Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti


Tirik baliqning identifikatsiya belgilari



Download 1,82 Mb.
bet47/123
Sana31.03.2023
Hajmi1,82 Mb.
#923389
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   123
Bog'liq
Tovarlarni identifikatsiyalash va qalbakilashtirish lotin

Tirik baliqning identifikatsiya belgilari. Tirik baliq hamma tiriklik belgilarini koʻrsatishi, orqasini yuqoriga qilib suzishi hamda oyquloq qopqoqlari normal ochilib-yopilishi, karaxt boʻlmasligi kerak.
Koʻllarda va boshqa xoʻjaliklarda yetishtirilgan tirik baliq ogʻirligi jihatidan standart normalariga mos boʻlishi kerak.
Tabiiy suv havzalaridan ovlangan tirik baliq standart normalariga mos boʻlishi kerak.
Karaxt baliq quyidagi alomatlarga ega boʻladi – suzmaydi yoki yonlamasiga, yo boʻlmasa chalqancha suzadi, oyquloq qopqoqlari onda-sonda ochilib-yopiladi, oʻlim talvasasida dum suzgichlari bilan uradi, usti shilimshiq bilan qoplanib, qoʻlga yopishadi.
Sovitilgan baliq barcha ovlanadigan yegulik baliq oilalarining vakillaridan tayyorlanadi, tanasining harorati -1 dan +5°C gacha boʻladi, maydalanmagan yoki maxsus texnologiya boʻyicha maydalangan boʻlishi mumkin.
Muzlatilgan baliq barcha ovlanadigan yegulik baliq oilalarining vakillaridan sunʼiy va tabiiy usullar bilan donalab yoki bloklab quruq muzlatish yoʻli bilan, maydalanmagan yoki maxsus texnologiya boʻyicha maydalangan holda tayyorlanadi. Bunda sunʼiy muzlatilganda baliq tanasidagi yoki blokdagi harorat -18°Cdan, tabiiy muzlatilganda -10°C dan va muz bilan tuz aralashtirib muzlatilganda -6°C dan yuqori boʻlmasligi kerak.
Muzlatilgan baliq muzli va muzsiz qilib tayyorlanadi. Muzning ogʻirligi muzli baliq yoki bloklar ogʻirligiga nisbatan 4%dan kam boʻlmasligi kerak.
Muzlatilgan baliq sifati boʻyicha ikki navga – birinchi va ikkinchi navlarga ajratiladi.
Ikkinchi nav muzlatilgan baliqning ajralib turuvchi xususiyatlari – usti xira tortganligi, oyqulogʻidagi achimsiq hid, baliq sirtidan oksidlangan yogʻ hidi kelib turishi, muzdan tushirilganidan keyin boʻshashgan, ammo shalviramagan, qontalashgan konsistensiya, bir dona baliqda 3ta tashqi buzilish alomatlari (teshiklar, kesilgan joylar, terining shilinganligi), baliqlarning koʻpi bilan 10%ida (hisobga koʻra) singan oyquloq qopqoqlari boʻlishi va hokazolar.
Haqiqiylikni ekspertiza qilish baliqni qalbakilashtirish usulini aniqlash maqsadida ham amalga oshirilishi mumkin. Bunda qalbakilashtirishning quyidagi usullari va yoʻllari boʻlishi mumkin.

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish