huquqlar to'plami»ni tuzdi, unda bir qancha iqtisodiy g'oyalar ham berilgan. Ular
umumiy mulkchilikni ideal deb baholab (e'tibor bering, xususiy mulk emas),
xususiy mulkchilik xudo tomonidan odamlarning gunohlari uchun vujudga
keltirilgan, degan g'oyani ilgari surdilar. Boylar xayr-sadaka berishga chaqiriladi.
Xudoga ma'qul bo'lgan faoliyatlarga faqat dehqonchilik va hunarmandchilik
kiritilib, sudxo'rlik, ayniqsa, foyda olish uchun savdo qoralanadi (Islom dinidagi
g'oya bilan solishtiring).
Kanonistlarning bosh iqtisodiy g'oyasi asosida xudo tomonidan belgilangan
«adolatli baho» to'g'risidagi ta'limot yotadi.
Italiyalik rohib Foma Akvinskiy (1225-1274) ta'limotida iqtisodiy g'oyalar
ma'lum tartibga solingan. U o'zining asarlarida qullik va krepostnoylikni oqlaydi,
bunda u Aristotel va muqaddas kitoblarga asoslanadi. U xudoni barcha boyliklar
egasi deb e'lon qiladi, lekin xususiy mulkchilik ham himoya qilinadi, chunki bunda
insonning o'z toifasi, tabaqasiga mos ravishda yashashiga imkoniyat yaratiladi.
Davr taqozosiga mos (natural xo'jalik hukmron) ravishda davlat o'z-o'zini
ta'minlash g'oyasini qo'llaydi, natura shaklidagi boylikka asosiy e'tiborni qaratadi,
oltin va kumushlarni sun'iy boylik deb biladi. Mehnatsiz yaratilgan boylik (savdo,
sudxo'rlik) harom deb hisoblangan.
Asosiy va xudo tomonidan belgilangan bu narsa «adolatli baho» masalasi
edi. Kanonistlar amalda bahoni mehnat sarflarining yig'indisidan iborat deb tan
olganlar. Agar proporsional tenglik saqlanmasa jamiyat emirilishi mumkin, degan
to'g'ri qisqacha xulosalar chiqariladi. Savdo foydasi va foiz olish «adolatli baho»
bo'yicha almashuvni buzadi, shu sababdan yirik savdo va sudxo'rlikni taqiqlash
talab etiladi. Foma Akvinskiy «adolatli baho» masalasini foydalar, to'g'rirog'i naf,
manfaatlar tengligi asosida hal etdi va uni sub'ektiv vaqt deb baholadi. U aytadiki,
agar narsa biror odam foydasiga, lekin boshqa odam ziyoni hisobiga o'tsa, bu holda
buyumni o'zining haqiqiy bahosidan yuqoriroq sotish huquqi paydo bo'ladi. Shu
bilan birga bu buyum baribir haqiqiy egasidaligidan qimmatroq sotilmaydi, chunki
qo'shimcha baho, shu buyumdan xoli bo'lgan ziyonni qoplaydi. F.Akvinskiy yuqori
tabaqa aholisini mehnatkashlar manfaatini himoya qiluvchilar qilib ko'rsatadi. Shu
sababli bu tabaqaga buyumlarni o'z haqiqiy bahosidan qimmatroq sotishga ruxsat
beradi. Prosent (foiz)ni tavakkalchilik to'lovi yoki qarz oluvchiga beriladigan
«beg'araz sovg'a» deb tushuntiradi. U rentaning ekspluatatorlik mohiyatini bo'yab
ko'rsatadi va renta er egasiga o'z qo'l ostidagilarni boshqarishdagi mehnati uchun
to'lanadigan haq deb baholaydi. Bu bilan cherkov (eri bor) va feodallarning
manfaatlarini himoya qiladi.
Bunday iqtisodiy g'oyalar Fransiyada (Nikola Orem), Angliyada (Djon Boll)
ham vujudga keldi. Shuni alohida qayd etish zarurki, bu iqtisodiy qarashlar sinfiy
xarakterga ega bo'lgan, yuqori tabaqalarning faoliyatini ma'qullagan. Ikkinchi
tomondan norozi dehqonlar harakati ham kuchaygan. Angliyada Uat Tayler
(1381), Germaniyada Tomas Myunser (1524-1525) rahbarligida dehqonlar
qo'zg'oloni bo'lgan, ular krepostnoylikni, boshqa majburiyatlarni bekor qilishni
talab etganlar.
Shu davrda cherkov boyligi ham keskin oshgan. Tenglik to'g'risidagi g'oya
buzilganligini ko'rgan xalqning bir qismi ruhoniylarning shohona hayot
kechirayotganiga qarshi chiqdi. Shu davrda feodalizm yo'lidan borayotgan
Rossiyada ham iqtisodiy g'oyalar vujudga keldi. IX asrda tashkil topgan Qadimgi
Rus davlati - Kiev Rusida chop etilgan «Russkaya pravda» qonunlar to'plamida
dastlabki yozma fikrlar berilgan. Unda jamiyatning sinfiy differensiasiyasi, er
egalari, savdogarlar manfaati himoya qilinadi, knyazlik manfaati uchun
savdogarlar, sudxo'rlar, qarzdorlarni noo'rin sarf-harajatlardan tiyish zarurligi
haqida gapiriladi.
Ma'lumki, XII-XIV asrlarda Rossiyada feodal tarqoqlik ro'y berdi (13 ga
yaqin alohida knyazlik). Bu davrda cherkov er egaligi atrofida diniy shaklda
kurash bordi. XVI asrdan boshlab ijtimoiy-siyosiy kurash publisistik tus oldi.
O'shanday publisistlardan biri Ermolay edi, monax - rohibligida Erazm nomini
olgan. Ermolay Erazm o'z asarlarida dvoryanlikni himoya qildi va yirik savdo
hamda sudxo'rlikka qarshi chiqdi. U boyarlarni boshqalar hisobiga doim
bayramdagidek hayotini tanqid qildi, erni esa faqat davlatga xizmat qilayotgan
(ya'ni dvoryan) odamlarga berish kerak, degan to'g'ri g'oyani ilgari surdi (boyarlar
markazlashgan davlatga bo'ysunishni istamagan va votchina egasi, tarqoqlikning
asosiy sababchisi edilar). Haqiqatda ham Ivan Grozny, hatto Petr I davrida ham
votchinani (ya'ni boyarlarni) yo'q qilish uchun kurash bordi, oxir-oqibatda
dvoryanlik va pomeshchiklik yutib chiqdi va Rossiya yagona davlatga aylandi.
Ermolay Erazmning iqtisodiy qarashlarida dehqon mehnati boylik manbai
degan qoida yotadi. Shu sababli u davlatda dehqonlar toifasini birinchi o'ringa
qo'yadi va ularning iqtisodiy ahvolini yaxshilash zarur deb hisoblaydi. Ammo u
dehqonlar ekspluatasiyasining asosi pul majburiyatlarida deb bilgan, shu sababli bu
majburiyatlar natural renta holida bo'lishi va hosilning beshdan bir qismi (20 foizi)
bilan cheklash, yom (pochta) majburiyatlarini esa savdogarlar zimmasiga
yuklashni taklif etdi. U mehnat unumdorligini oshirish to'g'risida qayg'ursa-da,
tovar munosabatlari rivojiga qarshi bo'lgan, ya'ni o'zi o'ziga qarshi edi, chunki u
erkin boy savdogarlar savdosi tarafdori edi. E.Erazm natural majburiyatlarni
cheklash sinfiy kurashga chek qo'yadi, degan noto'g'ri fikrda bo'lgan.
XVI asrning o'rtalarida yaratilgan «Domostroy» asarida shaharliklarning
faoliyatiga oid qonun-qoidalar majmuasi berilgan. Unda hokimiyat va cherkov,
oila, xizmatkorlarga munosabat qoidalari keltiriladi. Ko'pgina maslahatlar ichida
xo'jalik yuritish, savdo, soliq to'lash qoidalari bor. Asarda ruy bergan sosial-
iqtisodiy o'zgarishlar, boy shaharlik psixologiyasi o'z aksini topgan.
Bozor bilan yaqin munosabat (savdo-soliq)lar qatori, mahsulotlarni ko'plab
zahira qilish (zapas) kerakligi (natural xo'jalik belgisi) uqtiriladi. Hunar va savdoni
o'rganish, xo'jalikni boshqarish, mehnat va shaxsiy tashabbus rag'batlantiriladi.
Rossiyada XVII-XVIII asrning boshlarida yirik o'zgarishlar ro'y berdi,
kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari paydo bo'la boshladi. G’arbiy
Evropadagi merkantilistlardan (quyida ko'riladi) farqli ravishda rus iqtisodchilari
muomala sohasigakam e'tibor qiladilar, pul - boylik degan fikrga qo'shilmadilar.
Ular mamlakat ichida tovar almashuvini kuchaytirish tarafdori edilar, tashqi
savdoni esa asosan sanoat va qishloq xo'jaligini rivojlantirish quroli deb
qaraganlar.
Bu
g'oyalar
Do'stlaringiz bilan baham: |