O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent moliya instituti sanjar Sobirjonov


Etakchilikning  yangi  konsepsiyalari



Download 2,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/166
Sana01.01.2022
Hajmi2,12 Mb.
#292325
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   166
Bog'liq
fayl 1991 20211005

Etakchilikning  yangi  konsepsiyalari
.  An‘anaviy  va  vaziyat  yondashuvlari 
yo  etakchining  xususiyatlari  va  xulqiga  yoki  u  zarur  uslubni  qay  vaziyatda 
topishiga asosiy e‘tiborni qaratar edi. Keyingi yillarda paydo bo‗lgan konsepsiyalar 
ana shu ikkala ko‗rsatkichni birlashtirishga harakat qiladi. 
Atribut  etakchilik  konsepsiyasi 
(sabab-oqibat  yondashuvi).  U  belgilash 
nazariyasiga  tayanadi.  Mazkur  nazariya  nimalar  sodir  bo‗lganligi  bilan  odamlar 
sodir  bo‗lgan  xodisaning  sababi  nima,  deb  hisoblashi  o‗rtasidagi  sabab-oqibat 
aloqasini  izohlovchi  belgilar  nazariyasiga  asoslanadi.  Bu  yondashuvning  ma‘nosi 
shuki, etakchining xulosalari ham, izdoshlarining tutgan yo‗li ham izdoshlarining 
xulqiga  etakchining qanday baho berishi bilan bog‗liq bo‗ldi. Qo‗l ostidagilarning 
ishini  kuzatib  borgan  etakchi  ish  qanday  bajarilayotgani  haqida  axborot  oladi. 
SHunga qarab u odamlarning xulqiga baho beradi va xodimlarning xulqiga yarasha 
o‗z xulqi uslubini tanlaydi. 
Xarizmatik  etakchilik  konsepsiyasi
.  M.Veber  joriy  etgan  xarizma 
tushunchasi  shaxsiy  oqilona  ibrat  ko‗rsatish  vositasi  bilan  o‗zining  etakchiligini 
namoyon  etish  va  izdoshlarining  hurmat-ehtiromini  qozonish  demakdir.  Oqil 
etakchi o‗ziga xos yoqimli xususiyatlari bilan qo‗l ostidagi xodimlarga kuchli ta‘sir 
o‗tkaza  oladi.  Bunday  etakchi  faoliyatda  yuqori  hokimlikka  ehtiyojmand  va 
o‗zining haqligiga qattiy ishonadigan bo‗ladi. 
Tadqiqotchilarning  ko‗rsatishicha,  oddiy  vaziyatda  xarizmatik  etakchilik 
maqsadga erishish uchun hamisha zarur bo‗lavermaydi. Izdoshlar o‗z xohishlari va 
ularga  erishish  yo‗llarini  haddan  oshirib  yuborgan  paytlarda  shunday  etakchilar 
zarur  bo‗ladi.  Etakchining  bunday  xususiyatlari  siyosatda,  dinda,  harbiy 
harakatlarda ko‗proq namoyon bo‗lishi bejiz emas. 


133 
 
O„zgartiruvchi etakchilik konsepsiyasi
. SHundan iboratki, islohotchi etakchi 
o‗rtaga qo‗yilgan maqsadning muhimligini idrok etishda xodimlarning ongliligini 
oshirish,  ularga  shaxsiy  manfaatlarni  umum  manfaatlari  bilan  qo‗shib  olib  borish 
imkoniyatini  berish,  ishonch  muhitini  yaratish  yo‗li  bilan  odamlarni  motivlaydi. 
Bunday  etakchi  ijodkorlik  ko‗rsatadi,  haqiqiy  holatga  qarab  ish  yuritadi, 
izdoshlarini natijador ishlashga boshlaydi, g‗ayrat bilan mehnat qilishga undaydi. 
Buning uchun etakchi va izdoshlari mushkul vaziyatlarda muammolarni ijodiy hal 
etishga  intilishi  uchun  muayyan  xulqqa  ega  bo‗lishlari  kerak.  Mazkur  model 
etakchidan  o‗z  izdoshlarini  boshqaruvda  qatnashtirish,  o‗zi  guruhning  ajralmas 
qismiga  aylanib  ketishi,  ko‗pchilikning  g‗ayrat-harakatlarini  qo‗llab-quvvatlash 
talab  qilinadi.  Izdoshlardan  esa  etakchiga  ko‗r-ko‗rona  ergashmay,  balki  berib 
quyilgan  imkoniyatlarga  tanqidiy  nazar  bilan  qarash  va  ongli  harakat  qilish  talab 
etiladi. 
Shunday  qilib,  etakchilikning  an‘anaviy  konsepsiyalari  etakchining 
fazilatlari  yoki  axloqini  nazarda  tutib,  samarali  etakchilikni  belgilashni  tavsiya 
qildilar.  Bu  konsepsiyalar,  pirovard  natijada,  aniqlangan  ko‗pdan-  ko‗p  fazilatlar 
va  axloq  namunalari  dengizida  g‗arq    bo‗lib,  tugal  nazariyani  yarata  olmadi. 
Etakchilikning  vaziyatga  bog‗liqligiga  asoslangan  yondashuvlar  etakchilik 
samaradorligini  tashqi  omillar  ta‘siri  orqali  izohlashni  tashkil  etib,  etakchining 
shaxs ekanligini e‘tiborga olmadi. Yangi konsepsiyalar vaziyatga qarab yondashish 
bilan  an‘anaviy  yondashuvlarning  afzalliklarini  birlashtirishga  urinadi.  Ular 
etakchining muammoga yangicha nazar bilan qarash, o‗z xarizmasidan foydalanib, 
izdoshlarini  ilhomlantirish  va  ularni  o‗rtaga  quyilgan  maqsadga  erishmoq  yo‗lida 
jonbozlik ko‗rsatishga chorlash fazilatlarini bo‗rtirib ko‗rsatadi. 

Download 2,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish