorat qilishi kerak. 
Menejerning 
mehnat  jarayonini  oqilona  tashkil  qilish
  muhim  ahamiyatga 
egadir. Bu uning ish kunini shartli ravishda uch qismga bo‗lishni talab qiladi. 
Shunga ko‗ra kun tartibining tashkiliy tamoyillarini ham uch guruhga bo‗lish 
mumkin. Misol uchun, kunning boshlanishi qoidalarini keltiramiz. 
1.
 
Kunni  yaxshi  kayfiyat  bilan  boshlang.  Har  kuni  o‗zingizga  savol 
bering: bu kun meni maqsadlarimga qanay qilib yaqinlashtirishi mumkin?  


190 
 
Shunindek, quyidagi jihatlar haqida ham  o‗ylab ko‗rish kerak: 
-
 
Bugun kim bilan uchrashishim zarur? 
-
 
Bugungi  kun  qanday  qiyinchilik  va  muammolar  ―keltirishi‖  mumkin 
va ularni qanday hal qilish  lozim? 
2.
 
Ishni imkon boricha har kuni bir vaqtda boshlang. 
3.
 
Ishni  kunning  eng  muhim  vazifalarini  bajarishdan  boshlang,  chunki 
kun  davomida  kundalik  ishlar  bilan  shu  darajada  band  bo‗lasizki,  eng  muhim 
msalalarga vaqt ajratolmay qolishingiz mumkin. 
Kunning asosiy qismi qoidalari. 
1.
 
Ishga  tayyorgarlik  ko‗rish  va  rejalash  yo‗li  bilan  o‗z  ish  vaqtingizni 
tejang.  
2.
 
Topshiriq  bajarilishiga  maqbul  muddat  belgilang,  shuningdek, 
muqobil variantlar toping.  
3.
 
Kutilmaganda  yuzaga  kelgan  shoshilinch  muammolarni  echishga 
chalg‗imang,  chunki  natijada  rejalashtirilgan  muhim  masalalar  orqaga  suriladi, 
oqibatda qo‗shimcha vaqt va vositalar talab qilinadi. 
4.
 
Agar  ish  vaqtida  birdan  boshqa  ish  qilmoqchi  bo‗lib  qolsangiz,  bu 
sizning  shu  kundagi  ishingizga  xalal  bermasligi  haqida  o‗ylab  ko‗ring.  Agar 
qiziqarli  g‗oya  yoki  muhim  ma‘lumot  paydo  bo‗lsa,  qisqa  qilib  yozib  qo‗ying  va 
keyinroq unga murojaat qiling. 
5.
 
Muntazam  ravishda  (  1  soat  ishlagandan  so‗ng)  qisqa  (10  daqiqadan 
oshirmay) tanaffus qiling. Tanaffuslarni quvvat olish deb hisoblang. 
6.
 
Boshlangan  ishni  oxiriga  etkazishga  harakat  qiling.  Asosiy  ishdan 
chalg‗ishga  ko‗p  vaqt  ketadi,  chunki  unga  qaytganda  bajarilgan  ishlarni  qayta 
qilishga to‗g‗ri keladi. 
7.
 
Kutish va ―bekorchi yurishlar‖ natijasida paydo bo‗lgan rejalanmagan 
vaqtdan  unumli  foydalanib,  tayyorgarlik  ko‗rish,  rejadagi  yoki  zerikarli  ishlarni 
bajaring.  
8.
 
Ma‘lum  davrga  bog‗lanmay  ishlang.  Rejalangan  eng  muhim 
vazifalarni  nisbatan  tinch  tushlikkacha  bo‗lgan  vaqtda,  ya‘ni  boshqa  xodimlarda 


191 
 
faollik  yuqori  darajaga  chiqmagan  va  ishdagi  qizg‗inlikavjiga  chiqmagan  paytda 
bajaring. 
9.
 
Muhim ishlar uchun tinch yoki yopiq bir soatni zaxira qilib qo‗ying, 
bu paytda hech kim sizga xalal bera olmasin. 
10.
 
O‗zingiz  uchun  vaqt  (1  soat)  belgilang,  uni  kundalik  ish  rejangizga 
kiriting va muhim, lekin shoshilinch bo‗lmagan uzoq muddatli ishlarga, masalan, 
malaka oshirishga ishlating. 
11.
 
Vaqt  va  rejalarni  nazorat  qiling,  shuningdek,  o‗z  rejalaringizni 
ularning bajarilishi nuqtai nazaridan qayta-qayta tekshiring. 
Ish kunini yakunlash qoidalari. 
1.
 
Ish  natijalarini  nazorat  qiling,  ya‘ni  rejada  mo‗ljallangan  ishlarni 
haqiqatda bajarilganlari bilan solishtiring. 
2.
 
Ertangi  kun rejasini kechqurun tuzing. 
3.
 
Uyga yaxshi kayfiyat bilan keting. 
Menejerning ishchanligini ham hisobga olish kerak.
 Ishchanlik
 – shaxsning 
jismoniy  va  ruhiy  vazifalarni  bajarishi  bo‗lib,  uning  ma‘lum  faoliyatni  kerakli 
samara  bilan,  lozim  bo‗lgan  sifatda  va  talab  qilingan  vaqtda  bajara  olish 
layoqatidir.  
Har  bir  menejerning  ishchanligi  bir  qator  ob‘ektiv  va  sub‘ektiv  omillarga 
bog‗liq  bo‗lib,  muayyan  ravishda  o‗zgarib  turadi.  Uning  kun  davomida  o‗rtacha 
miqdordagi o‗zgarishlarini 8.3-rasmda kuzatish mumkin. 
Rasmdan ko‗rinib turibdiki: 
-
 
eng  yuqori  faollik  inson  organizmi  ―asrab-avaylash‖  rejimida 
ishlaydigan ikki soatlik tanaffuslarga yondosh bo‗ladi; 
-
 
ishchanlik kunning birinchi yarmida avjiga chiqadi, shuning uchun A 
toifasi  masalalarini  kun  boshida    hal  etish  lozim;  tushlikdan  so‗ng,  
samaradorlikning  ma‘lum pasayishi sodir bo‗lganda, bu vaqtni ijtimoiy muloqotlar 
va  zerikarli  faoliyat(S  toifasi  masalalari)ga  bag‗ishlab,  shundan  keyin  V  toifasi 
masalalariga  kirishish  kerak.Menejerga  ishchanlikning  ko‗rsatilgan  tabiiy 
tebranishlarini hisobga olib ishlash tavsiya etiladi. Bunda 8.3-rasmda tasvirlangan 


192 
 
ishchanlikning  tebranishi  egri  chizig‗i  uning  shaxsiy  ishchanligi  tebranishlaridan 
farqlanishi  mumkinligini  inobatga  olish  lozim.  Shunga  ko‗ra,  tizimli  kuzatishlar 
asosida o‗z‖ishchanlik egri chizig‗i‖ni chizish kerak. 
 
 
 
 
 
 
 
8  9  10  11  12  13  14  15  16  17  18  19    
Kun vaqti 

Download 2,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish