O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi toskent davlat iqtisodiyot universiteti



Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/65
Sana29.08.2021
Hajmi0,5 Mb.
#158487
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   65
Bog'liq
DARSLIK иктисоди таълимотлар тарихи

   T. Kampanyella          Osiyoda Abu Nasr ibn Muhammad Forobiy (870-950, 

2- muallim), Germaniyada Tomas Myunser (1420-1525)lar tomonidan ham ilgari 

surilgan. Injil va Qur'oni karimda ham uning elementlari bor. Markaziy Osiyodagi 

sarbadorlar  (boshini  dorga  tikkanlar)  davlati  ham  shu  tamoyillarga  asoslangan 

(Samarqandda Abu Bakr Kalaviy, Mavlonozoda, Xurdaki Buxoriy va boshqalar).  

Keyinchalik  Abduraxmon  Jomiy  va  A.Navoiy,  Xurdaki  Buxoriy  asarlarida 

ham bunday g'oyalar bor.  



QISQACHA XULOSALAR 

 


Feodal  er  egaligi  davrida  natural  xo'jalik,  ayniqsa  qishloq  xo'jaligi  asosiy 

edi, ammo shu bilan birga bu paytda shaharlar soni o'sdi, tovar-pul munosabatlari 

ham  ancha  rivojlandi,  nisbatan  erkin  va  samarali  ishlab  chiqarish  usuli  bo'lgan 

krepostnoylikka  o'tildi.  Avvalgi  davrdagi  natural  xo'jalik  ishlab  chiqarishi  (T-T) 

asta-sekin T-P-T munosabatlari bilan almasha bordi (agrar yo'nalish hal qiluvchi), 

iste'mol  qiymatlarini  yaratish  baribir  asosiy  maqsad  bo'lgan  va  shu  g'oya  himoya 

etilgan, mehnat qurollari takomillashmagan davrda bu tabiiy bir hol edi.  

Feodal  munosabatlar  Sharkda  nisbatan  erta  tarkib  topdi  va  uzoqroq  davom 

etdi.  Arab  mamlakatlarining  iqtisodiyotiga  islom  aqidalari  faol  ijobiy  ta'sir  etdi. 

Kur'oni  karim  va  hadislarda  keltirilgan  iqtisodiyotga  aloqador  qonun-qoidalar 

«Hidoya»  va  shu  kabi  boshqa  fiqh  kitoblarida  keng  o'rganilib,  amalga  oshirildi, 

natijada muhim iqtisodiy g'oyalar ilgari surildi. Mehnat, ayniqsa, qishloq xo'jaligi, 

hunarmandchilik va savdo qo'llab-quvvatlandi. Isrofgarchilik, mehnatsiz daromad, 

ayniqsa sudxo'rlik harom deb e'lon qilindi.  

Bu davr uchun Ibn Xaldunning iqtisodiy g'oyalari nihoyatda muhimdir, u o'z 

asarlarida  ijtimoiy  ishlab  chiqarish,  mehnat  unumdorligi,  oddiy  va  murakkab 

mehnat,  zaruriy  va  qo'shimcha  mahsulot,  tovarning  iste'mol  qiymati  va  umuman 

qiymatning  farqini  ta'riflab  berdi,  ayirboshlash  tamoyilini  (sarflangan  mehnatning 

yarmi)  to'g'ri  talqin  etdi,  sarflangan  mehnat  bilan  birga  shu  tovarning  odamlarga 

zarurligi ham muhimligini ta'kidladi. Uning asarlarida mehnat taqsimoti, tovar-pul 

munosabatlari,  savdoning  boylik  yaratishdagi  roli,  soliq  tizimining  xalq 

farovonligiga ta'siri asosan to'g'ri tahlil etib berilgan.  

G’arbiy Evropadagi feodal munosabatlar nisbatan kech tarkib topgan bo'lsa 

ham,  uning  rivoji  tezroq  bo'ldi.  Dehqonchilik,  umuman,  qishloq  xo'jaligi  ustun 

bo'lishiga qaramay, hunarmandchilikda  sex  tizimi, keyinroq  manufaktura vujudga 

keldi, mehnat taqsimoti, unumdorlik va sifat masalalari (ayniqsa sexlarda), raqobat 

tamoyillari tarkib topdi. Bu davrda g'arbda natural xo'jalik (iste'mol qiymati ishlab 

chiqarish)  qo'llangan,  oltin  va  kumush,  zeb-ziynat  sun'iy  boylik  deb  qaralgan, 

«adolatli  baho»  masalasi  ko'tarilgan.  Bu  erda  ham  din  va  din  ahli  tomonidan 

iqtisodiyotda  muhim  fikrlar  ilgari  surilgan.  Masalan, F.Akvinskiy  «adolatli  baho» 

masalasini naf va manfaatlar tengligi asosida hal etadi. Prosent (foiz)ni oqlaydi, uni 

qo'llaydi va tavakkalchilik to'lovi deydi. U shuningdek rentani ham qo'llaydi, uning 

ekspluatatorlik mohiyatini inkor etadi.  

Rossiyada shu davrdagi iqtisodiy g'oyalarda ham dehqon mehnati boylikning 

asosi  ekanligi  ko'rsatiladi,  natural  renta  miqdori  2  foiz  belgilanadi,  tovar-pul 

munosabatlariga, ayniqsa savdoga qarshi g'oyalar ko'p edi.  

XIV-XV  asrlarda  G’arbiy  Evropada  feodalizmning  emirilishi  va  ilk 

kapitalistik  munosabatlar  shakllana  boshladi.  Bu  jarayon  kapitalning  dastlabki 

jamg'arilishi  jarayoni  bilan  bog'liq  bo'ldi  va  ko'p  hollarda  og'ir  shaklda  amalga 

oshdi.  Ayniqsa  dehqonlarni  erdan  mahrum  etish  og'ir  oqibatlarga,  dehqonlarning 

katta  qismining  xonavayron  bo'lishiga  olib  keldi.  Yangi  munosabatlar  yangi 

sinfning  -  burjuaziyaning  manfaatiga  mos  edi,  ammo  bu  jarayon  boshqalar 

hisobiga ro'y berdi.  

Ana  shunday  sharoitda  xayoliy  (utopik)  sosializm  g'oyalari  tarkib  topdi. 

Aslida  bu  g'oyalarning  elementlari  ilgarigi  davrda  ham  bo'lgan.  Yangi  yo'nalish 



tarafdorlari barcha ofat xususiy mulk va puldan kelib chiqadi, deb o'ylashgan. Ular 

boylik  hammaning  mehnati  asosida,  ijtimoiy  mulkchilik  sharoitida  hosil  qilinsa, 

xususiy  mulk  esa  tekis  taqsimot  yo'li  bilan  (pulsiz)  amalga  oshirilsa,  barchaning 

farovonligi ta'minlanadi degan fikrda edilar.  

 


Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish