Muvozanatli ishlab chiqarish hajmi aynan Ye ekanligini isbotlash uchun bu hajmni Y1 deb hisoblaymiz. U holda AD
Muvozanatli ishlab chiqarish hajmini Y2 deb hisoblasak, aksincha, AS
Yuqoridagilardan koʻrinib turibdiki, yalpi taklif egri chizigʻining keyns kesmasida yalpi talabning oʻzgarishi ishlab chiqarish hajmining oshishi yoki kamayishiga olib keladi, baholar darajasi esa oʻzgarmaydi.
Yalpi talab egri chizigʻini AS egri chizigʻining vertikal kesmasida oʻzgarsa bu ishlab chiqarish hajmiga ta’sir koʻrsatmaydi va faqat baholar darajasi oʻzgaradi, xolos. Ya’ni, bu kesmada talabning oshishi talab inflyatsiyasini keltirib chiqaradi. Yalpi taklifning bu kesmasida talabning har qanday oʻzgarishi faqat baholar darajasi oʻzgarishga olib keladi. Ishlab chiqarish hajmi esa toʻliq bandlik sharoitida oʻzgarmay qoladi.