Shamning “dumi”.
Shamning tomonlaridan biridagi uzun dum shamning
shakllanish jarayonida bozorning kayfiyatini namoyish qiladi. Treyderlarning tilida
(jargonida) bunday sham “pin-bar” deb yuritiladi. “Pin-bar” haddan tashqari holatni
aks ettiradi va ko‘p hollarda bozorning bir holatining boshqa holatiga kekin
o‘zgarayotganligidan yoki uzoq muddat saqlanib turgan tendentsiyaning tegishli
tuzatishlardan so‘ng harakatidan dalolat beradi.
247
Buqalar va ayiqlarning maksimal darajadagi qarama-qarshiliklari davrida
narxlar grafigida juda uzun dumli dojilar paydo bo‘ladi. Bunday shamlar bozordagi
beqarorlikni: savdolar yuqori faollikda olib borilayotgan bo‘lsada, bu sezilarli natija
bermayotganligini ko‘rsatadi.
Shamning kayfiyati.
Shamning xarakterini birmuncha aniq belgilash imkoniga ega bo‘lish uchun,
«
Price Action
» uslubiyoti bo‘yicha mutaxassis Lens Begs
68
“shamning xarakteri”
nomli tushunchani taklif etgan. Bunday yondashuvning umume’tirof etilgan shamli
tasniflashga nisbatan o‘ziga xos afzalliklari mavjud.
Shamning kayfiyati nafaqat uning rangida, balki narxlar harakatining
xarakterida ham aks etadi. Bu borada L. Begs sham kayfiyatining uchta turidan
foydalangan:
neytral kayfiyati;
ayiq kayfiyati;
buqa kayfiyati;
Har bir turi shuningdek, yana uch toifaga: past, o‘rta, yuqori toifaga bo‘linadi.
Yopilish chog‘ida shamning holati eng maksimal darajada bo‘lsa, bu uning
buqa kayfiyatini, o‘z navbatida, savdo davri avvalgi eng kam darajadan ham past
yopilgan bo‘la, shamning ayiq kayfiyatini anglatadi. Boshqacha aytganda, shamning
kayfiyati bozorning yopilish davridagi narxlarning holatini o‘zida aks ettiradi. Agar
shamning holati avvalgi yopishish diapozonida bo‘lsa, demak shamning holati
neytral bo‘ladi. Shunday qilib, yopilishdan so‘ng joriy sham avvalgi holatiga
nisbatan yuqorida ta’kidlangan uchta toifadan birining holatiga tushadi.
Keyingi bosqichda sham kayfiyatining darajasi aniqlanadi. Buning uchun
shamning yopilish sohasi belgilanadi, u past, o‘rta yoki yuqori darajada bo‘lishi
mumkin. Joriy shamning darajasini aniqlash uchun uni uchta zonaga bo‘lish lozim.
Shamning kayfiyati yopilish chog‘ida diapozonning qismiga bog‘liq bo‘ladi.
68
Lens Begs sobiq harbiy uchuvchi bo‘lgan. Bugungi kunda u valyutalar, indekslar, neft fyucherslari savdosining
orqasidan katta daromad va boylik orttirgan treyder hisoblanadi. Lensning o‘zi aytishicha, aynan harbiy tajriba,
aniqroq aytganda, harbiy xizmatda orttirgan inson psixologiyasining nozik jihatlarini tushunish ko‘nikmasi unga
muvaffaqiyatga erishishga yordam bergan.
248
Shamning yuqori
darajadagi yopilishi:
Shamning o‘rta darajadagi
yopilishi:
Shamning past darajadagi
yopilishi:
Do'stlaringiz bilan baham: |