2-rasm. Ishlarning ahamiyati taqsimlanishining chizmada aks etishi.
Menejer ishlarini AVS usulida tahlil qilish tavsiya etiladi, buning uchun
quyidagilarga amal qilish lozim:
1)
muayyan muddatda (o‗n kun, bir kun va h.k.) hal qilinishi kerak bo‗lgan
barcha ishlar ro‗yxatini tuzish;
2)
har bir ishni A,V yoki S toifasiga binoan baholash:
-
eng muhim ishlar (barcha ishlarning 15%i – A toifasi);
-
muhim ishlar (barcha masalalarning 20%i – V toifasi);
15%
20%
100%
85%
65%
15% 35% 100%
A
B
C
Jami natija foizi(%)da ishlar
muhimligi hissasi
Ishlarning umumiy
miqdoridagi hissa,
foizda(%)
187
-
uncha muhim ibo‗lmagan ishlar (barcha ishlarning 65%i – S toifasi);
3)
ishlar muhimligi uchun ajratilgan vaqtga mos ravishda vaqt rejasini
tekshirish:
-
rejalangan vaqtning 65%i (3 soatga yaqin) – A toifasi ishlari;
-
rejalangan vaqtning 20%i (1 soatga yaqin) – V toifasi ishlari;
-
rejalangan vaqtning 15%i (45 minutga yaqin) – S toifa ishlari;
4)
tegishli tuzatishlar olib borish. O‗z vaqt rejasini A toifasi ishlarini
bajarishga yo‗naltirib, V va S toifalari ishlarini bajarishga ularning ahamiyatiga
mos ravishda vaqt ajratish lozim;
5)
V va S toifasidagi har bir ishni qo‗l ostidagi xodimlarga topshirish nuqtai
nazaridan ko‗rib chiqish.
Menejer faoliyatining muvaffaqiyati uning ishlarni ahamiyatiga mos
ravishda bajarishini taqozo qiladi: avval – ozchilik ―hayotiy muhim‖, so‗ngra –
ko‗plab ―ikkinchi darajali‖ ishlar. Shu munosabat bilan eng ko‗p natija beradigan
A toifasi ishlarini birinchi navbatda bajarish tavsiya etiladi, bunda ozgina harakat
bilan samaraning ko‗p qismiga erishiladi. V toifasi ishlariga ham umumiy
natijaning salmoqli qismi to‗g‗ri keladi, vaholanki, uncha muhim bo‗lmagan
ishlarning ko‗proq miqyosini bajarish kam natija beradi.
A toifasi ishlarini rejalash va aniqlashda menejer quyidagi savollarga javob
berishi kerak:
-
qaysi ishlarni bajarish natijasida u asosiy maqsadlarga erishishga
ko‗proq yaqinlashadi;
-
bittagina ishni bajarib boshqa bir nechtasini ham eplashi mumkinmi;
-
qaysi ishlar bajarilmasa, salbiy oqibatlar kelib chiqadi.
Haqiqatan muhim ishlarni bajarishga kerak bo‗lgan vaqt ko‗pincha
shoshilinch, lekin uncha muhim bo‗lmagan ishlarga sarflanadi. Eyzenxauer
qoidasiga binoan ishning shoshilinchligi va muhimligi mezonlariga ko‗ra ustunlik
belgilanishi kerak. Shundan kelib chiqib, quyidagidar farqlanadi:
-
shoshilinch – muhim ishlar. Ularni zudlik bilan o‗zi bajarishi kerak;
188
-
shoshilinch – uncha muhim bo‗lmagan ishlar. Bu vaziyatda shoshib
qolish ―iskanjasiga‖ tushib qolib, natijada faqat shu masalalar hal etilishi xavfi bor.
Biroq agar ular uncha muhim bo‗lmagan taqdirda boshqalarga topshirilishi kerak;
-
uncha shoshilinch bo‗lmagan – muhim ishlar. Ular, odatda, to‗xtab
turishi mumkin. Bu ishlar shoshilinch bo‗lib qolganda qiyinchilik paydo bo‗ladi.
Shuning uchun ularning muhimlik darajasini qayta tekshirib, to‗lig‗icha yoki
qisman boshqa xodimlarga topshirib ko‗rish lozim;
-
uncha shoshilinch bo‗lmagan – uncha muhim bo‗lmagan ishlar.
Odatda ularni darhol bajarish yoki qo‗l ostidagilarga topshirish, ba‘zilarini esa
arxivga yoki savatga jo‗natish kerak.
Boshqaruvchilik ishining samaradorligini sezilarli darajada oshirish uchun
menejer xodimlarni qiziqtirishi, ularga faqat muhim bo‗lmagan zerikarli ishlarni
topshirmasdan, ularni o‗z javobgarligi doirasiga jalb qilishi lozim.
Qo‗l ostidagilarga vazifa yoki faoliyatni topshirish menejerning
muhim vazifasidir. Shu bilan bir vaqtda maxsus sohadagi xabardorlik
va vakolat
ham topshirilishi kerak. Bu holda boshliq rahbarlik uchun javobgarlikni saqlab
qoladi.
Bunday topshiruv bir necha o‗ta muhim xususiyatlarga ega, xususan:
-
rahbarning yuklamasi kamayishi va muhim vazifalar uchun vaqt
bo‗shatishiga yordam beradi;
-
tegishli xodimlarning kasbiy bilimlari va tajribalaridan foydalanishga
yordam beradi;
-
xodimlarning qobiliyat, tashabbus, mustaqillik va layoqatlarining
oshishini rag‗batlantiradi;
-
xodimlarning ishga qiziqishi va malakasining ortishi, o‗z ishidan
mamnunligi ko‗payishiga imkon yaratadi.
Shu tariqa menejer o‗z vazifalarining bir qismini xodimlarga topshirishi
rahbarga ham, uning qo‗l ostidagilarga ham teng ravishda foydalidir. Odatda,
rahbar ko‗p topshiriq bersa, xodimlar uning rahbarlik usulini ijobiy baholaydilar.
189
Vakolatlarni topshirish uzoq muddatli bo‗lishi yoki bir martalik topshiriq
bo‗lishi mumkin.
Bunday topshiriq berilganda xodimlar ishlarini o‗zlari
rejalashlari, ustun tomonlarini tanlashlari, ishni bajarish usullarini
aniqlashlaari mumkin.
Vazifa topshirish darajasi rahbarning o‗z vazifalarini bajarishdagi
bilarmonligini aks ettiradi. O‗z vakolatlarini muvaffaqiyatli topshira oladigan
rahbar samarali menejmentni amalga oshirishi aniqlangan. Vazifalarni sharoit
hamda xodimlar imkoniyatiga ko‗ra iloji boricha ko‗proq va tez-tez topshirish
kerak. Korxona qayta tashkil etilgan va tarkibiy qayta tuzilganda, yangi faoliyat
turlari paydo bo‗lganda buni nazarda tutish lozim bo‗ladi. Vazifalarni faqat o‗z
qo‗l ostidagilargagina emas, boshqa bo‗linma va servis xizmatlariga ham
topshirish kerak.
Menejer topshiriq berganda o‗ziga beradigan yordamchi savollar ham
mavjud:
-
Nimalar qilinishi kerak?
-
Bu ishni kim qilishi kerak?
-
U bu ishni nima uchun qilishi kerak?
-
U bu ishni qanday qilib bajarishi kerak?
-
U bu ishni nima yordamida bajarishi kerak?
-
U bu ishni qachon bajarishi kerak?
Vazifani samarali topshirish uchun mehnatni tegishli ravishda tashkil qilish
lozim: rahbar o‗z vazifalarini topshirishni rejalashi va ularning o‗z muddatida
bajarilishini nazorat qilishi kerak.
Menejerning
mehnat jarayonini oqilona tashkil qilish
muhim ahamiyatga
egadir. Bu uning ish kunini shartli ravishda uch qismga bo‗lishni talab qiladi.
Shunga ko‗ra kun tartibining tashkiliy tamoyillarini ham uch guruhga bo‗lish
mumkin. Misol uchun, kunning boshlanishi qoidalarini keltiramiz.
1.
Kunni yaxshi kayfiyat bilan boshlang. Har kuni o‗zingizga savol
bering: bu kun meni maqsadlarimga qanay qilib yaqinlashtirishi mumkin?
190
Shunindek, quyidagi jihatlar haqida ham o‗ylab ko‗rish kerak:
-
Bugun kim bilan uchrashishim zarur?
-
Bugungi kun qanday qiyinchilik va muammolar ―keltirishi‖ mumkin
va ularni qanday hal qilish lozim?
2.
Ishni imkon boricha har kuni bir vaqtda boshlang.
3.
Ishni kunning eng muhim vazifalarini bajarishdan boshlang, chunki
kun davomida kundalik ishlar bilan shu darajada band bo‗lasizki, eng muhim
msalalarga vaqt ajratolmay qolishingiz mumkin.
Kunning asosiy qismi qoidalari.
1.
Ishga tayyorgarlik ko‗rish va rejalash yo‗li bilan o‗z ish vaqtingizni
tejang.
2.
Topshiriq bajarilishiga maqbul muddat belgilang, shuningdek,
muqobil variantlar toping.
3.
Kutilmaganda yuzaga kelgan shoshilinch muammolarni echishga
chalg‗imang, chunki natijada rejalashtirilgan muhim masalalar orqaga suriladi,
oqibatda qo‗shimcha vaqt va vositalar talab qilinadi.
4.
Agar ish vaqtida birdan boshqa ish qilmoqchi bo‗lib qolsangiz, bu
sizning shu kundagi ishingizga xalal bermasligi haqida o‗ylab ko‗ring. Agar
qiziqarli g‗oya yoki muhim ma‘lumot paydo bo‗lsa, qisqa qilib yozib qo‗ying va
keyinroq unga murojaat qiling.
5.
Muntazam ravishda ( 1 soat ishlagandan so‗ng) qisqa (10 daqiqadan
oshirmay) tanaffus qiling. Tanaffuslarni quvvat olish deb hisoblang.
6.
Boshlangan ishni oxiriga etkazishga harakat qiling. Asosiy ishdan
chalg‗ishga ko‗p vaqt ketadi, chunki unga qaytganda bajarilgan ishlarni qayta
qilishga to‗g‗ri keladi.
7.
Kutish va ―bekorchi yurishlar‖ natijasida paydo bo‗lgan rejalanmagan
vaqtdan unumli foydalanib, tayyorgarlik ko‗rish, rejadagi yoki zerikarli ishlarni
bajaring.
8.
Ma‘lum davrga bog‗lanmay ishlang. Rejalangan eng muhim
vazifalarni nisbatan tinch tushlikkacha bo‗lgan vaqtda, ya‘ni boshqa xodimlarda
191
faollik yuqori darajaga chiqmagan va ishdagi qizg‗inlikavjiga chiqmagan paytda
bajaring.
9.
Muhim ishlar uchun tinch yoki yopiq bir soatni zaxira qilib qo‗ying,
bu paytda hech kim sizga xalal bera olmasin.
10.
O‗zingiz uchun vaqt (1 soat) belgilang, uni kundalik ish rejangizga
kiriting va muhim, lekin shoshilinch bo‗lmagan uzoq muddatli ishlarga, masalan,
malaka oshirishga ishlating.
11.
Vaqt va rejalarni nazorat qiling, shuningdek, o‗z rejalaringizni
ularning bajarilishi nuqtai nazaridan qayta-qayta tekshiring.
Ish kunini yakunlash qoidalari.
1.
Ish natijalarini nazorat qiling, ya‘ni rejada mo‗ljallangan ishlarni
haqiqatda bajarilganlari bilan solishtiring.
2.
Ertangi kun rejasini kechqurun tuzing.
3.
Uyga yaxshi kayfiyat bilan keting.
Menejerning ishchanligini ham hisobga olish kerak.
Ishchanlik
– shaxsning
jismoniy va ruhiy vazifalarni bajarishi bo‗lib, uning ma‘lum faoliyatni kerakli
samara bilan, lozim bo‗lgan sifatda va talab qilingan vaqtda bajara olish
layoqatidir.
Har bir menejerning ishchanligi bir qator ob‘ektiv va sub‘ektiv omillarga
bog‗liq bo‗lib, muayyan ravishda o‗zgarib turadi. Uning kun davomida o‗rtacha
miqdordagi o‗zgarishlarini 8.3-rasmda kuzatish mumkin.
Rasmdan ko‗rinib turibdiki:
-
eng yuqori faollik inson organizmi ―asrab-avaylash‖ rejimida
ishlaydigan ikki soatlik tanaffuslarga yondosh bo‗ladi;
-
ishchanlik kunning birinchi yarmida avjiga chiqadi, shuning uchun A
toifasi masalalarini kun boshida hal etish lozim; tushlikdan so‗ng,
samaradorlikning ma‘lum pasayishi sodir bo‗lganda, bu vaqtni ijtimoiy muloqotlar
va zerikarli faoliyat(S toifasi masalalari)ga bag‗ishlab, shundan keyin V toifasi
masalalariga kirishish kerak.Menejerga ishchanlikning ko‗rsatilgan tabiiy
tebranishlarini hisobga olib ishlash tavsiya etiladi. Bunda 8.3-rasmda tasvirlangan
192
ishchanlikning tebranishi egri chizig‗i uning shaxsiy ishchanligi tebranishlaridan
farqlanishi mumkinligini inobatga olish lozim. Shunga ko‗ra, tizimli kuzatishlar
asosida o‗z‖ishchanlik egri chizig‗i‖ni chizish kerak.
8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19
Kun vaqti
Do'stlaringiz bilan baham: |