O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent moliya instituti sanjar Sobirjonov



Download 2,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/166
Sana01.01.2022
Hajmi2,12 Mb.
#292325
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   166
Bog'liq
fayl 1991 20211005

Artefakt
 
Qadriyatlar
, me’yorlar
 
Xulq-atvor, arxetiplar
 


217 
 
Tashkiliy  madaniyat  ikki  muhim  muammoni  hal  etish  sharoitida 
shakllantiriladi
  –    tashqi  moslashuv  va  ichki    birlashuv.  Tashkiliy  madaniyat 
shakllanishiga tashkilot muhitining qator tashqi va ichki omillari ta‘sir ko‗rsatadi. 
Binobarin,  agar  tashkilot  etakchisi    ko‗zga  ko‗ringan  shaxs  bo‗lib,  tashkilot  endi 
tuzilayotgan  bo‗lsa,  u  ushbu  jarayonga  sezilarli  ta‘sir  ko‗rsatadi.  Tashkilotning 
tashqi  muhiti  uning    tashkiliy  madaniyati  unsurlariga  butun  ish  muhiti,    xususan, 
tarmoq,  uning o‗ziga xos xususiyatlari, bozorning farqli tomonlari, iste‘molchilar 
va  h.k.lar  orqali  ta‘sir  o‗tkazadi.  Buning  ustiga,  qayd  etilgan  omillar,  odatda, 
jarayonlarning  evolyusion  kechimini  ta‘minlab,  tashkilotning  butun  faoliyati 
davomida tashkiliy madaniyatga rivojlantiruvchi ta‘sir ko‗rsatadi. 
Tashkiliy  madaniyatning 
qo„llab-quvvatlanishi
  ko‗p  hollarda  o‗z  kuchiga 
bog‗liq va u quyidagi xususiyatlarga ega: 
-
 
madaniyatning  mukammalligi  (ishchi-xodimlar  qo‗llab-quvvatlaydigan 
muhim niyatlar miqdoriga ko‗ra belgilanadi); 
-
 
mazkur tashkilot a‘zolarining tashkiliy madaniyatni qo‗llash darajasi; 
-
 
madaniyat ustunligining aniq va ravshanligi. 
  Shu  tariqa,  kuchli  tashkiliy  madaniyatlar  niyat  va  qadriyatlar 
mushtarakligi  doirasining  kengligiga  ko‗ra  farqlanadi.  Zaif  madaniyatlar  juda 
tarqoq bo‗lib, ular umumiy maqsad va e‘tiqod bilan bog‗lanmaydi. 
Tashkiliy  madaniyatni  qo‗llashning  asosiy  usullarini  ajratib  ko‗rsatish 
mumkin, ular: 
-
 
ishga qabul qilish va ishchilarning ijtimoiylashishi; 
-
 
olib borilayotgan madaniyatdan o‗zini olib qochgan xodimlarning ishdan 
bo‗shatilishi; 
-
 
rollarni modellash, ishchilarning o‗qitilishi va treninglar; 
-
 
mukofot va maqomlar tizimi; 
-
 
tashkiliy  ramzlar  va  rasm-rusumlar(martabani  oshirish,  ishdan  ketish, 
maqomni kuchaytirish, nizolarni bartaraf etish, birlashuv udumlari). 
  Vaqt o‗tishi bilan tashkilot missiyasining o‗zgarishi, raqobatning sezilarli 
darajada  kuchayishi,  konyunkturaning  boshqacha  tus  olishi    va  h.k.  sabablarga 


218 
 
ko‗ra,  tashkiliy  madaniyatni  o‗zgartirish  zarurati  kelib  chiqishi  mumkin. 
Madaniyatni o‗zgartirish usullari uni qo‗llab-quvvatlash usullariga o‗xshash, ya‘ni: 
-
 
menejment diqqat-e‘tiboridagi ob‘ekt va predmetlarni almashtirish; 
-
 
kadrlarni rag‗batlantirish mezonlarini o‗zgartirish; 
-
 
kadrlarga oid siyosatni o‗zgartirish; 
-
 
kadrlarni o‗qitish dasturlaridagi ustunlikni o‗zgartirish; 
-
 
tashkiliy ramzlar va rasm-rusumlarni almashtirish. 
Tashkiliy  madaniyatga  o‗zgartirishlar  kiritishda  u  yoki  bu  qiyinchiliklar 
kelib  chiqadi.  Masala  shundaki,  tashkiliy  madaniyat  yaxlit  bir  butunlikdan  iborat 
bo‗lmay, u ustunlik qilgan madaniyatdan hamda madaniyatning ushbu bo‗laklarini 
faqat  qisman  qabul  qiluvchi,  shuning  uchun  ham  umumtashkilot  madaniyatini 
zaiflashtiruvchi alohida madaniyat
 
guruhlaridan tashkil topadi. 
Bundan  tashqari,  tashkilotda  aksilmadaniyatlar  ham  bo‗lishi  mumkin. 
Tashkilot umumiy holda erishmoqchi bo‗lgan narsalarni nihoyatda zo‗r berib rad 
etuvchilar. Bunday aksilmadaniyatlar tashkilot yoki guruh a‘zolaridan ba‘zilarining 
ehtiyojlari qanoatlanmaydigan sharoitlarda paydo bo‗ladi. 
Tashkiliy  madaniyat  raqobatbardoshlikni,  moslashishni,  ishlab  chiqarishni 
va  tashkilotni  boshqarishdagi  samaradorlikni  oshiruvchi  muhim  omil  hisoblanadi. 
U  tashkilotning  butun  resurslari  ko‗zlangan  maqsadlarga  erishish  uchun  safarbar 
qilinishida  katta  rol  uynashi  mumkin.  Tashkiliy  madaniyat  darajasi  qanchalik 
yuqori  bo‗lsa,  idora  xodimlari  ko‗rsatma,  qo‗llanma,  to‗liq  sxema  va  mufassal 
yo‗riqnomalarga shu darajada kam ehtiyoj sezishadi. 
Tashkiliy  madaniyatni  tashkilotning  barcha  bo‗linmalari  va  alohida 
shaxslarni umumiy maqsadlarga to‗g‗ri yo‗naltirishga, xodimlar tashabbusini ishga 
solishga,  fidokorlikni  ta‘minlashga,  munosabatlarni  engillashtirishga  imkon 
beruvchi kudratli strategik asbob deb baholash mumkin. 
Shu bilan  birga,  agar  jiddiy  tashkiliy  o‗zgartirishlar o‗tkazish  talab  qilinsa, 
tashkiliy  madaniyat  tashkilot  maqsadlariga  erishuvga  to‗g‗anoq  bo‗lishi  ham 
mumkin. 
Shuning 
uchun 
tashkilot 
menedjmenti 
tashkiliy 
madaniyatni 


219 
 
shakllantirish,  qo‗llab-quvvatlash  va  taraqqiy  ettirish  masalalariga  jiddiy  e‘tibor 
berishi shart. 
Muvaffaqiyatli  rivojlanayotgan  firmalar  madaniyatiga  xos  bo‗lgan  qator 
qadriyat tamoyillarini ajratish mumkin, ular: 
-
 
maqsadlarga erishishga, harakatlarga to‗g‗ri yo‗naltirish; 
-
 
iste‘molchilar bilan doimiy aloqa bog‗lash; 
-
 
mustaqillik va ishbilarmonlik (etakchilar va novatorlarni rag‗batlantirish); 
-
 
shaxsga  bog‗liq  bo‗lgan  mahsuldorlik  (oddiy  xodim  sifat  va unumdorlik 
sohasidagi yutuqlarning  asosiy manbai deb qaraladi); 
-
 
boshqarish shakllarining oddiyligi  va kam sonli boshqaruv ish o‗rni; 
-
 
 boshqarishda  erkinlik  bilan  qat‘iylikni  qo‗shib  olib  borish  (firma  ayni 
vaqtda  ham  markazlashgan,  ham  markazlashmagan  tarzda  namoyon  bo‗lib,  bir 
tarafdan  sexlar  va  mahsulot  ishlab  chiqaruvchilar  guruhlari  mustaqilligini 
kengaytiradi;  boshqa  tarafdan  esa  o‗z  qadriyatlariga  tegishli  keskin 
markazlashtirilgan siyosatni izchil olib boradi). 

Download 2,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish