224
jihatlari, tartibga solish mexanizmlari, ichki va tashqi omillar taʼsiri kabilarni sabab
sifatida koʻrsatish mumkin.
Qimmatli qogʻoz tahlilida uni real (fundamental usulga asoslangan) yoki
bozor (texnik usulga asoslangan) bahosi hamda uning real va bozor daromadliligi
koʻrsatkichlari
baholanadi, chunki ular fond bozori qatnashchilarini koʻproq
qiziqtiradi. Yuqoridagi misoldan kelib chiqib, na texnik va na fundamental, na
aralash usul ushbu koʻrsatkichlarning obyektiv bahosini bera olmasligini tushunish
qiyin emas.
Chunki qimmatli qogʻozning oʻz bazisiga ekvivalentliligi darajasi har ikkala
usulda har doim aytilgan mezonlar talabiga mos toʻliq namoyon boʻlavermaydi,
demak, ularning yordamida hisoblangan koʻrsatkichlar bahosi obyektiv boʻlmaydi.
Ushbu qonuniyatni koʻrish uchun quyidagi nazariy fikr-mulohazalarni
keltirish
mumkin.
Maʼlumki, aksiyaning real bahosi fundamental usul yordamida emitentning
moliyaviy hisobotlari koʻrsatkichlari asosida hisoblanib, aksiyani joriy ichki
(balans) bahosini ifodalaydi. Lekin aksiyaning bozordagi talab va taklif (bozor
konyunkturasi) asosida shakllanuvchi bozor narxi
aksiyaning real bahosidan
qandaydir mavhumligi bilan farq qilishi mumkin, chunki bozor narxi koʻpincha
koʻzga tashlanmaydigan spekulyativ bozorda vujudga keluvchi sirli tendensiyalarni
ham oʻz ichiga oladi.
Bunday tendensiyalar odatda spekulyativ bozorning oldindan har doim ham
toʻliq idrok qilib boʻlmaydigan jarayonlarni risklar va turli omillar (jumladan
spekulyativ savdo qatnashchilarining subyektiv tarzda xohish va imkoniyatlarining
ehtimoliy oʻzgarishi, yaʼni refleksivlik nazariyasiga asosan) taʼsiri ostida kechishi
evaziga hosil boʻladi. Demak, aksiyaning oʻz bazisiga ekvivalentlilik darajasi
asosida obyektiv bahosini aniqlash muhim ahamiyatga ega.
Bularning barchasi va boshqa vaqtinchalik idrok qilinishi murakkab boʻlgan
omil va jarayonlar tahlil amaliyotining mavjud usullari
uzluksiz takomillashuv
jarayonida yoki ularning asosida yangilari paydo boʻlib kelmoqda. Bu jarayonning
obyektiv mahsuli sifatida qimmatli qogʻozlarni sekyurimetrik tahlili usulini alohida
225
koʻrish maqsadga muvofiq, chunki u yuqorida keltirilgan baʼzi holatlarni bartaraf
qilishning ozmi koʻpmi imkonini berishi mumkin.
Fundamental tahlil
Fundamental tahlilda qimmatli qogʻozlarni bozor narxlari bilan taqqoslash
uchun qimmatli qogʻozlarning obyektiv ravishda
asoslangan ichki qiymatini
aniqlash asosiy muammo hisoblanadi. Aktivlar narx darajasining oʻsishi, pasayishi
yoki ularning barqaror holatiga olib kelishi mumkin boʻlgan omillarni aniqlash
fundamental tahlil tadqiqotlarining mavzusi hisoblanadi.
Fundamental yondashuvni amalga oshirish natijasi moliyaviy aktivlar narxiga
va butun moliya bozoriga bevosita yoki bilvosita taʼsir etadigan omillarni aniqlash
va monitoring qilish hisoblanadi. Bu aktivning ichki yoki haqiqiy qiymatini aniqlash
maqsadida bajariladi. “Ichki qiymat” aksariyat holatlarda fond bozoridagi talab va
taklif nisbati bilan belgilanadigan kompaniya aksiyalari narxi bilan mos kelmaydi.
Oʻz faoliyatida fundamental tahlildan foydalanadigan investorlarni birinchi
navbatda kompaniya aksiyalarining “ichki qiymati” aksiyalarning birjadagi narxdan
katta boʻladigan vaziyat qiziqtiradi. Bunday aksiyalar
Do'stlaringiz bilan baham: