O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi toskent davlat iqtisodiyot universiteti



Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/65
Sana29.08.2021
Hajmi0,5 Mb.
#158487
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   65
Bog'liq
DARSLIK иктисоди таълимотлар тарихи

Halq maqoli 

 

2-BOB. FEODAL JAMIYATI VA FEODALIZMNING EMIRILISh 

DAVRIDAGI IQTISODIY TA'LIMOTLAR 

 

Yangi  era  -  milodning  III  asridan  boshlab  Osiyoda,  milodning  V  asridan 



G’arbiy  Evropada  quldorlik  tuzumi  yangi  feodal  ishlab  chiqarish  usuli  bilan 

almashdi. 

Ammo  quldorlik  tuzumining  qoldiqlari  feodalizm  va  hatto  kapitalizm 

davrida  saqlanib  qoldi.  Masalan,  eng  rivojlangan  AQShda  quldorlik,  qullar 

mehnatidan  foydalanish  1861-1865  yillardagi  fuqarolik  urushidan  keyin  to'la 

tugatildi.  Markaziy  Osiyo,  xususan  Turkistondagi  qullik  davri  ham  shu  davrda, 

ya'ni o'lka Rossiya tomonidan bosib olingach, qonun yo'li bilan taqiqlandi. Ayrim 

tarixiy,  iqtisodiy-ijtimoiy  sabablarga  ko'ra  Evropaning  asosiy  qismida,  jumladan 

Rossiyada  qulchilik  ishlab  chiqarish  usuli  darajasiga  etmadi,  feodalizmga  o'tildi. 

Tuzumda  erga  xususiy  mulkchilik  mavjud  bo'lib,  bevosita  ishlab  chiqaruvchilar 

bo'lgan,  rasman  ozod  dehqonlarni  ekspluatasiya  qilishga  asoslangan.  Er  egalari  - 

feodallar yoki davlat dehqonlardan  barshchina (ishlab berish),  natural (mahsulot) 

yoki  pul  obrogi  (soliq)  sifatida  er  rentasini  olish  imkoniga  ega  edilar.  Shunday 



qilib,  feodalistik  jamiyat  yirik  er  egalari  va  mayda  ishlab  chiqaruvchilar  - 

dehqonlarning hamkorligiga asoslangan.  

Qulga  nisbatan  erkin  dehqon  ishlab  chiqarishdan  xiyla  manfaatdor  bo'lgan, 

o'zining oilasi, ayrim ishlab chiqarish vositalariga, xo'jalik mustaqilligiga ega edi, 

shu  sababli  mehnat  unumdorligi  va  ishlab  chiqarish  kuchlari  ancha  o'sdi. 

Feodalizm  shu  jihatdan  avvalgi ibtidoiy  jamoa  va  quldorlikdan  tarixan progressiv 

jamiyat  edi.  Ammo  bu  davrda  hali  ham  qoloq  texnika  mavjud  bo'lib,  ishlab 

chiqarish  kuchlarining  rivoji  sekin  borgan.  G’arbiy  Evropada  feodal  ishlab 

chiqarish  usuli  V  asr  oxiri  (Rim  imperiyasining  qulashi)  dan  burjua  inqiloblari 

(XVII-XVIII  asrlar),  aniqrog'i  sanoat  to'ntarilishi  davrigacha  yashadi.  Ko'pgina 

mamlakatlarda (masalan, O'rta Osiyo, jumladan O'zbekistonda) bu davr undan ham 

uzoq vaqtni o'z ichiga oladi (III-XX asrlar).  

Bu  jamiyatda  yuzaga  kelgan  iqtisodiy  qarashlar  keng  qamrovli  bo'lib,  erga 

egalikning  qonuniy  ekanligini  ko'rsatish,  tovar-pul  munosabatlari  muammolariga 

munosabatning  kuchayishini  belgilashga  qaratilgan.  O'sha  davrdagi  iqtisodiy 

g'oyalarda tovar-pul munosabatlari (sudxo'rlikdan tashqari) qo'llab-quvvatlanadi va 

shu  bilan  birga  feodal  jamiyatning  tabiiyligi,  uni  saqlab  qolish  zarurligi  qayd 

etiladi.  

Bizgacha  etib  kelgan  yozma  manbalarga  ko'ra,  o'sha  davrdagi  iqtisodiy 

g'oyalarda  diniy-ahloqiy  yo'nalish  kuchli  bo'lgan.  Bozor  iqtisodiyoti  bilan  bog'liq 

fikrlarda  ikki  tomonlama  qarash  mavjud  (tovar  ishlab  chiqarish,  sudxurlik  va  b.). 

Davlat  va  dinning  iqtisodiyotdagi  roli  yuqori  qo'yiladi.  O'rta  asrlar  oxirida,  er 

egaligi tuzimi emirilishi bilan yangi iqtisodiy g'oyalar vujudga keldi.  

 

Daryo bo'yida tahorat qilsalaringiz ham,  



suvni isrof qilmang.  


Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish