O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent moliya instituti sanjar Sobirjonov



Download 2,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/166
Sana01.01.2022
Hajmi2,12 Mb.
#292325
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   166
Bog'liq
fayl 1991 20211005

5-§.Telefon kommunikatsiyalari 
Telefon  vositasidagi  kommunikatsiyalar  tashkiliy  kommunikatsiyalarning 
juda  muhim  vositasidir.  Ularning  o‗ziga  xos  xususiyati  shundan  iboratki, 
suhbatdoshlar  bir-birlarini  ko‗rmaydilar,  ko‗pincha  telefon  orqali  gaplashuv 
tomonlarning  biri  uchun  kutilmagan  bo‗ladi:  u  kim  bilandir  bevosita  so‗zlashib 
turgan, biron-bir muhim yoki shoshilinch ishni bajarayotgan bo‗lishi mumkin. Biz 
kimgadir qo‗ng‗iroq qilganimizda ana shunday ehtimolni nazarda tutishimiz lozim. 
Bundan tashqari, suhbatdosh hamkasblari, tashrif buyurganlar va sh.k.b.lar orasida 


85 
 
bo‗lishi ehtimolini, bemalol gaplasha olmasligini e‘tiborga olish kerak. Telefonda 
so‗zlashishdan bevosita suhbat afzal ko‗riladi. 
Ko‗pchilik  holatlarda  telefon  aloqasi  biror  narsa  haqida  (ehtimol,  qachon 
uchrashish  to‗g‗risida)  kelishib  olish  vositasi  ekanini  esda  tuting.‖Bu  telefonda 
gaplashadigan  masala  emas‖,  deyilishi  bejiz  emas.  Telefonda  so‗zlashish 
mavzusini 
aniqlaganingizda 
va 
unga 
sarflanadigan 
vaqtni 
oldindan 
mo‗ljallaganingizda buni unutmang.  
Shu  bilan  birga  telefon  kommunikatsiyasi  murakkab  texnika  vositalari 
yordamida amalga oshiriladi: bu vositalar hamisha ham nuqsonsiz ishlayvermaydi, 
raqam terganda yanglishish, yomon eshitilish, aloqaning behosdan uzilib qolishi  - 
bularning  hammasi  suhbatdoshlardan  qo‗shimcha  xushmuomalalik  va 
ehtiyotkorlikni talab qiladi. 
Bundan  tashqari,  telefon  aloqasi,  odatda,  muayyan  ma‘lumotni  etkazish 
bilan  bog‗liqdir.  Suhbatdoshning  unga  yo‗naltirilgan  ma‘lumotni  samarali  qabul 
qilishi va ishlatishi ―yaxshi muomala ‖ va ―shaxsiy ish texnikasi‖ deb hisoblanadi. 
Telefon  vaqtni  tejashning  eng  samarali  vositalaridan  biridir,  shu  bilan  bir 
vaqtda ishga eng ko‗p xalal beradigan, ―ish vaqtini sarflaydigan‖  manbadir(telefon 
paradoksi)

Ushbu sifatlarning qaysi biriga ega bo‗lish menejerning telefondan qay 
darajada oqilona foydalanishiga bog‗liq. 
Behuda qo‗ng‗iroqlardan qutulish yoxud suhbatni boshqa vaqtga ko‗chirish 
uchun  suhbatdoshga  qachon  qo‗ng‗iroq  qilish  ma‘qulligini  aytgan  yaxshi.  Agar 
go‗shakni  kotib  yoki  kotiba  oladigan  bo‗lsa,  kimlar  bilan  yoki  qanday  holatlarda 
rahbarga telefonni ulash joiz emasligini, qachon qaytadan qo‗ng‗iroq qilish taklif 
etilishini  yoki  rahbar  bilan  ulab  berishini  ana  shu  xodim  bilan  kelishib  qo‗yish 
zarur. 
Basharti rahbarning qabulxonasida vaqtincha yoki uzoq vaqt kotib bo‗lmasa, 
u  holda  avtojavobbergichni  ishga  solish  kerak  (garchi  u  ―ikkinchi  nav‖  vosita 
bo‗lsa ham). Kotib yoki avtojavobbergich ham bo‗lmasa, ―uzr, menga soat 16 da 
qo‗ng‗iroq qiling‖ yoki ―men o‗zim sizga qo‗ng‗iroq qilaman‖ degan iboralardan 
foydalanish  mumkin.  Keyinroq  qo‗ng‗iroq  qilish  usuli  muzokara  uchun  zarur 


86 
 
material  tayyorlash  imkonini  ham  beradi,  natijada  telefon  muloqotining  umumiy 
vaqti qisqaradi. 
Telefon orqali suhbat yuritishga oid bir necha maslahat berish mumkin: 
1.
 
 Qisqa  gapirish  va  gapning  boshi  uning  borishi  va  oxirini  belgilashini 
unutmaslik. 
2.
 
Suhbatdoshga  avval  qo‗ng‗iroq  qilishdan  maqsadni  aytib,  so‗ng 
sabablarini tushuntirish. 
3.
 
Uzoq  suhbat  oxirida  qisqa  xulosa  chiqarib,  ko‗rilishi  kerak  bo‗lgan 
choralarni sanab o‗tish. 
4.
 
Suhbat  davomida  zarur  ma‘lumotlarni  yozib  borib,  kerak  bo‗lsa, 
xodimlar va kasbdoshlarga ma‘lum qilish. 
Keyingi  yillarda  yangi  kommunikatsiya  texnikasi  va  texnologiyalarining, 
Internet  va  Intranetning  joriy  etilishi  tashkiliy  kommunikatsiyalarni  yangi 
pog‗onaga ko‗tarish imkonini beradi. 

Download 2,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish