O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent moliya instituti sanjar Sobirjonov



Download 2,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/166
Sana01.01.2022
Hajmi2,12 Mb.
#292325
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   166
Bog'liq
fayl 1991 20211005

Vaqtni  belgilash  usuli 
vaqt  kundaligining  bir  turidir.  U  o‗z  vaqtini 
boshqarishning  juda  aniq  tizimi  bo‗lib,  vaqtdan  unumli  foydalanish  imkonini 
beradi.  Bunday  kundalikni  tuzish  uchun  toqat  va  vaqt  talab  qilinadi.  Lekin  unga 
sarflangan vaqt o‗zini oqlaydi. Bu kundalik yil, oy, hafta va sh.k.b. larni o‗z ichiga 
olgan, sim xalqalarga o‗rnatilgan bukletlardan iborat bo‗ladi. Bundan tashqari, har 
kungi ish yarim soatdan taqsimlanadi. Bunday tizimning afzalliklari  quyidagicha: 


197 
 
-
 
kattaroq davrga (yilga) mo‗ljallangan hayotiy rejalar va ish rejalarini 
puxta  o‗ylab,  tartibga  solish  va  ularning  bosqichma-bosqich  bajarilishini  (oylar, 
haftalar va h.k.) rejalash; 
-
 
boshqa ishlarga chalg‗imay, belgilangan rejalarga aniq amal qilish. 
Shu  maqsadda  katta  shaxsiy  ―Folifaks‖dan  foydalanish  mumkin. 
Ma‘lumotlarning ixcham bazasidan iborat bo‗lgan ―Folifaks‖da quyidagi bo‗limlar 
bo‗ladi: 
-
 
shaxsiy ma‘lumotlar( hisob raqamlari, mashina, sug‗urta raqamlari va 
h.k.); 
-
 
yilnoma (butun taqvim yili uchun); 
-
 
yozuv daftarchasi –bloknot; 
-
 
axborot; 
-
 
shaxsiy moliya(pullar); 
-
 
manzil daftarchasi; 
-
 
tashrifnoma, hujjatlar va pullar uchun plastik hamyon. 
Shu tariqa, ―Folifaks‖ menejer hayotining hamma sohalarini qamrab oladi va 
muammolarni  hal  etishda  unga  yordam  beradi.  SHu  bilan  birga,  ―Folifaks‖ 
tutishning  xavfli  tomoni  ham  bor  –  agar  menejer  uni  yo‗qotib  qo‗ysa,  ko‗p 
axborotni qo‗ldan boy beradi. 
Menejer vaqtini rejalash va boshqarishning bir necha aniq tizimlari mavjud. 
Dunyoda  keng  rasm  bo‗lgan  bunday  tizimlardan  biri  Yevropada  1-reytingga  ega 
bo‗lgan  ―Taym  Menejer‖  tizimidir.  U  1975  yilda  Daniyada  asos  solingan, 
menejment  va  shaxsiy  rivojlanish  sohasida  Yevropada  etakchi  bo‗lgan  Time 
Manager International kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. 
―Taym  Menejer‖da  hamma  ishning  mazmuni  ham,  shakli  ham  ikir-
chikirigacha  puxta  o‗ylab  belgilangan.  Uning  uch  xil  asosiy  nusxasi  mavjud: 
standart, maxsus va ―rahbar‖. Ularga kiradigan blank va ashyolarni o‗zgarti- rib va 
to‗ldirib,  ana  shu  asosiy  nusxalarning  har  birini  muayyan  faoliyat  turi  uchun, 
masalan,  savdo  vakili,  kotib,  loyiha  rahbari,  ilmiy  xodim  uchun  moslashtirsa 
bo‗laveradi. 


198 
 
―Taym Menejer‖ning har bir asosiy nusxasi to‗plami beshta asosiy tarkibiy 
qismdan iborat:  
-
 
xalqasimon qisqichli papkalar; 
-
 
blanklarning standart to‗plamlari joylangan qutichalar; 
-
 
―Taym  Menejer‖dan  foydalanish  haqidagi  ―SHaxsiy  samaradorlik 
kaliti‖ qo‗llanmasi. 
Xalqasimon mexanizmli papkada quyidagilar bor: 
-
 
17 ta xatcho‗p; 
-
 
alifboli  telefon  daftarchasi  va  18  oylik  taqvim  –  yozuv  daftarchasi 
joylangan  ajraluvchan  muqova.  Bu  muqovada  chek  daftarchasi,  bloknot  va 
kichkina qalam uchun ham joy bor; 
-
 
avtomat qalam; 
-
 
―Taym  Menejer‖  standart  blanklari  to‗plamiga  kiruvchi  har  bir 
blankdan bir nusxa. 
 ―Taym Menejer‖ tizimi quyidagi imkoniyatlarni beradi: 
-
 
ishda yuqori natijalarga erishish; 
-
 
asosiy vazifalarni belgilash; 
-
 
vaziyatni to‗g‗ri baholash; 
-
 
muhim ishlarni unutmaslik; 
-
 
vaqtdan samarali foydalanish; 
-
 
boshqa kishilar bilan yaxshiroq hamjihat bo‗lish; 
-
 
o‗z ijodiy imkoniyatini oshirish; 
-
 
vazifalarni to‗g‗ri taqsimlash; 
-
 
o‗zgarishlarga 
egiluvchanlik 
bilan 
osoyishta 
munosabatni 
rivojlantirish. 
Ko‗rib  chiqilgan  tizimlardan  tashqari  rejalash  uchun  yordamchi  vositalar 
ham bor. Magnit taxtalari, modul taxtalari, yopishqoq taxtalar va h.k. shu jumlaga 
kiradi. Ana shu yordamchi vositalardan juda ko‗p sohalarda: hisobot statistikasini, 
ishlab  chiqarish  rejalarini,  ish  grafiklarini  tuzish  va  yuritish;  ishlab  chiqarish 
samaradorligini,  turli  rejalar  tuzilishini  nazorat  qilishda  foydalanish  mumkin. 


199 
 
Ularda xarid qilish va etkazib berish ko‗rsatkichlarini ham qayd etsa bo‗ladi.Ular 
yordamida tashkilotning tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish va ish xonalarining 
chizmalarini tuzish mumkin. 
Ishni  samarali  va  o‗z  vaqtida  bajarish,  ish  vaqtidan  unumli  foydalanish 
imkonini beradigan yana ko‗pgina yordamchi texnik vositalar ham mavjud. Rahbar 
va uning yaqin yordamchilari shu vositalardan foydalanadilar. 
Bular,  jumladan,  shaxsiy  kompyuterlardir.  Keyingi  yillarda  idoralarda 
ishlatiladigan  ko‗pgina  turli  EHM  lar  yaratildi.  Ular  yordamida  barcha  zarur 
hujjatlar, dalillar, raqamli ma‘lumotlar, bildirgilar bevosita foydalanishga tezkorlik 
bilan  tayyorlanadi.  Idora  EHMlari  ko‗magida  tashkilotga  tegishli  ma‘lumotlarni 
olish  va tashkilot materiallari bilan ishlash mumkin. 
Bunda  maxsus  kompyuter  dasturlaridan  foydalanish  maqsadga  muvofiqdir. 
CHunonchi, Lotus Organizer (Lotus Organayzer) dasturi mashhur shaxsiy axborot 
tizimlaridan  biri  hisoblanib,    menejerning  vaqt  kundaligi  va  organayzer  bilan 
ishlashiga mutlaqo o‗xshaydi. U quyidagi bo‗lmalardan iborat: 
Calendar  (Kalendar)  yoki  kundalik  vaqtni  va  turli  tadbirlarni  rejalashga 
mo‗ljallangan.  Undagi  bo‗limga  rejalanayotgan  barcha  voqealar  to‗g‗risidagi 
axborotni kiritish, yaqinlashayotgan voqealardan xabardor qilish, turli axbortlarni, 
masalan,  harajatlar  to‗g‗risidagi  axborotni  belgilangan  tadbirlar  bilan  bog‗lash, 
takrorlanadigan  voqealarni,  masalan,  haftalik  kengashlar  kunini  belgilash,  bo‗sh 
vaqt topish imkoni bor; 
Address (Manzillar) bo‗limi manzilnoma daftarchasi vazifasini bajaradi. Bu 
bo‗lim  ish  yuzasidan  muloqotda  bo‗ladigan  odamlarning  manzillari,  telefon 
raqamlarini, uning oilasi to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni yozib borish, ism-shariflar va 
kompaniyalarga oid yozuvlarni saralash imkonini beradi; 
To  Do  (Ishlar)  bo‗limi  ishlarni  rejalashga  mo‗ljallangan.  Bu  bo‗lim 
mo‗ljaldagi  ishlar  to‗g‗risidagi  ma‘lumotni  qayd  etish,  vazifalarni  sanalari  va 
muhimligiga  ko‗ra  saralash,  rejalanayotgan  vazifalar  to‗g‗risida  xabar  tarqatish, 
qaysi ishlar bajarildi-yu, qaysilari orqaga surilganini kuzatib borish, qaysi ishlarni 
qachon bajarishni yozib borish imkonini beradi. 


200 
 
Anniversari  (Muhim  sanalar)  bo‗limi  har  yili  eslab  turilishi  lozim  bo‗lgan 
muhim  sanalar  (tug‗ilgan  kunlar,  firma  tashkil  topgan  kun  va  b.sh.q.)  ro‗yxatini 
yuritish uchun mo‗ljallangan. Bu bo‗lim yillar, oylar bo‗yicha yozuvlarni saralash 
va ko‗zdan kechirib borish, sana yaqinlashganini eslatib turish imkonini beradi. 
Calls  (Telefon  qo‗ng‗iroqlari)  telefon  qo‗ng‗iroqlarini  rejalash  va 
avtomatlashtirish  uchun  mo‗ljallangan.  Bu  bo‗lim  rejadagi  qo‗g‗iroqlar  haqidagi 
ma‘lumotni  telefon  daftarchasiga  yozib  borish,  zarur  qo‗ng‗iroqlarni  eslatish, 
kirish qo‗ng‗iroqlarini vaqti bilan birga qayd etish, abonentga modem  yordamida 
qo‗ng‗iroq qilish imkonini beradi; 
Notepad  (Bloknot)  oddiy  qog‗oz  bloknot  vazifasini  o‗taydi.  Bu  bo‗lim 
formatlash  funksiyalaridan  foydalanib  eslatmalar  qilish,  avtomatik  ravishda 
mundarija shakllanadigan boblar tuzish, boshqa dasturlarda yaratilgan ob‘ektlarni 
matnga qo‗shish imkonini beradi; 
Planner  (Rejalovchi)  bo‗limi  bir  kunda  yoki  ko‗proq  vaqtda  bajariladigan 
uzoq muddatli ishlarni rejalashga mo‗ljallangan. 
Lotus  Organizer  tizimi  bo‗lim  ichida  ham,  boshqa  bo‗limlarda  ham  turli 
unsurlar(voqealar,  manzillar,  ishlar)  o‗rtasida  aloqa  bog‗lash  imkonini  beradi. 
Yaqinlashib  qolgan  voqealar  va  muhim  sanalarni  eslatib  turadi.  Ishlar,  telefon 
qo‗ng‗iroqlari, muhim sanalarni kundalikda, kundalikdagi voqealarni Rejalovchida 
ko‗zdan kechirish imkonini beradi, masalan, ishlar ro‗yxatidagi vazifani kundalik 
ishlar nuqtai nazaridan ko‗rib chiqish mumkin. 
Bu tizim turli-tuman axborotlarni – yozuv daftarchasidan toifalar yordamida 
tanlab  olingan    unsurlar:  loyihalar,  g‗oyalar,  xizmat  safarlari  va  sh.k.b.  larni 
birlashtirish  imkonini  beradi.  Masalan,  yozuv  daftarchasining  muayyan  loyihaga 
taalluqli  unsurlarini  guruhlash  mumkin.  Toifalar  yordamida  turli  bo‗limlarga 
mansub  unsurlar  guruhini  boshqarish,  masalan,  faqat  tanlab  olingan  unsurlar 
guruhini  ko‗zdan  kechirish  va  u  bilan  ishlash  mumkin  bo‗ladi.  O‗ziga  tegishli 
toifalar yaratish imkoni ham bor. 


201 
 
Mazkur  dasturning  boy  funksional  imkoniyatlari  va  fahmlash  uchun 
tushunarli  interfeysi  ishlarni  tashkil  qilishni  ancha  osonlashtirish  va  menejer 
mehnatining unumdorligini oshirish imkonini beradi.  
Keyingi  yillarda  mamlakatimiz  tashkilotlarida  Maykrosoft  Ofis  dasturlari 
to‗plamidan turli yillarga oid nusxalarni ishga solish odat tusiga kirgan. 

Download 2,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish