Yapon shamlari –
narx chiziqlarining, intervalli grafiklarning bir turi bo‘lib,
qimmatli qog‘ozlar, valyuta, hosilaviy moliyaviy instrumentlar, energotashuvchilar,
xomashyo va boshqa tovarlar narxlari kotirovkalarining tebranishlarini o‘ziga xos
grafik shaklida aks ettirishda qo‘llaniladi.
241
Shuningdek, yapon shamlari ko‘rinishidagi grafik (
Japanese Candlestick
)
chiziqli va intervalli grafiklar yig‘indisi bo‘lib, uning har bir elementi muayyan vaqt
oralig‘ida narxlarning tebranish diapozonini ko‘rsatadi. Yapon shamlarining tahlili
bozorning texnik tahlilida ham keng qo‘llaniladi.
Oddiy qilib aytganda, yapon shamlari – bozor instrumentlari narxlarining
harakatini yoki o‘zgarishini aks ettirishning qulay usuli bo‘lib, ular grafiklarda
shamni eslatuvchi, tepa va past tarafida shoxchasi (dumchasi) bo‘lgan uzunchoq
to‘g‘ri to‘rtburchaklardir. Har bir sham kotirovkalar o‘zgarishi sodir bo‘ladigan
muayyan vaqt oralig‘iga mos keladi. Shamlar kombinatsiyasining tahlili turli
murakkab matematik texnik indikatorlarni qo‘llamasdan turib ham bozordagi holat
va harakatni bashorat qilish imkonini beradi.
Shamli tahlilning oddiy standart chiziqli tahlildan farq qiladigan muhim jihati
shundaki, unda birgina element (yoki shamning shakli) bir vaqtning o‘zida to‘rtta
ko‘rsatkichni o‘zida mujassamlashtiradi.
Volchok - bu o‘z o‘qi atrofida aylanuvchi o‘yinchoq. Grafikdagi holat aynan shu o‘yinchoq
ko‘rinishini eslatganligi sababli shunday nomlangan.
242
Shamning qora yoki oq tanasiga birrov nazar tashlashning o‘zidayoq aksiya
savdolarining pozitiv yoki negativ to‘lqinda tugallanganligi haqida xulosa qilish
imkonini beradi. Savdolar grafiklarini soatlab sinchiklab kuzatib o‘tiradigan
insonlar, vaqt o‘tishi bilan yapon shamlari ko‘zni u qadar charchatmasligi bilan
birga, turli xil ustunli grafik-chiziqlarda ham ilg‘ab bo‘lmaydigan aniq signallarni
berishi mumkinligini tushunib etadilar.
Yapon shamlari kombinatsiyalari, agar ular to‘g‘ri talqin qilinsa, savdodagi
juda foydali bitimlar qilinishiga olib keladi.
Shamlarning ko‘rinishi grafikni uzoq o‘rganib o‘tirmasdanoq undagi
takrorlanuvchi grafik tarzidagi patternlarni (muayyan qonuniyat asosida
takrorlanish) aniqlash imkonini beradi va bozordagi pozitsiyalarni ochishda
qo‘llaniladi. Shu asnoda bozordagi grafiklarning ma’lumot yetkazib berish darajasi
oshadi, bu esa bozorni kompleks tahlil qilish jarayonini osonlashtiradi.
Bundan tashqari, shamning tuzilishi savdo-sotiqning juda muhim jihati
bo‘lgan bozor psixologiyasini ilg‘ab olish imkonini beradi. Yapon shamlari
yordamidagi grafikli tahlil bozor ishtirokchilarining o‘ziga xos qonuniyat ostidagi
xatti-harakatlarini aniqlash va muayyan voqea-hodisalarga bozorning kelgusidagi
reaksiyasini (munosabatini) bashorat qilishda qo‘l keladi.
Shamlarning texnik tahlilida shamlar va ularning kombinatsiyasi bozorning
qulay va noqulay darajalarini, qo‘l kelishi mumkin bo‘lgan yoki qarshilikka uchrash
mumkin bo‘lgan nuqtalarini aniqlash mumkin. Savdo terminalidagi har qanday
taymfreym(time-frame)da
66
tanlab olingan davrga ko‘ra har bir sham 1, 5, 15, 30
minutga, 1 soatga va hokazo 1 oyga yoki 1 yilga teng bo‘ladi.
66
time-frame – savdolar davri – narx grafigi elementlarining tuzilishida kotirovkalarni guruhlash uchun olinadigan
vaqt oralig‘i. Tanlab olingan savdolar davri ichida kotirovkalar tarixidan faqatgina ochilish, eng yuqori, eng past,
yopilish (ingl. open, high, low, close, volume) narxlari olinadi, shu bilan birga, bitimlarning umumiy hajmi, masalan,
shu davrda sotilgan aktsiyalarning soni hisoblanadi. Chiziqli grafikda esa narxning tanlab olingan faqat bitta parametri
(odatda, yopilish narxi) ishlatiladi.
243
Do'stlaringiz bilan baham: |