Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent



Download 12,22 Mb.
bet325/395
Sana31.12.2021
Hajmi12,22 Mb.
#251964
1   ...   321   322   323   324   325   326   327   328   ...   395
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2)

BOB. TASHQI SAVDO SIYOSATI





    1. Tashqi savdo siyosatining mohiyati va vositalari

Har bir mamlakat makroiqtisodiy siyosatini yuritishda tashqi savdo siyosati ham muhim oʻrin egallaydi.

Tashqi savdo siyosati – mamlakatning boshqa mamlakatlar bilan olib boradigan savdo munosabatlarini muvofiqlashtirishga qaratilgan chora- tadbirlar majmuasi boʻlib, milliy iqtisodiyot ehtiyojlari uchun zarur boʻlgan mahsulotlarni oqilona import siyosati hisobiga toʻldirish hamda milliy iqtisodiyotda ortiqcha boʻlgan mahsulotlarni eksport qilish hisobiga mamlakatning jahon bozoridagi oʻrnini mustahkamlash vazifasini hal etadi.

Ushbu siyosatni yuritish orqali tashqi savdo hajmlari soliqlar, subsidiyalar, import yoki eksportni toʻgʻridan-toʻgʻri cheklashlar kabi vositalar yordamida tartibga solinadi. Tartibga solish vositalari bevosita va bilvosita xarakterga ega boʻlishi mumkin. Tashqi savdo siyosati eksport va import hajmi hamda tarkibiga ta’sir koʻrsatish orqali makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiy oʻsishga erishish, toʻlov balansini yaxshilash hamda valyuta kursini tartibga solish maqsadlarini koʻzda tutadi.

Mamlakatlar erkin yoki cheklovchi (proteksionistik) tashqi savdo siyosatini olib borishi mumkin. Koʻpgina mutaxassis-iqtisodchilar mamlakat iqtisodiyoti va aholisi turmush darajasini yaxshilash uchun erkin savdo siyosatini qoʻllash iqtisodiy resurslardan samaraliroq foydalanish imkonini beradi deb hisoblaydilar. Biroq erkin savdo jahon iqtisodiyoti nuqtayi nazaridan foydali boʻlishi mumkin boʻlsada, ammo alohida olingan mamlakat iqtisodiyoti manfaati nuqtayi nazaridan erkin savdo hamma vaqt ham foydali boʻlavermaydi.

Tashqi savdoni cheklash bilan bogʻliq bolgan proteksionistik siyosat borasida olib boriladigan har qanday chora-tadbirlar qisqa muddatli samara beradi. Uzoq muddatli davrda esa, faqatgina erkin savdo siyosati iqtisodiy resurslarni samarali joylashtirish imkonini byeradi.

Tashqi savdo siyosati chora-tadbirlarining ayrimlari davlat gʻaznasini toʻldirishga yoʻnaltirilgan boʻlsa, ba’zilari import va eksportni cheklashga, yoki ularni ragʻbatlantirishga yoʻnaltirilgan. Amaliyotda tashqi savdoni tartibga solishning tarif va notarif usullaridan foydalaniladi.

Tarif usullariga import va eksport bojlarini joriy qilish kirsa, notarif usullariga eksportyorlar va ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalar berish, kvotalash, litsenziyalash kabilar kiradi.

Bojxona bojlari import va eksport bojlariga ajratiladi.

Import bojlari davlat gʻaznasini toʻldirish maqsadida va ichki bozorlarga tushadigan chet el mahsulotlari oqimini tartibga solish uchun belgilanadi. Import bojlari eng kam va eng koʻp miqdordagi import bojlariga boʻlinadi. Eng kam miqdordagi import bojlari qulay savdo sharoitlarni yaratib berishni koʻzda tutuvchi savdo shartnomalari va bitimlari boʻlgan mamlakatlar mahsulotlariga nisbatan oʻrnatiladi. Eng koʻp miqdordagi import bojlari esa qulay savdo sharoitlarni yaratib berish boʻyicha shartnoma va bitimlar tuzilmagan mamlakatlar mahsulotlariga nisbatan oʻrnatiladi.

Eksport bojlari mamlakat ichida talab koʻp boʻlgan mahsulotlar taqchilligining oldini olish maqsadida belgilanadi.

Litsenziyalash tashqi iqtisodiy operatsiyalarni amalga oshirishga davlat tashkilotlaridan ruxsat olishning ma’lum tartibi hisoblanadi va bunday ruxsat berish huquqini qaysi davlat tashkilotlariga berish amalga oshiriladigan operatsiyalarning mamlakat iqtisodiyoti uchun ahamiyatiga bogʻliqdir.

Kvotalash mahsulotlar, xizmatlar boʻyicha ma’lum davrga eksport va importga miqdoriy yoki qiymat chegaralarini belgilashdir.

Mamlakatlar milliy iqtisodiyotda yuzaga kelgan vaziyatni inobatga olgan holda tashqi savdoni tartibga solishda ustun ravishda yoki tarif

vositalaridan, yoki notarif vositalaridan, yoki ham tarif, ham notarif vositalarini muvofiqlashtirgan holda qoʻllaydi.

Xalqaro savdoni tartibga solishda eng koʻp qoʻllaniladigan usul boʻlib tarif, ya’ni importga solinadigan bojxona boji hisoblanadi.

Importga tariflarning maxsus va boshqa turlari oʻzaro farqlanadi. Maxsus bojlar import qilinayotgan tovarlar birligiga nisbatan oʻrnatiladi. Masalan, 1 barel neftga nisbatan 2 yevro.

Bojlar import qilinayotgan tovar qiymatiga nisbatan ma’lum foiz tariqasida belgilanadi. Masalan avtomobil xarid narxining 40%i.

Har ikkala turdagi import tariflarning oqibatlari deyarli bir xil boʻlib, buni biz quyidagi grafik vositasida koʻrib chiqamiz.

Import qilinadigan tovarning ichki bahosi =

Jahon bozoridagi bahosi +(Jahon bozoridagi bahosi x Tarif stavkasi).



PSd



Pd
Pw a b c

Ichki narx (tarif bilan birga) jahon bozori narxi

Dd Tarif joriy qilingandan keyingi

import



d
S1 S2 D2 D1 Q



Tariflar joriy qilingunga qadar boʻlgan import 30.1- rasm. Import tariflari kiritilishi natijalari


Aytaylik, import tariflari joriy qilingunga qadar ichki ishlab chiqarish hajmi S1, ichki talab hajmi esa D1 teng boʻlgan. Talab va

taklif oʻrtasidagi farq (D1-S1) import hisobiga qoplangan. Mamlakat iqtisodiyoti yopiq boʻlganida baholar darajasi Re ga teng, talab va taklif muvozanati esa E nuqtada oʻrnatilgan boʻlar edi. Mamlakat iqtisodiyoti ochiq boʻlgani va importga cheklovlar yoʻqligi tufayli milliy bozordagi narxlar jahon bozori narxlari Rw bilan bir xil. Importga tarif joriy qilinishi natijasida ichki baholar Rw dan Rd ga qadar koʻtariladi. Natijada:

Oqibatda ite’molchilar ma’lum bir yoʻqotishlarga duch keladilar. Bu yoʻqotishlar grafikda a,b,c,d sohalar bilan koʻrsatilgan.

Baholarning koʻtarilishi ilgari raqobatbardosh boʻlmagan ayrim ichki ishlab chiqaruvchilar uchun ham foyda koʻrib ishlashga imkon beradi. Umuman shu sohada band milliy ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqarish hajmini S1 dan S2 ga qadar oshiradi va S2-S1 hajmdagi mahsulot Pd bahoda sotiladi. Shu hajmdagi mahsulotni iste’molchilar oshirilgan narxda sotib oladilar va a sohaga teng yoʻqotishga duch keladilar. Ammo, bu yoʻqotish ichki ishlab chiqaruvchilarning oʻsgan foydasiga aylanadi.

Baholarning oʻsishi oqibatida iste’molchilar koʻrilayotgan tovar iste’moli hajmini D1 dan D2 qadar qisqartiradi. Bu yoʻqotish grafikda d soha bilan koʻrsatiladi va u hech kimning foydasi bilan qoplanmaydi.

S2- D2 oraliq tarif joriy qilingandan soʻnggi import hajmi boʻlib, shu hajmda tovarni iste’molchilar ilgarigidan yuqori bahoda sotib oladilar. Buning natijasida ular turmush darajasidagi yoʻqotish roʻy beradi. Bu yoʻqotish grafikda s soha bilan belgilangan boʻlib, u davlat byudjetiga borib tushadi. Ya’ni, bu sohadagi iste’molchilarning yoʻqotishi davlatning foyda koʻrishi bilan qoplanadi.

Tarif kiritilishi oqibatida iste’molchilar talabi arzon import tovaridan qimmat ichki tovarga yoʻnaltiriladi. Iste’molchilarning oʻsgan toʻlovlari yuqori chegaraviy xarajatga ega, raqobatbardosh boʻlmagan samarasiz ichki ishlab chiqarishni kengayishiga olib keladi. Iste’molchilarning bu yoʻqotish b sohasi bilan belgilangan boʻlib

tarifning “ishlab chiqarish samarasi” deyiladi va hech kimning foydasi bilan qoplanmaydi.


Iste’molchilarning yoʻqotishlari

Ishlab chiqaruvchilar

foydasi


Davlat daromadi

Jamiyatning sof yoʻqotishi

a + b+ c + d

--


a --

s =

b + a

Demak, iste’molchilarning a sohadagi yoʻqotishlari ishlab chiqaruvchilar foydasining oʻsishi hisobiga qoplanadi. Ayni damda iste’molchilar shu tarmoq korxonalari aksiyadorlari boʻlishsa, ular yoʻqotishlarining bir qismi oʻsgan dividendlar sifatida qaytadi.



«s» sohada davlat olgan daromadini transfert toʻlovlarini oshirish, soliqlarni pasaytirish, byudjet tashkilotlarida ishlovchilar ish haqini oshirishi koʻrinishida iste’molchilarga qaytarishi mumkin.

Ammo «b» Q «d» sohalarda jamiyat sof yoʻqotishga duch keladi. Valyuta kursi oʻzgarishi bu yoʻqotishlarni bir oz qoplashi mumkin. Masalan, 20% li tarif kiritilishi natijasida milliy valyuta 4% ga qimmatlashsa import qilinayotgan tovarlarning milliy valyutada ifodalangan ichki bahosi 20 % ga emas, 16 % ga oshadi. Bu esa tarif kiritilishi oqibatida jamiyatning sof yoʻqotish «b» va «d» sohalarning 80 foizini ((16 / 20) x 100 q 80) tashkil etishini anglatadi.

Umuman olganda tariflarni kiritilishiga nisbatan bir-biriga zid fikrlar mavjud boʻlib, bu tadbir mamlakat iqtisodiyoti holati, xususiyati va qoʻyilgan maqsadlar bilan asoslanadi.

Milliy iqtisodiyotning tiklanishi sharoitida koʻpgina davlatlar oʻz ishlab chiqaruvchilarini chet el raqobatidan himoya qilish maqsadida proteksionizm siyosatini qoʻllaydilar. Aks holda, mahalliy korxonalar “sinishi” jamiyatda ishsizlik xavfini tugʻdiradi.





Download 12,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   321   322   323   324   325   326   327   328   ...   395




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish