3.2. Markaziy Osiyo donishmandlari asarlarida islom ta'limotidagi
iqtisodiy g'oyalarning bayon etilishi.
Muqaddas kitob - Qur'oni Karimda kishilik jamiyatining faoliyat turlaridan
biri iqtisodiyot sohasidagi munosabatlar muhim o'rin tutadi. Chunki iqtisodiy
munosabatlarda insonlarning asosiy fe'l-atvorlari namoyon bo'ladi. Qur'oni Karim
ahkomlari insonlarga ilohiy farmoyish sifatida zamindagi barcha insonlarning bir
ota-ona Odam alayxissalom va Momo Havo farzandlari, binobarin aka-uka, opa-
singal ekanligiga asoslanadi. Jumladan, «Hujurot» surasining 13-oyatida «Ey
insonlar, biz sizlarni bir ota (Odam alayxissalom) va bir ona (Momo Havo) dan
yaratib er yuzi bo'ylab har xil xalq qabila va elatlar tarzida taratib qo'ydik, toki
sizlar bir-birlaringiz bilan tanishib, mehr-muxabbat hosil qilgaysizlar. Albatta
sizlaning Olloh nazdida eng hurmatltrog'ingiz taqvodorrog'ingizdir. Albatta Olloh
bilguvchi va hamma narsadan ogoh zotdir». Islomda «taqvo» deganda - solih,
hayrli ishlarni ado etib, munkar, man qilingan, insoniyatni zavolga boshlaydigan
ishlarni qilmaslik tushuniladi. Demak, taqvo insonlarning bir-biridan afzalligini
belgilashdagi asosiy o'lchovlardan biri hisoblanadi. Bu afzallik ma'naviy va ruhiy
tarbiyalash bilan o'zgalarni yashash va turmush kechirish huquqlarini e'tirof etish
bilan shakllanadi.
Qur'oni Karimdagi iqtisodiy g'oyalarni bir necha guruhga ajratish mumkin.
Ulardan biri eng avvalo halol mehnat, xususan dehqon, chorvador, hunarmandlar
mehnati ulug'lanadi, peshona teri bilan halollik asosida hayot kechirishga da'vat
etiladi, barcha boylikning asosida mehnat yotishi uqtiriladi.
Ikkinchi guruh g'oyalar - tijorat, ya'ni kengroq ma'noda esa bozor
munosabatlariga alohida e'tibor qaratiladi. Masalan, Niso surasida (29-oyat)
«Mollaringizni o'rtalarinigizga nohaq (ya'ni o'g'rilik, qaroqchilik, sudxo'rlik,
poraxo'rlik, qimor kabi) yo'llar bilan emangiz! Balki o'zaro rizolik bilan bo'lgan
savdo-sotiq orqali mol-dunyo qilingiz», deyiladi. Biroq sudxo'rlik, poraxo'rlik kabi
illatlar shar'iy jihatdan xarom ekanligi qayta-qayta ta'kidlanadi.
Uchinchi guruh iqtisodiy g'oyalar esa, mulk va meros masalalariga
qaratilgan. Mulkning muqaddasligi, birovning mulkiga xiyonat (ayniqsa omonatga
xiyonat) qoralanadi, xatto biron odamning mol-mulkiga hasad qilish ham katta
gunox deb hisoblanadi.
Erga mulkchilik munosabati to'g'risida ham alohida fikrlar lo'nda bayon
etilgan. Masalan Moida surasining 40-oyatida erdan unumli foydalanib olingan
narsalargina insonga tegishli ekanligi ta'kidlangan.
Islomda jamiyatning tengsizligi taqdiri azaldan deb tan olinadi, ammo
halollik va to'g'rilikka buyuriladi, yolg'on ishlatish, o'g'rilik, mehnatsiz daromad
topish man etiladi. Bu xatoga yo'l qo'yganligi uchun qattiq jazo choralari
belgilanadi (Moida surasi, 38-oyat), «ammo kim bunday jabru-zulmdan keyin tavba
qilib, o'zini tuzatsa, albatta olloh tavbasini qabul qilar» (39-oyat).
Alloh Taoloning Qur'oni Karimda qarz olish va berish, meros, uni
taqsimlash (4-sura, 8-oyat), etim-esirlarga muruvvat, xayr-ehson qilish haqidagi
oyat karimalaridan kelib chiqadigan g'oyalar hamda soliq turlari va miqdori ham
katta ahamiyat kasb etadi. Etim-esirlar haqiga hiyonat qilish eng katta gunohlardan
deb e'lon qilingan. Shuningdek, o'zaro yordam ham zarur, lekin yomon ishlarda va
dushmanlikda emas, deyiladi.
Islom ta'limotini chuqurroq tushunishda Qur'oni Karimdan keyingi xujjat
payg'ambarimiz Muhammad Alayhis-Salomning Hadisi Shariflari hisoblanadi.
Hadisi Shariflardan quyidagi namunalarni keltiramiz:
• Munofiqlik belgisi uchtadir: yolg'on so'zlash, va'dasining ustidan
chiqmaslik va omonatga hiyonat qilish.
• Amirning sovg'a olishi xarom va qozining pora olishi dindan chiqishdir. •
Boylarning uyiga kamroq kiringlar, aks holda Tangrining sizlarga bergan
ne'matlarini pisand qilmagan bo'lasizlar.
• Tilanchilik quyidagi uch toifadan birigagina joizdir:
1. Xun to'lovchiga;
2.Og'ir qarzdorga;
3.Miskin qashshoq kishiga.
• Ekmoq niyatida qo'lingizda ko'chat turgan paytda behosdan qiyomat qoyim
bo'lib qolishi aniq bo'lganda ham, ulgursangiz uni ekib qo'yavering.
• Kimki hayotda tejamkor bo'lsa, zinhor qashshoqlikka tushmaydi.
• Pora beruvchi ham uni oluvchi ham do'zahga maxkumdir.
• Ilmga nisbatan go'yo go'pon kabi posbon bo'linglar, lekin ilmni faqat
rivoyat qilguvchi bo'lmanglar.
Shuni alohida ta'kidlab o'tish kerakki, Markaziy Osiyo donishmandlaridan
al-Termiziy, al-Buxoriylarning to'plagan Hadisi Shariflari islom olamida eng
ishonchli hisoblanadi.
Iqtisodiy munosabatlarning huquqiy asoslari islom ta'limotidagi fikhning
tarkibiy qismini tashkil etadi. Vatandoshimiz Marg'inoniyning «Hidoya» asari
shular jumlasidandir. Buyuk olim Burhoniddin al-Marg'inoniyning to'liq ismi Ali
Ibn Bakr Ibn Abdul Jalil al-Farg'oniy ar-Rishtoniy al-Marg'iloniy bo'lib, ul zot
1123 yil 23 sentyabrda tug'ulgan. Ul zot Qur'onni, Hadis ilmlarini mukammal
egallab fikh - islom huquqshunosligi borasida benihoya chuqur bilimga ega
bo'lganligi va bu sohada beqiyos durdonalar yaratganligi tufayli, Burhoniddin
valmilla (Islom dinining dalili) va Burhoniddin al-Marg'inoniy nomlari bilan
mashhurdir.
Olim
dastlabki
ta'limni
Marg'ilonda
olib
keyinchalik
Movaraunnaxrning o'sha davrdagi diniy va ma'rifiy markazi bo'lgan Samarqandga
ko'chib borgan va umrining ohirigacha o'sha erda yashagan. O'z asarlarini
yaratishda Islom dinidagi sun'iylarning to'rt mashabi asoschilarning asarlarini
o'rgangan. Bizgacha uning o'nga yaqin asari etib kelgan. «Alxidoya» asari esa
1178 yili Samarqandda yozilgan. Bu asar Xanafiya mashabining fikh masalalari
bo'yicha asosiy qo'llanmaga aylangan. Keyinchalik esa butun musulmon olamiga
mashhur bo'lib, musulmon huquqi fikh bo'yicha eng aniq izchil mukammal asar
sifatida tan olingan. Asarda keltirilgan jumlalarning har biri puxta, sermazmun va
qisqa so'zlar tarkibidan iborat. «Al-Hidoya»ning birinchi kitobi to'rt jildan iborat
bo'lib, har biri alohida muammolarni tahlil etadi. Bu kitob 1994 yildan professor
A.X.Saidovning izohi bilan nashr etilgan. Kitobning tarkibi quyidagicha:
1-jild - tahorat, namoz, ro'za, zakot va haj kabi farz amallarning ibodat
masalalariga bag'ishlangan.
2-jild - oila huquqi, qullar muammolari, sherikchilik va vaqf mulki kabi
masalalarni yoritgan.
3-jild - oldi-sotdi, pul muammolari, kafolat, qozilarning vazifalari, guvohlik,
berilgan guvohlikdan qaytish, vakolat, da'vo, iqror bo'lish, sulh, bir ishda pul bilan
sherik bo'lish, pulni saqlashga berish, qarz berish, sovg'a, ijara, muayyan shart
asosida cheklangan ozodlik berilgan qullar, valiylik, majbur qilish, homiyliy,
bosqinchilik hususidagi masalalar yoritilgan;
4-jild - shafe'lik, meros taqsimlash, dehqonchilik va bog'dorchilik xususida
shartnoma, qurbonlik qilish to'g'risida, shariatga zid yomon narsalar haqida,
tashlandiq va qo'riq erlarni o'zlashtirish xususida, ovchilik, garovga qo'yish,
jinoyatlar xususida, hun haqi to'lash, vasiyat kabi masalalarga bag'ishlangan.
Ushbu asarda yoritilgan masalalar tarkibidan ko'rinadiki, u juda boy tarixiy
tajribani o'zida mujassamlashtirgan. Chunonchi kishilar o'rtasidagi munosabatlarda
insonparvarlik, adolat barqaror bo'lishida katta ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa,
tijorat ishlarida adolat, to'g'rilik, halollik, insonparvarlik qoidalariga rioya qilish
nihoyatda zarur ekanligi qayd qilinadi. Birovning haqiga hiyonat qilish, kishilarni
aldash gunohi kabr sifatida ta'riflanadi. Demak, «Al-Hidoya» sakkiz asrdan buyon
Islom dunyosi mamlakatlari uchun eng ishonarli manbalardan biri sifatida
mo''tabar qo'llanma vazifasini o'tab kelmoqda.
Asarda keltirilgan shariat hukmlarini bajarish yuksak ma'naviy, insoniy
fazilatlarni shakllanishida muhim omil bo'lib hisoblanadi.
Islom ahkomlariga mos ravishda paydo bo'lgan taffakkur taraqqiyotining
muhim yo'nalishlaridan biri tasavvuf, ya'ni so'fiylik ta'limoti hisoblanadi. Bu
ta'limotlar VIII-IX asrlarda arab dunyosida vujudga kelib, X-XI asrlarda
Movaraunnaxr tuprog'iga etib keldi. Bu ta'limot insoniyatni ma'rifatga, insof va
adolatga undashni, umuminsoniy qadriyatlarni e'zozlashni targ'ib qiladi. Nafs, xirs,
boylik barcha yomon hislatlarga qarshi kurash tasavvufning mag'zi hisoblanadi.
Uning maqsadi esa komil insonni tarbiyalashdan iborat. So''fiylik ta'limoti nafs
deganda, inson fe'l-atvorida uning sha'nini bulg'aydigan illatlarni, jumladan,
johillik, manmanlik, dunyoparstlik, poraho'rlik, o'g'rilik, ta'magirlik, xasislik,
bahillik kabilarni tushunadi. Nafsni engish uchun inson imtihon qilinadi, buning
uchun u o'zlikni anglashi kerak bo'ladi. Insondagi o'zlik ruhiy va jismoniy
o'zlikdan iborat bo'ladi. Ruhiy o'zlik ilohiy makonda yaratilgan bo'lib, bu dunyoga
imtihon va poklanish uchun yuborilgan. Mana shu ruhiy o'zlik nafs orqali imtihon
qilinadi va ishq orqali poklanadi. Mana shu ikkita qarama-qarshi kuch doimo
o'zaro kurashadi. Inson o'z nafsiga tobe bo'lgan sari ezgulikdan uzoqlashadi, ruhiy
ifloslanib, o'zi esa tubanlashadi. Bu ta'limot vakillari jumlasiga Axmad Yassaviy,
Sulaymon Baqirg'oniy, Najmiddin Kubro va Bahouddin Naqshbandlar kiradi.
Ularning boy merosi bugungi kunda vatan, millat va komil inson tushunchalarini
to'liq anglab etishda katta xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |