O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent moliya instituti sanjar Sobirjonov



Download 2,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/166
Sana01.01.2022
Hajmi2,12 Mb.
#292325
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   166
Bog'liq
fayl 1991 20211005

 
3
-§.
Rahbar faoliyatini tashkil etishdagi vositalar va asbob-anjomlar 


195 
 
Yuqorida  bayon  etilganlardan  ma‘lum  bo‗ldiki,  menejer  ishini  rejalash  va 
uyushtirishda  muayyan  murakkabliklar  mavjud  bo‗lib,  ular  maxsus  vositalar  va 
asbob-anjomlardan foydalanishni talab qiladi.  
Jahon  amaliyotida  mazkur  masalada  boy  tajriba  to‗plangan.  Masalan, 
ko‗pgina  mamlakatlarning  menejerlari  o‗z  faoliyatlarini  rejalash  va  boshqarish 
maqsadida 
vaqt kundaliklaridan
 juda keng foydalanadilar.  
Vaqt  kundaligi  –  ishni  boshqarishning  samarali  vositasi  bo‗lib,  ishlarning 
bajarilishini  soatma-soat  rejalashtirish,  kundalik  vazifalarni  umumiy  ishning  bir 
qismi  sifatida  belgilab,  ular  orasidan  eng  muhimlarini  alohida  ajratib  olish 
imkonini beradi. 
Bunday  kundalik papka  shaklidagi  maxsus tikma  to‗plamdan  iborat  bo‗lib, 
egasining  xohishiga  ko‗ra  unga  maxsus  kartochkalar,  grafiklar,  jadvallar  va 
moliyaviy  hisobotlar  joylanishi  mumkin.  Kartochkalarda  yillik  rejalar  (maxsus 
bo‗lmalarga  ajratilgan  kataklarga  har  haftada  uzoq  muddatli  rejalar),  kundalik 
rejalar bo‗lib, ularda hamma ishlar yarim soatgacha aniqlikda  ko‗rsatib qo‗yiladi. 
Shu  tariqa  kunlik  dasturning  har  bir  bandini  uzoq  vaqtga  mo‗ljallangan  vazifalar 
bilan  taqqoslash  mumkin  bo‗ladi.  Avvaliga  tegishli  bandlarni  to‗ldirish  va  zarur 
ishlar  ro‗yxatini    tuzish  uchun  qat‘iyat  va  intizom  talab  qilinadi.  Ammo  mazkur 
ro‗yxatni tuzish, qo‗yilgan vazifalar va faoliyat turlarini belgilash mehnatni tashkil 
etishni yaxshilash va vaqtdan oqilona foydalanishga yordam beradi.  
Vaqt kundaligi shaxsiy ish kartotekasi bo‗lib, unga alohida varaqlar tikilgan 
va hamma narsa yaqqol ko‗rinib turadigan juda qulay vositadir. Shu bilan birga u 
doimo  stol  ustida  turadigan  taqvim,  shaxsiy  kundalik,  zarur  ma‘lumotlar  yozib 
qo‗yilgan kitobcha, reja va nazorat quroli, manzillar yozilgan ro‗yxat, so‗rovnoma, 
fikr  va  g‗oyalar  kartotekasidir.  SHuningdek,  u  barcha  reja,  formulyar  va 
varaqlarning har kuni ishlatiladigan  to‗plamidir. Uning yordamida barcha qisqa va 
uzoq  muddatli vaziflargina  emas,  hamma  rejalar va loyihalar to‗g‗risida tasavvur 
hosil qilish mumkin. 
Vaqt kundaligining tuzilishi quyidagicha:  taqvim  qismiga  oylik, haftalik va 
kundalik  rejalar  uchun  turli  formulyarlar  joylashtiriladi.  Kunlik  rejaga  alohida 


196 
 
ahamiyat  beriladi:  har  kunga  bir  varaq.  SHu  joyning  o‗zida  tegishli  oylar  va 
haftalarga  oid  yozuvlar  uchun  varaqchalar  bo‗ladi,  ular  muddatlarning  vaqtini 
o‗zgartirishni osonlashtiradi. Keyin bu varaqchalarni tikib, arxiv qilish mumkin.  
YAngi  kunlik  ―kirish‖  varaqlarida  haftalik  va  oylik  varaqlardagi  barcha 
muddatlar  ko‗rsatilishi kerak.  Ularga  tegishli varaqlardan  barcha  sanalar –  to‗lov 
kunlari, ta‘tilga ketish,tug‗ilgan kunlar (shu jumladan, xodimlarniki ham) o‗tkazib 
qo‗yiladi.  Shu  tariqa,  kundalik  muntazam  to‗ldirib  borilgan  taqdirda,  hech  narsa 
yo‗qotilmaydi yoki unutilmaydi. 
Xizmatga  oid  va  xususiy  ishlar  bo‗limida  (tegishli  varaqlar  va 
formulyarlarda) quyidagi ma‘lumotlarni yozib borish va doimo yonda olib yurish 
mumkin: 
-
 
yarmarkalar o‗tkazish muddatlari; 
-
 
kitoblarning ro‗yxatlari; 
-
 
poezd va samolyotlarning jadvali; 
-
 
tug‗ilgan kunlar ro‗yxati; 
-
 
rejalash uchun universal varaqlar;  
-
 
fikr va g‗oyalarni yozib yurish uchun kartochkalar va h.k. 
Manzillar va telefonlar bo‗limiga tez-tez foydalaniladigan telefon raqamlari 
va manzillar yozib qo‗yiladi. 
Umumiy qism hamyon shaklida bo‗lib, unga pochta markalari, fotosuratlar, 
chek kartochkalari va qog‗oz pullar joylanadi. 
Vaqt  kundaligidan  foydalanib,  har  bir  kun  (hafta,  oy)dagi  ishlar  osongina 
rejalanadi, ishlar ko‗ngildagidek uyushtiriladi. Undan foydalanish tufayli ish sifati 
oshadi, har  kuni kamida bir soat ish vaqti tejaladi.
 

Download 2,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish