30.7-rasm.Oʻzbekiston Respublikasining yirik eksport hamkorlari
Hozirgi davrda deyarli 2000 turdagi tovar va xizmatlar dunyoning 168 dan ortiq mamlakatlariga (Yevropa mamlakatlari, MDH, Osiyo, Shimoliy va Janubiy Amerika, Afrika va Avstraliya davlatlarini qoʻshgan holda) yetkazib berilmoqda. 2000-yilga nisbatan eksport boʻyicha hamkor davlatlar soni 31 taga koʻpaygan (30.7-rasm).
KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNING EKSPORTDAGI OʻRNI
Bozor islohotlarini chuqurlashtirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, raqobatni rivojlantirish va xususiy mulkni himoya qilishga qaratilgan kompleks tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish natijasida soʻnggi yillarda turli sohalarda kichik biznes subyektlari soni koʻpaymoqda. Eksportga yoʻnaltirilgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanishi ularni eksport hajmini oʻsishiga qoʻshgan hissasini oshishiga yordam berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |