S = -a + (1 -b) Yd
Iste’mol va jamgʻarish hajmiga tasarrufidagi daromad dinamikasidan tashqari quyidagi omillar, toʻgʻrirogʻi bu omillardagi oʻzgarishlar ham ta’sir koʻrsatadi:
Dastlabki besh omil ta’sirida iste’mol va jamgʻarish grafiklari oʻzaro teskari tomonga siljiydi. Bu besh omil ta’sirida joriy tasarrufidagi daromad tarkibida iste’mol va jamgʻarish ulushi nisbatlari oʻzgaradi. Soliqqa tortish darajasining oʻzgarishi ixtiyordagi daromad hajmini oʻzgartirgani tufayli uning ta’sirida iste’mol va jamgʻarish grafiklari bir tomonga qarab siljiydi. Iste’mol funksiyasini aniqlash borasidagi tadqiqotlar, uning hajmi, shuningdek, aholining daromadlari hajmi va toʻplagan mulki koʻlamiga koʻra tabaqalanishi darajasi hamda aholining soni va yoshiga koʻra tarkibiga ham bogʻliqligini koʻrsatdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |