Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent


-rasm. Ishlab chiqaruvchilarga subsidiya berilishining iqtisodiy oqibatlari



Download 12,22 Mb.
bet329/395
Sana31.12.2021
Hajmi12,22 Mb.
#251964
1   ...   325   326   327   328   329   330   331   332   ...   395
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2)

30.2-rasm. Ishlab chiqaruvchilarga subsidiya berilishining iqtisodiy oqibatlari

Jahon amaliyotida tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning bilvosita usullariga qaraganda bevosita usllaridan kengroq foydalaniladi. Bevosita usullar mazmuniga koʻra, iqtisodiy, ma’muriy, me’yoriy - huquqiy koʻrinishga ega boʻlishi mumkin.

Litsenziyalash va kvotalash iqtisodiy xarakterdagi bevosita usullar ichida keng tarqalgani hisoblanadi.


Litsenziyalash – bu, tashqi iqtisodiy operatsiyalarni amalga oshirishga davlat tashkilotlaridan ruxsat olishning ma’lum tartibidir. Tashqi iqtisodiy operatsiyalarga mahsulotlar, ishchi va xizmatchilar eksporti hamda moliya opyeratsiyalarini oʻtkazish, xorijga ishchi kuchini ishga joylashtirish va boshqalar kiradi. Oʻzbekistonda litsenziyalar faqat davlat roʻyxatida qayd etilgan tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga beriladi. Ularni boshqa yuridik shaxslarga berish taqiqlangan.

Mahsulotlar eksporti va importini litsenziyalash davlatga ular oqimini qattiq tartibga solish, ba’zi hollarda ularni vaqtincha chegaralash va shu asosda tashqi iqtisodiy taqchillik oʻsishining toʻxtash hamda savdo balansining tenglashtirish imkonini beradi.




Umuman, import mahsulotlarga beriladigan litsenziyalar quyidagi

usullar yordamida joylashtiriladi.



1. Ochiq auksion – davlat litsenziyalarni yuqori baholarni taklif qilgan

ishlab chiqaruvchilarga berishi



2. Afzal koʻrish tizimi – davlat birinchi navbatda litsenziyalarni ishlab chiqarish hajmi jihatdan yirik boʻlgan firma va kompaniyalarga hech

qanday shart va talablarsiz beradi



3. Xarajat usuli – davlat litsenziyalarni yirik ishlab chiqarish

quvvatlariga va resurslarga ega boʻlgan firma va kompaniyalarga beradi


Mahsulotlar, shuningdek, ishchi va xizmatchilar eksporti va importiga litsenziyalar berish huquqiga Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi boshqaruv tashkilotlari ega: Vazirlar Mahkamasi, Moliya, Adliya, Ichki ishlar, Sogʻliqni saqlash, Xalq ta’limi vazirliklari, shuningdek, Markaziy bank.

Moliya operatsiyalarini oʻtkazishga litsenziyalar asosan Respublika Moliya vazirligi va Markaziy bank tomonidan oʻz va xorijiy banklarga, moliya muassasalariga beriladi. Ular moliya-kredit muassasalariga mamlakat ichida va uning tashqarisida chet el valyutasi bilan

operatsiyalarni amalga oshirish, xorijiy moliya-kredit muassasalariga esa ichki bozorda yuridik va jismoniy shaxslarga xizmat koʻrsatish huquqini beradi.

Litsenziyalash bilan bir qatorda jahon amaliyotida mahsulotlarni, shuningdek, ishchi kuchi eksport va importini chegaralash maqsadida kvotalash keng qoʻllaniladi.

Bu usulning mohiyati shundan iboratki, unda vakolatli davlat yoki xalqaro tashkilot alohida mahsulotlar, xizmatlar, mamlakatlar va mamlakatlar guruhi boʻyicha ma’lum davrga eksport va importga miqdoriy yoki qiymat chegaralarini belgilaydi. Davlat tomonidan tartibga solish tadbiri sifatida kvotalash toʻlov balanslarini ichki bozorda talab va taklifni balanslashtirish uchun muzokaralarda oʻzaro kelishuvga erishish uchun qoʻllaniladi. Oʻzbekistonda kvotalash xalq iste’moli mollarini va strategik xomashyoning muhim turlarini olib chiqishni chegaralash usuli sifatida qoʻllanilmoqda.

Kvotalash faqat mahsulot oqimlarinigina emas, balki ishchi kuchi oqimlarini tartibga solishda ham qoʻllaniladi. Koʻpgina rivojlangan mamlakatlar ichki mehnat bozorini himoyalash maqsadida xorijdan ishchi kuchi importiga kvotalar oʻrnatadi.

Hozirgi vaqtda kvotalash bojlarga nisbatan koʻproq qoʻllanilishiga ikkita sabab bor:



  1. Tarif stavkalari xalqaro savdo kelishuvlariga asosan belgilanadi. Ayrim hollardan tashqari vaziyatlarda, mamlakatlar tarif stavkasini oshira olmaydilar va shuning uchun iqtisodiyotni raqobatdan himoya qilish maqsadida kvotalarga e’tiborni qaratishga majbur boʻladi.

  2. Himoyaga muhtoj tarmoqlar ham importga kvotalar joriy qilishni qoʻllaydi. Chunki, tarifni joriy qilishga nisbatan imtiyozli litsenziyalar olish osonroqdir.

Import kvotalari erkin raqobat sharoitiga koʻproq mos keladi. Tariflarga nisbatan kvotalarni joriy qilishdan koʻriladigan farovonlikdagi yoʻqotishlar ikki holatda katta boʻladi. Birinchidan, kvotalar mahsulotlar import qilayotgan milliy ishlab chiqaruvchilar yoki xorijiy firmalar monopol hukmronligi darajasini oshiradi. Ikkinchidan, importga litsenziyalar samarasiz joylashtiriladi.

    1. Download 12,22 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   325   326   327   328   329   330   331   332   ...   395




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish