«Avesto»dan.
3-BOB. O'RTA OSIDAGI DASTLABKI VA TEMURIYLAR DAVRIGAChA
BO'LGAN IQTISODIY G’OYALAR
3.1. «Buyuk ipak yo'li»ning Markaziy Osiyoda iqtisodiy munosabatlar
rivojlanishidagi o'rni.
Xitoyning Tinch okeani bilan Hindiston, Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq,
Evropa davlatlarini bog'lovchi qadimgi savdo yo'li - Buyuk ipak yo'lidir. Bu yo'l
orqali asosan ipak eksport qilinganligi sababli «Ipak yo'li» nomi bilan shuhrat
qozongan. Bu yo'l m.a. II asrdan to milodiy XV asrgacha, suv yo'llari
rivojlanguncha Xitoy, Hindiston, Markaziy Osiyo, Eron, Yaqin Sharq hamda O'rta
Er dengiz mamlakatlari o'rtasidagi savdo-sotiq va madaniy aloqalarning rivojida
muhim rol o'ynagan.
Manbalarga qaraganda, Sariq dengiz qirg'oqlaridan Xuanxe daryosidagi Sian
shahridan boshlangan dastlabki yo'l Lanchjou orqali Dunxuanga kelgan (Xutan), u
erda ikkiga ajralib ,biri shimoli-g'arbga ikkinchisi janubi-sharqqa yo'nalgan.
Karvon yo'lining umumiy uzunligi 12 ming chaqirim atrofida bo'lgan. Nemis
muarrixi K.Rixtgofen 1887 yil ushbu yo'nalishga ilk bor «Buyuk ipak yo'li» degan
nisbat beradi va bu ibora muammola (istofoda) ga kiritiladi.
Shimoliy yo'l Turfon orqali Tarim vohasiga va bu erdan qashg'ar, Dovon
(Farg'ona vodiysi) ga borgan. U erdan So'g'dning markazi Samarqand va
Marg'iyona (Marv) ga yo'nalgan. Ipak yo'li Farg'ona vodiysida yana juft tarmoqqa
bo'lingan. Janubiy qismi O'zgandan O'sh, Quva, Marg'ilon, Qo'qon orqali Xo'jand,
Samarqand, Buxoro sari uzaygan. Keyingisi Axsi (Andijon) va Qamchiq
dovonidan o'tib, Iloq vohasi hamda Toshkent tarafga engan. Demak, qamchiq
tarixiy yo'lning uzviy bo'lagi hisoblangan. Bu yo'l mohiyat-e'tibori bilan Sharq va
Farbni turli jabhalarda bog'lovchi yo'ldir (savdo-sotiq, diplomatiya, madaniyat va
boshqalar).
Shu karvon yo'l orqali Xitoydan ipak, xitoyga esa har xil gazlamalar, gilam
va poloslar, oyna, metall, zeb-ziynat buyumlari, qimmatbaho tosh va dorivorlar
keltirilgan. Baqtriya va Dovon (Farg'ona ) dan ot va tuyalar olib borilgan. XV-XVI
asrlardan bu yo'lning ahamiyati ancha pasaydi, ammo Markaziy Osiyo
respublikalarining siyosiy mustaqillikka erishuvi tufayli, bu yo'lni yanada
jonlantirishga katta ehtiyoj tug'ildi. Xitoy, Qirg'iziston, O'zbekiston, Turkmaniston,
Kaspiy dengizi orqali Ozarbayjon, Gruziya, Qora dengizga chiquvchi undan
Evropa (Parij, Rotterdam) ga etkazuvchi yo'l loyixa ishlab chiqildi va amalga
oshirilmoqda, bu yo'lning kelajagi porloq.
Endi esa, moziyga qaytib, O'rta Osiyoning Buyuk ipak yo'li o'rni va eksport
potensialiga e'tiborni qaratsak. Markaziy Osiyoga, xususan, hozirgi O'zbekiston
hududiga qiziqish avvaldan ma'lum va bu har tomonlama (siyosiy, iqtisodiy
jihatdan) ahamiyatli bo'lgan. Tarixiy va hozirgi ma'lumotlarga ko'ra, bu hudud, er,
suv, iqlim, tabiati, geografik o'rni, qazilma boyliklari, hayvonot dunyosi jihatidan
ajralib turgan. Aholining mehnatsevarligi, mirishkorligi, bunyodkorligi, kasb-
hunarga mehr qo'yganligi va ijodkorligi muhim ahamiyatga ega.
Hudud zaminida turli-tuman boyliklar, ayniqsa oltin, kumush, boshqa rangli
metallar va javohirlarning mavjudligi va serobligi shu soha hunarmandchiligi
rivojida hal qiluvchidir. Ayniqsa oltin ajnabiylarni magnit (oxangrabo) kabi
tortganligi aniq.
Bu o'lka eksport potensialida oltin, kumush va undan qilingan zebu-
ziynatlar, zargarlik buyumlari, sifatli po'lat olish va undan yasalgan asbob-
uskunalar, ayniqsa, qilich, qalqon va boshqa harbiy asbob-anjomlar, ipakdan
to'qilgan xon atlas va boshqa nafis matolar, ajoyib ko'rinishli qorako'l terisi va
undan tikilgan buyumlar xaridorgir bo'lgan.
Markaziy Osiyo donishmandlarining kitoblari, diniy va ilmiy asarlar
hammani qiziqtirgan. Kitob yozish (hattotlar) san'ati ham yuqori bo'lgan.
Miniatyura san'ati yuqori darajada edi.
Shu sababli bilim, ilm makoni bo'lgan kitob savdo-sotig'i etakchi o'rinni
egallagan. Hozirgi davrda ko'plab taniqli mutafakkirlarimizning asarlari xorij
davlat va shaxsiy kutubxonalaridan topilmoqda va o'z vatani, O'zbekistonga
qaytarilmoqda. Bu fakt shundan dalolat beradiki, z davrida kitob savdosi Buyuk
ipak yo'lining asosiy faoliyatidan biri bo'lgan, demak, bu erdan chetga ko'plab ilm
va san'at asarlari chiqarilgan.
Mamlakatimizda dunyodagi eng yaxshi ot zotlari bo'lganligi ma'lum, xalq
eposida uchqur, ziyrak tulporlar haqidagi rivoyatlar haqiqatga juda yaqin. Masalan,
Xitoy elchisidan uni qanday tuhfa qiziqtirishini so'ralganda, ot olishni afzal
ko'rgan. Otlar xalq xo'jaligining barcha tarmoqlarida, harbiy xizmatda, transport
vositasi sifatida, uloq chopish, chovgan o'ynash, zeb-ziynat sifatida nihoyatda
qadrlangan. Shu sababli otlar eksportda etakchi o'rinni egallagan.
Qishloq xo'jaligida paxta etishtirish va paxtadan olinadigan mahsulot asosiy
o'rinda turgan. Polizchilik (ayniqsa, qovunchilik), bog'dorchilik (uzum) yaxshi
rivojlangan. Agar bizga ipak etishtirish Xitoydan kirib kelgan bo'lsa, xitoyliklar
bizdan zotli otlar sotib olgan, uzum va beda etishtirishni o'rganishgan.
Vatanimiz hududida qorako'l teri beradigan qo'ylar parvarishi muhimdir.
Ularning terisi bilan savdo qilish muhim ahamiyat kasb etgan. Hozirgi davrda ham
bu sohaga e'tiborni kuchaytirish O'zbekiston mustaqilligini mustahkamlash uchun
zarur vosita hisoblanadi.
Tarixiy ma'lumotlarga qaraganda, bir karvonda 500-1000 tagacha odam, ot,
tuya, boshqa ulovlar , savdogarlar bilan birga diplomatlar, elchilar, xajga
boruvchilar, harbiy qo'riqchilar bo'lgan. Butun yo'l boshidan-oxirigacha 120-150
kun davomida bosib o'tilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |