233
kurslarning kelajakdagi dinamikasini yetarlicha aniq prognoz qilishga ishongan
holda tahlil qiladi.
Texnik tahlil yordamida fond bozoridagi narxlar dinamikasini iqtisodiy
hodisalarning mazmuniga kirmasdan tadqiqini amalga oshirsa boʻladi. Uni yana
grafik tahlil (grafiklar,
gistogrammalar, nuqtali diagrammalar, narxlar harakati,
indekslar usuli) ham deyiladi. Bunda fond indekslari bozor holatini yaxshiroq
ifodalaydi.
Texnik tahlilni amalga oshirishga quyidagi muhim tahminlarga asoslaniladi:
- tashqi omillarning har qanday oʻzgarishlari qimmatli qogʻozlarni bozor
narxlari (kurslari) dinamikasida oʻz
aksini topadi;
- fond bozoridagi narxlar dinamikasi oldindan idrok qilinadigan maʼlum
qonuniyatlarga boʻysunadi, bunday qonuniyatlar barqaror boʻlishi mumkin;
- qimmatli qogʻozlar kurslarining avvalgi va joriy bozor tendensiyalarini
oʻrganish asosida ularning kelajakdagi oʻzgarish dinamikasini prognoz qilish
mumkin.
Grafik tahlil quyidagi uch asosiy masalani yechishda qoʻllaniladi – fond
bozoridagi narxlar darajasini prognoz qilish; qimmatli qogʻozlarni sotish va sotib
olish vaqtining optimal momentini topish; fundamental tahlil natijalarining toʻliqligi
va toʻgʻriligini tekshirish.
Hozirda har ikkala usul bir-birida farqlansada, oʻzlarida bir-birlarining u yoki
bu komponentlarini qoʻllaydilar. Bundan tashqari ular boshqa tahlil nazariyalari
unsurlarini ham oʻz ichiga olishgan, masalan, “effektiv bozor”
modellarini,
“ehtimoliy asosda behosdan qilingan tanlov” konsepsiyasini. Bunga qaramasdan har
ikkala usul ham hozirda fond bozorlarini tahlil qilishda bosh mavqega ega boʻlib
kelmoqda. Lekin, bu usullar yangi yondashuvlarni paydo boʻlishi evaziga
takomillashib bormoqda. Masalan, I.Fisherning foiz stavkalar
nazariyasini,
Uilyamsning kapital aktivlarni baholash nazariyasini, Naytning aniq boʻlmagan
omillar va risklarni sifat tahlili metodini, Markovichning (keyinchalik Sharp, Tobin,
Lintner, Mossin, Blek, Shoulzlarning) optimal portfelni tanlash nazariyasini, SARM
modellarini, Elliotning toʻlqinlar nazariyasini, Sorosning refleksiv nazariyasini,
234
Rossning ART modellarini, Molilyani va Millerning nazariyalarini, va h.k.
nazariyalarni keltirish mumkin.
Taʼkidlash joizki, texnik tahlil usuli barcha mutaxassislar
tomonidan oson
qoʻllanilishi mumkin, fundamental tahlil usulini esa har qanday mutahassis
tomonidan oson qoʻllashi qiyinroq kechadi. Chunki fundamental tahlil ancha qiyin
ish boʻlib, yetarli maʼlumotlar bazasini shakllantirishni va mos ravishda
moliyalashtirilishni talab qiladi.
Sekyurimetrik tahlil yordamida bozordagi qimmatli qogʻozlarning
ekvivalentlilik potensiali darajalari asosida fond bozorining potensialini baholash
mumkin. Bunda ekvivalentlilik potensialini natijaviy
vektorning miqdoriga
(natijaviy yoʻnaltirilgan kuch sifatida) koʻpaytmasi qimmatli qogʻozning quvvati
kuchini, bu quvvatlarning yigʻindisi esa qimmatli qogʻozlar bozori muhitining
quvvati kuchini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: