Pul-kredit siyosati deganda, toʻliq bandlik sharoitida yalpi milliy mahsulotni ishlab chiqarishga inflyatsiyaning ta’sirini kamaytirish yoki bartaraf etish maqsadida muomaladagi pul miqdorini oʻzgartirishga qaratilgan chora-tadbirlar tushuniladi. Pul kredit siyosati davlat tomonidan belgilanadi va uni Markaziy Bank amalga oshiradi. Uning yordamida har qanday davlat mamlakatda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash vazifasini hayotga tatbiq etadi.
Pul kredit siyosatini amalga oshirishning pirovard maqsadlari iqtisodiy oʻsish, toʻliq bandlikni, baholarning hamda toʻlov balansining barqarorligini ta’minlashdan iborat.
Bu maqsadlarga erishish uchun milliy valyutani muomaladagi pul massasi, foiz stavkasi va milliy valyuta almashinuv kursining optimal
kattaliklarini ta’minlab turish zarur boʻladi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun Markaziy Bank qator vazifalardan foydalanadi.
Pul-kredit siyosatining uchta asosiy vositasi ajratib koʻrsatiladi:
Hisob stavkasi;
Majburiy zaxiralar normasi;
Ochiq bozordagi operatsiyalar.
Markaziy bank ular yordamida pul yoki asosan bank depozitlari koʻrinishidagi pul massasiga yoki foiz stavkasiga ta’sir oʻtkazadi, taklifini oʻzgartiradi va shular orqali pul-kredit muomalasini tartibga solib turadi.
Pul-kredit siyosatini yuritish vositalaridan biri – majburiy bank zaxira me’yorini oʻzgartirish siyosatidir. Majburiy zaxiralar – bu, kredit maqsadlari uchun ishlatilmaydigan bank omonatlarining bir qismidir. Zaxira normasi ikki asosiy funksiyani bajaradi: bank likvidligini joriy tartibga solish uchun sharoit yaratadi va kredit emissiyasini cheklaydi. Markaziy bank tijorat banklari Markaziy bankda ushlab turishga majbur boʻlgan zaxiralarning eng quyi normasini oʻrnatadi va shu vosita yordamida ular kreditlash qobiliyatiga, imkoniyatiga ta’sir etadi. Bu me’yor qanchalik yuqori boʻlsa, ortiqcha zaxiralar shunchalik kam va tijorat banklarining kredit berish yoʻli bilan “pullarni barpo etish” qobiliyati past boʻladi. Ilk majburiy zaxira normalari AQShda 1865-yilda joriy qilingan edi. Agar Markaziy bank majburiy bank zaxirasini kamaytirsa, ortiqcha bank zaxiralari ortadi, bu esa pul taklifining multiplikatsion ortishiga olib keladi. Masalan, ushbu me’yor 25 % boʻlsa, unda bankka qoʻyilgan 800 soʻmdan 200 soʻm majburiy bank me’yorini tashkil etadi. Bunda bank faqat 600 soʻmni qarzga berishi mumkin boʻladi. Endi faraz qilaylik, me’yor 10 % ga tushiriladi, unda bank 720 soʻmni qarzga berish imkoniyatiga ega boʻladi va boshlangʻich pul taklifini 720 soʻmga oshiradi.
Majburiy bank zaxirasi me’yorini koʻtarish yordamida pul taklifini kamaytiradi. Zero, bu banklarning ortiqcha bank zaxiralari qisqarishiga olib keladi. Pul-kredit siyosatini oʻtkazishda bu vosita butun bank tizimining asoslariga ta’sir etadi. Turli mamlakatlarda qoʻllanilayotgan majburiy zaxira normalari turlichadir, Janubiy Koreyada bu norma -100
foiz boʻlgan boʻlsa, Italiyada -25 foizni, Yaponiyada bor yoʻgʻi -2.5 foizni tashkil etadi.
(1-jadval)
Do'stlaringiz bilan baham: |