AD va AS egri chiziqlarining kesishish nuqtasi ishlab chiqarishning muvozanatli hajmi va baholarning muvozanatli darajasini belgilaydi. Baholarning muvozanatli darajasi deganda baholarning shunday darajasi tushuniladiki, unda jami talab va taklif bir- biriga mos kelishi yoki teng boʻlishi kerak. Modelda makroiqtisodiy muvozanatga erishish mexanizmini dastlab oraliq kesmada koʻrib chiqamiz (22.3-chizma). Dastlab muvozanat e nuqtasida oʻrnatilgan. Baholarning muvozanatli darajasi va yalpi ishlab chiqarish hajmining muvozanatli hajmlari mos ravishda Pe va Ye lar bilan belgilangan. Nima
uchun Pe narxlarning muvozanatli darajasini va Ye esa yalpi ishlab chiqarishning muvozanatli hajmini bildirishini koʻrsatishimiz uchun baholarning muvozanatli darajasi Pe emas, balki P1 deb hisoblaymiz.
YY 1 Y e Y 2
22.3-chizma. Yalpi taklif egri chizigʻining oraliq kesmasidagi
Do'stlaringiz bilan baham: |