O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent moliya instituti sanjar Sobirjonov


- jadval  Rahbariyat uslublarining mazmuni



Download 2,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/166
Sana01.01.2022
Hajmi2,12 Mb.
#292325
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   166
Bog'liq
fayl 1991 20211005

3- jadval 
Rahbariyat uslublarining mazmuni 
Ko„rsat
kichlar 
 
Avtoritar 
uslub 
Demokratik 
uslub 
Liberal 
uslub 
Uslubnin
g tabiati 
Hokimiyat  va 
ma‘muriyat 
rahbar  qo‗lida 
to‗plangan 
Vakolatlari 
topshirilgan,  lekin 
asosiy  pozitsiyalar 
rahbar qo‗lida 
Rahbar 
mas‘uliyatni 
o‗zidan soqit qilgan 
va 
hokimiyatdan 
jamoa 
foydasiga 
voz kechgan 
 
Maqsadni 
belgilash 
va 
vositalarni 
tanlash 
oliy  rahbar  qo‗lida 
markazlashgan 
Qarorlar 
qabul 
qilish 
boshqaruvda 
xodimlar  ishtiroki 
darajalari  bo‗yicha 
taqsimlangan 
Guruhga 
maqbul 
tartibda 
o‗zini 
o‗zi 
boshqarish 
imkoniyati berilgan 
 
Axborot 
oqimlari 
asosan 
vertikal  (yuqoridan) 
harakatlanadi 
Axborot 
oqimlari  vertikal  va 
gorizontal  bo‗ylab 
harakatlanadi 
Axborot 
oqimlari 
asosan 
gorizontal  bo‗ylab 
harakatlanadi 
Kuchli 
jihatlari 
Qarorlar 
tez 
qabul  qilinishi  va 
safarbarlik. 
Krizis 
(tanglik)  sharoitidagi 
samaradorlik, 
kasb 
darajasi 
pastligi, 
xodimlar  safarbarligi 
sustligi 
Xodimlarnin

boshqaruvidagi 
ishtiroki  orqali  ish 
natijasining 
balandligi 
YUqori 
ijodkorlik, 
o‗zini 
namoyon 
qilish, 
xodimlar 
tashabbuskorligi  va 
mustaqilligi 
rivojlanishi 
Zaif 
jihatlari 
Nosog‗lom 
kayfiyat.  Mojaro  va 
boshboshdoqlik 
xavfi. 
Kadrlar 
Vazifalarni 
hal 
etish 
uchun 
ko‗p  vaqt  talab 
qilinadi 
Malakasiz, 
intizomsiz  jamoada 
ish 
samaradorligi 
va 
sifatining 


136 
 
qo‗nimsizligi. 
Xodimlar 
tashabbuskorligi  va 
samarasi pastligi 
pastligi. 
Ish 
sur‘atining sustligi 
 
Liberal  uslubi
  sharoitida  tashabbus  ko‗rsatmaslik,  mehnat  jarayoniga 
aralashmaslik  kayfiyati  hukm  suradi.  Ko‗ngilchan  rahbar  faqat  yuqori 
rahbariyatning ko‗rsatmasi bo‗yicha harakat qiladi, mas‘uliyatdan bo‗yin tovlaydi. 
U  turli  omillar  ta‘sirida  o‗z  qarorini  o‗zgartiradi.  Tashkilotda  muhim  masalalar 
ko‗pincha uning ishtirokisiz hal etiladi. 
Qo‗l  ostidagilar  bilan  o‗zaro  munosabatda  liberal  xushmuomala.  U 
xodimlarga deyarli to‗liq erkinlik berib qo‗yadi, talab qilmaydi va ularning ishini 
nazorat qilmaydi. 
U  obro‗  orttirish  payiga  tushib,  xodimlarga  turli  imtiyozlar  beraveradi, 
o‗rinsiz mukofotlar beradi, noshud xodim o‗rniga ishni o‗zi bajarib qo‗ya qoladi, 
yomon ishlovchi xodimlarni ishdan bo‗shatgisi kelmaydi. 
Bunday  rahbarlik  uslubini  ijodiy  jamoalarda  qo‗llasa  bo‗ladi,  chunki  bu 
joylardagi xodimlar mustaqil ijodiy ish bilan mashg‗ul bo‗ladilar. 
Rahbarlikning  demokratik  (kollegial)  uslubi
  rahbarda  va  qo‗l  ostidagi 
xodimlarda  ishonch  va  hamjihatlik  tuyg‗ulari  bo‗lishini  nazarda  tutadi.  Rahbar 
o‗zini  guruh  a‘zolaridan  biridek  tutadi.  Har  bir  xodim,  hech  hadiksiramay,  o‗z 
fikrini erkin izhor eta oladi. Ko‗pchilik muammolar bahamjihat muhokama etiladi. 
Rahbar  o‗z  xodimlari  bilan  tez-tez  maslahatlashib  turishga  intiladi,  o‗zining 
ustunligini bildirmaslikka va tanqidni to‗g‗ri tushunib, ko‗rsatilgan kamchiliklarni 
to‗g‗rilashga  harakat  qiladi.  Qabul  qilingan  qarorlarning  oqibatlari  uchun 
mas‘uliyatni boshqalarga yuklamaydi. Xodimlar fikriga quloq tutishga intilar ekan, 
masalaning  mohiyatini  o‗zi  tushunmayotganligi  uchun  emas,  balki  muhokamada 
ishni  yaxshilash  imkonini  beradigan  takliflar  tushib  qolishi  mumkinligiga 
ishongani  uchun  shunday  qiladi.  Bunday  rahbar  murosaga  borishdan  yoki  xodim 
biror qaror noto‗g‗riligini isbotlab bersa, ining fikriga qo‗shilishidan, yoki qarorni 
bekor  qilishdan  or  qilmaydi.  U  muammoni    hal  etish  yo‗lining  to‗g‗riligini  va 


137 
 
undan  qanday  foyda  ko‗rishni  isbotlab  berishdan  erinmaydi.  Nazoratni  amalga 
oshirishda  u  pirovard  natijaga  alohida  e‘tibor  beradi.  Bunday  vaziyatda 
xodimlarning  o‗z  mulohazalarini  bemalol  o‗rtoqlashishlariga  imkon  beradi,  o‗z 
fikrlarini  ro‗y-rost  izhor  etaveradigan  bo‗ladi.  Buning  tarbiyaviy  ahamiyati  katta, 
maqsadga  kamroq  chiqim  bilan erishish  imkonini beradi. Boshqaruv odamlarning 
qobiliyatlarini hisobga olgan holda, do‗q-po‗pisasiz amalga oshirilaveradi. 
Bu  rahbarlik  uslubini  ko‗pgina  mutaxassislar  maqbullaydilar.  Ammo 
tadqiqotlarning  ko‗rsatishicha,  xodimlar  hamisha  ham  demokratik  rahbarlik 
uslubini  afzal  ko‗ravermaydilar,  ayrim  hollarda  bu  uslub  tuzukroq  samara 
bermaydi. 
Shunday  qilib,  ko‗rib  chiqilgan  rahbarlik  uslublaridan  har  birining  ham 
ijobiy,  ham  salbiy  xususiyatlari  bor,  bu  narsa  aniq  sharoitga  bog‗liq,  jamoaning 
faoliyat  sharoiti  esa  bir  xil  bo‗lavermaydi.  Rahbarlik  uslubi  bilan 
samaradorligining 
bir-biriga 
bevosita  bog‗liqligi  shu  paytgacha  aniq 
oydinlashmagan. 
Nemis  olimlari  boshqaruvning  avtoritar  va  demokratik  usullari  bir  biriga 
qarama-qarshi, ular orasida quyidagi uslublar bor, deb hisoblaydilar: 
-
 
patriarxal  (rahbar  qaror  qabil  qilinmasdanoq  uning  to‗g‗riligiga 
xodimlarni ishontirmoqchi bo‗ladi); 
-
 
konsultativ  (rahbar  qaror  qabul  qiladi,  lekin  uni  ma‘qullaydigan 
savollar berilishiga imkoniyat qoldiradi); 
-
 
kooperativ (rahbar bo‗lg‗usi qaror haqida xodimlarga axborot beradi, 
xodimlar esa o‗z fikrlarini aytishlari kerak); 
-
 
Download 2,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish