Ochiq bozordagi operatsiyalar – Markaziy bank tomonidan davlat obligatsiyalarini (qimmatli qogʻozlarni) tijorat banklari va aholidan sotib olish va ularga sotish boʻyicha operatsiyalardir. Markaziy bank tijorat banklaridan yoki aholidan bu qimmatli qogʻozlarni sotib olar ekan, tijorat banklari zaxiralarini sotib olingan obligatsiyalar miqdori hajmida koʻpaytiradi. Bu zaxiralar pul bazasiga kiradi, ya’ni yuqori quvvatli
pullar boʻlganligi uchun pul taklifi multiplikativ koʻpayadi. Markaziy bank tijorat banklari va aholiga obligitsiyalarni sotish bilan zaxiralarni hamda tijorat banklarining kredit berish qobiliyatini kengaytiradi. Bu holda pul taklifi qisqaradi.
Hozirda hamma mamlakatlarda pul miqdorini tartibga solishda ochiq bozordagi operatsiyalarni, ya’ni davlat qimmatli qogʻozlarini taklif qilish usulidan keng foydalanilmoqda. Ushbu operatsiyalarni Markaziy bank asosan nufuzi katta banklar guruhi bilan birgalikda amalga oshiradi.
Pul bozorida muomalada pul miqdori ortiqchaligi mavjud deb faraz qilamiz. Tabiiyki, Markaziy bank ortiqcha pul massasini kamaytirishga harakat qiladi. Buning uchun, oʻzida mavjud boʻlgan oʻzining qimmatli qogʻozlarini u ochiq bozorda aholi va banklarga taklif etadi, ular esa uni xarid qila boshlaydilar. Davlat qimmatli qogʻozlarini (sotish yoki xarid qilish yoʻli bilan) taklifi oshib borgan sari, unga boʻlgan baho pasayadi, oʻz navbatida, unga boʻlgan foiz (ya’ni, qimmatli qogʻozlarni sotib olganlarga foiz shaklida toʻlanadigan haq) oshadi, bu esa unga boʻlgan talabni oshiradi. Banklar va aholi qimmatli qogʻozlarni koʻproq xarid qila boshlaydi, pirovard natijada banklarning zaxiralari qisqaradi, oʻz navbatida, bu hol pul taklifining bank multiplikatoriga teng nisbatda qisqarishiga, shuningdek, bank zaxirasi va pul taklifining ortishiga olib keladi. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy Banki ham pul kredit siyosatini yuritishda bu vositaning rolini keskin oshirishni maqsad qilib olgan.
Pul - kredit siyosatini amalga oshirishning muhim vositalardan biri
– bu, hisob stavkasi siyosatidir. Hisob stavkasi yoki qayta moliyalash stavkasi deb Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga beriladigan ssudaning foiz stavkasi tushuniladi. Bu ssudalarni tijorat banklari ayrim koʻzda tutilmagan zarurat tugʻilganda va moliyaviy ahvoli mustahkam boʻlgan hollardagina oladilar. Hisob stavkasining pasayishi bilan tijorat banklarida Markaziy bankdan qoʻshimcha zaxiralarni olish imkoniyatlari kengayadi. Oʻz navbatida, bu tijorat banklarining zaxiralardan yangi kreditlar berish bilan pul taklifini koʻpaytiradi. Yana shunday hollar mavjudki, Markaziy bank hisob stavkasini koʻtara borib, tijorat banklari
tomonidan qoʻshimcha zaxiralarni olish yoʻlidagi toʻsiqlarni biroz koʻtarganday boʻladi va kreditlar berish boʻyicha ularning faoliyatini pasaytiradi, shu yoʻl bilan pul taklifini cheklaydi. Agar ushbu stavka past boʻlsa, unda tijorat banklari koʻproq kredit olishga harakat qiladilar. Natijada banklarning ortiqcha zaxiralari ortib boradi va muomaladagi pul massasi miqdorining oshib borishiga olib keladi. Agarda hisob stavkasi miqdori yuqori boʻlsa, unda banklar kamroq kredit olishga, olganlarini esa qaytarib berishga harakat qiladilar, pirovard natijada ortiqcha bank zaxiralari qisqaradi, muomaladagi pul miqdori kamayadi.
2018-yil 25-sentyabrdan boshlab qayta moliyalash stavkasi 16 % etib belgilandi.
25.2-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |