O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent moliya instituti sanjar Sobirjonov



Download 2,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/166
Sana01.01.2022
Hajmi2,12 Mb.
#292325
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   166
Bog'liq
fayl 1991 20211005

 
VI-BOB. TASHKILIY
 
XULQNING MOTIVATSION ASOSLARI 
 


90 
 
1
-§.
Motivatsiya tushunchasi, turlari va jarayoni 
Motivatsiya
 (grekcha motif, lotincha moveo – ―harakatlantiraman‖ so‗zidan 
yasalgan)  –  insonni  biron-bir  maqsadga  erishish  uchun  astoydil  intilish,  bunga 
ishtiyoq uyg‗otishga qiziqtirish va buning uchun kuch jamlash jarayonidir. 
Rahbarlar  o‗z  xodimlari  anglashi  yoki  anglamasligidan  qat‘iy  nazar,  ularni 
doimo maqsadga qiziqtirib keladilar. Qadim zamonlarda buning uchun qamchi va 
do‗q-po‗pisa ishlatilgan, ayrimlarga mukofotlar berilgan. 
XX  asrga  qadar  agar  ko‗proq  pul  ishlash  imkoniyati  berilsa,  odamlar 
yaxshiroq  ishlaydilar,  degan  fikr  hukmron  edi,  ya‘ni  motivlash  sarflangan  kuch-
g‗ayrat evaziga pul mukofoti taklif qilishdan iborat edi. Ammo keyingi tadqiqotlar 
bunday  yondashuv  noto‗g‗ri  ekanini  aniqladi  va  motivatsiya  ehtiyojlarning 
murakkab  majmuasidan  iborat  ekanini  ko‗rsatdi.  Xodimlarni  qiziqtirish  uchun 
rahbar  ularning  ehtiyojlarini  aniqlashi  va  bu  ehtiyojlarni  yaxshi  ish  orqali 
qondirishi lozim bo‗ladi. 
Boshqaruvdagi motivatsiya usullarini quyidagicha ta‘riflash mumkin: 
-iqtisodiy motivlash usullari – ish haqi, mukofot, imtiyozlar, foizlar, foydada 
qatnashish, aksiyalar paketi, qo‗shimcha haq va h.k. 
-ijtimoiy  motivatsiya  usullari  –  jamoat  o‗rtasida  rag‗batlantirish,  tashakkur 
e‘lon qilish va ofarinlash, izza qilish va h.k. 
-ruhiy  motivatsiya  usullari  –  obro‗-e‘tiborini  oshirish,  befarqlik,  zararli  va 
ortiqcha ekanini sezdirish va h.k. 
-lavozim  motivatsiyasi  usullari  –  lavozimini  ko‗tarish,  qo‗shimcha 
vakolatlar berish va h.k. 
-ijtimoiy-ruhiy usullar – ijtimoiy faollikni oshirish, tajriba almashish, ishdagi 
boshqaruvdagi va kasb-kordagi ahloq-odob va h.k. 
-ma‘naviy  motivatsiya  usullari  –  shaxsiy  uchrashuvda,  jamoat  o‗rtasida  tan 
olish, maqtash yoki tanqid qilish; 
-ishlarni loyihalash va qayta loyihalash (boyitish) usullari; 
-xodimlarni boshqaruvga jalb qilish usullari. 


91 
 
Motivatsiyani ikkiyoqlama,  chunonchi: 
-inson  va  guruhning  ehtiyojlari,  ruhiyati,  odobini  hisobga  olib,  samarali 
mehnatga undovchi shart-sharoit va sabablarni aniqlash va qondirish vositasi; 
-jismoniy  yoki  ruhiy  etishmovchilik  yoki  ehtiyojdan  boshlanib,  hatti-
harakatlarni  kuchaytiradigan  yoxud  maqsadga  erishishga  yoki  mukofot  olishga 
qiziqtiradigan jarayon tarzida ko‗rib chiqish mumkin. 
Ayni vaqtda motivatsiya jarayonini ketma-ket keladigan quyidagi bosqichlar 
tarzida ham tasavvur qilsa bo‗ladi: 
-ehtiyojning kelib chiqishi; 
-ehtiyojni qondirish (bartaraf etish) yo‗llarini izlash; 
-maqsadni(harakat yo‗nalishini) belgilash; 
-ehtiyojni qondirish uchun zarur harakatlarni qilish; 
-harakatlarni amalga oshirganligi uchun mukofot olish; 
-ehtiyojni qondirish, bartaraf etish. 
Shu  munosabat  bilan 
ehtiyoj
  tushunchasini  izohlab  o‗tish  maqsadga 
muvofiqdir. Ehtiyoj: 
-inson ko‗nglida vujudga keladigan; 
-turli kishilarda bir-biriga o‗xshaydigan, ammo har kimda alohida namoyon 
bo‗ladigan; 
-inson qutulishga intiladigan tuyg‗udir. 
Motivlar
  –  insonni  harakat  qilishga  undaydigan,  nima  qilish  va  qanday 
qilishni  belgilab  beradigan,  insonning  dilidan  ketmaydigan  va  har  kimda  har  xil 
tarzda namoyon bo‗ladigan xilqat. 
Motivlarni: 
-faollik turlariga qarab;  
-namoyon bo‗lish vaqtlariga qarab; 
-insonning ehtiyoj turlariga qarab; 
-shaxsning muddaolariga qarab; 
-tuzilishiga qarab; 
-funksiyalariga qarab; 


92 
 
-etakchi motivatoriga qarab tasniflash mumkin. 
Motivlar ko‗pgina omillarga bog‗liq. 
Insonning  odob-axloqi  bitta  motiv  bilan  emas,  balki  ko‗pgina  motivlarning 
yig‗indisi  bilan  belgilanadi.  Bunda  motivlar  insonning  odobiga  ta‘sir  qilishi 
darajasiga  qarab  bir-biriga  nisbatan  muayyan  munosabatda  bo‗ladi.  SHu  sababli 
insonning 
motivatsion  tuzilmasini
  uning  muayyan  harakatlarni  amalga  oshirish 
asosi  deb  bilmoq  kerak.  Bu  tuzilma  muayyan  barqarorlikda  bo‗ladi.  Biroq  u 
insonni tarbiyalash, o‗qitish jarayonida ongli ravishda o‗zgarishi mumkin: 
Motivlash
 – insonda muayyan motivlarni uyg‗otish yo‗li bilan uni muayyan 
harakatlarni qilishga undash maqsadida shu insonga ta‘sir o‗tkazish jarayonidir. 
Motivlash  qanday  maqsadni  ko‗zlashiga,  qanday  vazifalarni  hal  etishiga 
qarab uning ikki asosiy toifasini alohida ko‗rsatib o‗tish mumkin. 
Birinchi  toifa
  shundan  iboratki,  insonga  tashqi  ta‘sir  o‗tkazish  yo‗li  bilan 
muayyan motivlar harakatga keltiriladi, mazkur motivlar insonni motivlashtiruvchi 
sub‘ekt uchun maqbul bo‗ladigan muayyan harakatlarga undaydi.
 
Motivlashning
  ikkinchi  toifasi
  insonning  muayyan  motivatsion  tuzilmasini 
shakllantirishni  asosiy  vazifa  deb  hisoblaydi.  Bu  vazifani  amalga  oshirish  uchun 
katta kuch-g‗ayrat, bilim va qobiliyat talab qilinadi. Uning natijalari motivlashning 
birinchi toifasiga nisbatan umuman ancha barakali bo‗ladi. 

Download 2,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish