O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent moliya instituti sanjar Sobirjonov



Download 2,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/166
Sana01.01.2022
Hajmi2,12 Mb.
#292325
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   166
Bog'liq
fayl 1991 20211005

tashkilotchilik  qobiliyatlariga
 ega bo‗lishlari lozim.  Bu  gapning 
tagida  shaxcning  individual-ruhshunosik  xususiyatlari,  ya‘ni  tashkilotchilik 
faoliyati  usullarini  va  ulardan  uquv  bilan  foydalanish  qobiliyatini  egallash 
imkonini  beradigan  salohiyat  yashiringan.  Odatda  tashkilotchilik  qobiliyatiga 
quyidagi xususiyatlarni kiritadilar: 

 
darhol  moslashuvchanlik,  ya‘ni  faoliyatning  ijodiy  shakllariga, 
bilimlarni  chuqurroq  egallashga  moyillik,  tashabbuskorlik,  qoloq  odatlarga 
toqatsizlik, asoslangan tavakkalchilikka tayyorlik, yangiliklarga intilish, omilkorlik 
va h.k. 

 
kirishimlik,  ya‘ni  xushmuomalalik,  odamlar  e‘tiborini  qozonish, 
odamlarga  fikrini  uqtira  bilish;  odamlarning  fikrini  tinglay  bilish,  tushunish  va 
ularni ishontirish; 

 
hayajonini  jilovlay  olish,  ya‘ni  muammoli  vaziyatlarda  o‗zini  tuta 
bilish, qarorlar qabul qilganda vazminlik va oqilona fikrlash; 

 
o‗z  fikrini  o‗tkazish,  ya‘ni  o‗ktamlik,  o‗z  izzatini  bilish,    shaxsiy 
mustaqillikka intilish, rahnamolik, o‗z qadrini hurmatlash, kuchli irodaga egalik.  
Quyidagi xususiyatlarni ham tashkilotchilik qobiliyatlari jumlasiga kiritishni 
maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz: 


119 
 
-
 
odamlarni  tashkil  qila  bilish,  odamoxunlik,    jozibadorlik,  shaxslararo 
muloqotchilik,  odamlarga  ta‘sir  o‗tkazb,  ularni  uyushtira  bilish,  olg‗a  boshlash, 
ijrochilarni topish, ishonch uyg‗otish; 
-
 
tadbirlarni  tashkil  eta  bilish,  jumladan,  tadbirlarni  rejalash  va 
tayyorlash, rejalarni amalga oshirish, sergak fikrlash, tasavvurning rivojlanganligi, 
bo‗lajak tadbirlarning  mayda jihatlarini, kelib chiqishi mumkin bo‗lgan muammo 
va muvaffaqiyatsizliklarni payqay bilish. 
Odamlar  bilan  ishlay  olish  qobiliyati  har  qanday  pog‗onadagi  menejerga 
qo‗yiladigan eng muhim talabdir. Bunda quyidagilar nazarda tutiladi. 
-
 
qo‗l ostidagi xodimlarni, ularning topshirilgan aniq ishni bajara olish 
qobiliyati va imkoniyatlarini mukammal bilish: 
-
 
korxona  bilan  xodimlarni  bog‗lovchi  shart-sharoitlarni  bilish,  har 
ikkovining manfaatlarini adolat asosida himoya qilish: 
-
 
menejerning ruhshunosik bilimdonligi: 
-
 
jamoaning birligini saqlab qolish va tashkilot (bo‗linma) faoliyatining 
samaradorligini  ta‘minlash  maqsadida  qobiliyatsiz  xodimlarni  chetlashtira  olish 
mahorati: 
-
 
rasmiy  va  norasmiy  tizimlarning  o‗zaro  bog‗liqligini  e‘tiborga  olib, 
odamlarning munosabatlarini tashkil qila bilsh; 
-
 
qo‗l ostidagi xodimlarga ta‘sir o‗tkaza olish qobiliyati va uquvi; 
-
 
odamlar  bilan  muomala  qilish  mahorati,  ―insoniy  munosabatlarni‖ 
bilishi. 
Keyingi  vaqtlarda  menejerlarga  nisbatan 
kompetensiya
  tushunchasi  ham 
ishlatila  boshlandi.  Kompetensiya  (lotincha  compete  -  erishish,  muvofiq  kelish, 
moslik)    muayyan  sohada  muvaffaqiyatli  faoliyat  yuritish  uchun  bilim,  uquv  va 
shaxsiy  xislatlarni  qo‗llash  qobiliyati  demakdir.  Masalan,  ―Menejment‖  080200 
tayyorgarlik yo‗nalishi bo‗yicha oliy kasb ma‘lumoti bo‗lgan bakalavr: 
-
 
umumiy madaniy kompetensiyalarga,  
-
 
quyidagi professional kompetensiyalarga : 

 
tashkiliy-boshqaruv faoliyatini; 


120 
 

 
axborotni tahlil etish faoliyatini; 

 
ishbilarmonlik 
faoliyatini 
o‗z 
ichiga 
oladigan 
kasblar 
kompetensiyalariga ega bo‗lishi kerak. 
Menejer  lavozimini  egallaydigan  kishi  uchun  zarur  xususiyatlar  ro‗yxati 
juda  katta,  ularning  ayrimlari  biri  ikkinchisiga  zid  keladiganlari  ham  bor. 
Ko‗rsatilgan  barcha  hislatlar  sohibini  topish  mushkul.  Shu  sababli  muayyan 
lavozimga  kishi  tanlash  masalasini  ko‗rib  chiqishning  har  bir  holatida  mazkur 
lavozimni egallovchi shaxsning xususiyatlari alohida ko‗rib chiqilgani ma‘qul. 
Ishlab chiqarish sharoitida bu vazifani hal etishda malaka ma‘lumotnomasi 
yoki lavozimlar tacnifnomasi, shuningdek lavozim yo‗riqnomasi yordamga keladi.
1
 
Bu  hujjatlarda  aniq  lavozimni  egallamoqchi  bo‗lgan  mutaxassisga  quyiladigan 
talablar bayon etilgan. 
Menejerning aniq lavozimi tafsilotlari va uni egallashi lozim bo‗lgan kishiga 
qo‗yiladigan talablar 

Download 2,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish