Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent


XXIII BOB. ISTE’MOL VA JAMGʻARISH FUNKSIYALARI



Download 12,22 Mb.
bet261/395
Sana31.12.2021
Hajmi12,22 Mb.
#251964
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   395
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2)

XXIII BOB. ISTE’MOL VA JAMGʻARISH FUNKSIYALARI





    1. Iste’mol va jamgʻarish, ularning grafiklari va funksiyalari

Iste’mol bozorini bozor konyunkturasi talablari asosida toʻldirish Oʻzbekiston makroiqtisodiyotining dolzarb masalalaridan biridir. Ma’lumki, Oʻzbekistonda iste’mol qilinadigan tayyor mahsulotlarning katta qismi sobiq ittifoqdosh respublikalardan hamda chet ellardan olinar edi. Mustaqillikka erishilgandan soʻng ulardan tayyor mahsulotlar olish mushkullasha boshladi. Qolaversa, tovar ayirboshlash ham jahon narxlarida, jahon standartlariga moslashtirib borilmoqda. Bu hol bozor iqtisodiyoti ta’limotining makrokoʻlamdagi iste’mol funksiyasini oʻrganishimizni taqozo qiladi. Iste’mol funksiyasining mohiyatini bilishimiz iste’mol bozorini boshqarishimizda asos boʻladi.

Iste’mol bozori – aholi iste’moli uchun zarur boʻlgan tovar va xizmatlarni ayirboshlash makonidir. Iste’mol bozori turli-tuman savdo shoxobchalarini: davlat, iste’mol savdosi, dehqon bozori va chayqov bozorini oʻz ichiga oladi.

Iste’mol bozorida xaridorlar faqat fuqarolardan iborat boʻlmaydi. Xaridorlar tarkibiga aholiga bepul xizmat koʻrsatuvchi korxona va tashkilotlar (kasalxona, bolalar bogʻchasi, qariyalar uyi va boshqalar) ham kiradi. Ular ham keng iste’mol buyumlarining iste’molchilaridir. Iste’mol bozorida har xil xizmatlar (madaniy, tibbiy, texnikaviy) ham sotiladi. Iste’mol bozorining hajmi unda sotiladigan tovarlarning yalpi summasi (masalan, tovar oboroti) bilan belgilanadi. Iste’mol tovarlari qat’iy davlat narxlari, nazorat qilinadigan narxlar va erkin narxlarda sotiladi.

Iste’mol bozori oʻzining holatiga qarab ikki xil boʻladi: toʻyingan bozor va taqchil bozor yoki och bozor. Toʻyingan bozorlarda iste’mol tovarlari talabga yetarli sifatda va miqdorda boʻladi. Taqchil bozorda esa tovarlar surunkasiga iste’molni qondirmaydi, uning narxi yuqori boʻladi. Tovarlar narxining yuqoriligi va taqchilligi natijasida

iste’molchini ijtimoiy himoyalash zarurati kelib chiqadi. Iqtisodchilar tomonidan “iste’mol savati” va uning qiymati aniqlanadi. “Iste’mol savati” – muayyan oziq-ovqat, sanoat mollari va xizmatlarning tirikchiligini ta’minlashga ma’lum darajada yetarli boʻlgan miqdorini koʻrsatadi. Narxlarning toʻxtovsiz oʻsib borayotgan hozirgi sharoitida aholining koʻrgan zararini qoplash uchun hukumat tomonidan mamlakatda “iste’mol savati” tarkibi aniqlanadi va uni qoʻllash taklif etiladi.

Uy xoʻjaliklarining iste’mol xarajatlari (bundan buyon iste’mol deb yuritiladi), yalpi talab yoki YaIMning yakuniy iste’molga koʻra tarkibida eng katta ulushga ega boʻlgan komponentdir. Shuningdek, rivojlangan mamlakatlarda iste’mol xarajatlari shaxsiy tasarrufdagi daromadning asosiy qismini tashkil etadi. Shu tufayli ham iste’mol xarajatlariga ta’sir etuvchi omillarni, uning oʻzgarish qonuniyatlarini oʻrganish muhim ahamiyatga ega.

Uy xoʻjaliklari tasarrufidagi daromadning iste’mol qilinmasdan qolgan qismi ularning jamgʻarmalarini tashkil etadi. Klassik maktab vakillari jamgʻarish hajmi foiz stavkasining funksiyasi deb qarashsa

J.M. Keyns uy xoʻjaliklarining iste’mol xarajatlari va jamgʻarishlari hajmini belgilovchi asosiy omil ularning ishlab chiqarishda ishtirok etishdan olingan daromadlari deb hisoblaydi. Yanada aniqlik kiritsak iste’mol va jamgʻarish hajmini belgilovchi asosiy omil uy xoʻjaliklarining ishlab topgan daromadlari, olgan transfert toʻlovlari va toʻlagan soliqlari bilan belgilanadigan tasarrufidagi daromadi (DI – disposable income, yoki Yd ) koʻrsatkichidir. Makroiqtisodiy nazariyada iste’mol va jamgʻarmalar, milliy daromad yoki shaxsiy daromadlarning funksiyasi sifatida ham tadqiq qilinadi.

Ma’lumki, uy xoʻjaligi tasarrufidagi daromad iste’mol va jamgʻarish uchun ishlatiladi. Ya’ni, qancha koʻp iste’mol qilinsa, shuncha kam jamgʻariladi va aksincha. Iste’mol va jamgʻarish oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlik har xil daromadga ega boʻlgan shaxslarda bir xil emas: kam daromadga ega boʻlganlar, odatda, uning koʻproq qismini iste’mol qilib, kamroq qismini jamgʻaradi, lekin daromadlari oshib borishi bilan bu

nisbat jamgʻarish foydasiga oʻsadi. Bu bogʻliqlikni gipotetik ma’lumotlar asosida koʻrib chiqamiz (4-jadval).

Tasarrufidagi daromad hajmi 370 shartli birlikka (sh.k.) teng boʻlganda uy xoʻjaliklari iste’moli 375 sh.b.ka teng, ya’ni tasarrufidagi daromaddan 5 sh.b.ka koʻp boʻladi. Ya’ni uy xoʻjaliklari 5 sh.b.ka teng miqdorda qarz hisobiga yoki oʻtgan yillarda toʻplangan jamgʻarmalar hisobiga iste’mol xarajatlari qiladilar.


23.1-jadval

Download 12,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   395




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish