Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkent moliya instituti


Tovarlarni birja savdolariga qo‘yishga ruxsat berishni amalga



Download 4,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/177
Sana14.07.2022
Hajmi4,59 Mb.
#797516
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   177
Bog'liq
Биржа иши дарслик

2.5. Tovarlarni birja savdolariga qo‘yishga ruxsat berishni amalga 
oshirish tartibi 
Birja savdolariga faqat birja tovarlari qo‘yiladi. Bunda yer, yer osti boyliklari, 
suv, boshqa tabiiy resurslar, madaniy meros va intellektual mulk ob’ektlari, ishlar 
va xizmatlar, xususiy belgili ashyolar, ko‘chmas mulk, shuningdek qonun 
hujjatlariga muvofiq fuqarolik muomalasidan chiqarilgan mol-mulk birja tovari 
bo‘lishi mumkin emas. 
Tovarni birja savdolariga qo‘yish quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi: 
- tovarni ishlab chiqaruvchi yoki yetkazib beruvchining tovarni birjaning 
kotirovkalash varag‘iga kiritish haqidagi arizasini ko‘rib chiqish; 
- tovarning qonun hujjatlariga, shu jumladan birja tovariga nisbatan 
o‘rnatilgan talablarga muvofiqligini, muvofiqlik sertifikatining mavjudligini, agar 
import qilingan tovar bo‘lsa, uning bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilganligi 
haqidagi hujjatni tekshirish; 
- tovarning likvidliligini baholash; 
- tovarni birjaning kotirovkalash varag‘iga kiritish va uni birja a’zolariga 
yetkazish. 
Tovarni birja savdolariga qo‘yishga ruxsat berishni birjaning Listing 
komissiyasi amalga oshiradi. Listing komissiyasi o‘z faoliyatini birja Boshqaruvi 
tomonidan tasdiqlangan “Listing komissiyasi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq 
tashkil etadi. 


34 
Birja savdosiga qo‘yilgan birja tovarlari ro‘yxati 
birjaning kotirovkalash 
varag‘i
hisoblanadi. Birjaning kotirovkalash varag‘i birja savdolari muomalasiga 
qo‘yilgan birjaning namunaviy kontraktlari ro‘yxati ko‘rinishida shakllantiriladi. 
Ruxsat berish natijalari bo‘yicha Listing komissiyasi kontraktga 
identifikatsiya raqami bergan holda bitimning eng ko‘p qo‘llaniladigan muhim 
shartlari ko‘zda tutilgan namunaviy birja kontraktining spetsifikatsiyasini 
tasdiqlaydi. 
Muhim shartlardagi har qanaday o‘zgartirish yangi namunaviy birja kontrakti 
spetsifikatsiyasini qabul qilish va unga yangi identifikatsiya raqami berish uchun 
asosbo‘ladi. 
Namunaviy birja kontraktining spetsifikatsiyasi quyidagi muhim shartlarni 
o‘z ichiga olishi kerak: 
- birja tomonidan qo‘yilgan kontraktning raqami (kodi);
- tovarning TIF TN kodi; 
- tovarning to‘liq nomi;
- o‘lchov birligi; 
- bitta kontraktdagi lot (tovarning o‘lchov birligidagi miqdori);
- bitim pul birligi (valyutasi); 
- yetkazib berish bazisi; 
- to‘lov va yetkazib berish muddati; 
- bitim bajarilishini ta’minlash kafolati bo‘yicha zakalat foizi; 
- sotib oluvchilar toifasi. 
Birja namunaviy kontraktining spetsifikatsiyasi mazkur turdagi tovarni 
sotishning alohida xususiyatini belgilovchi sotuvchi bilan kelishilgan maxsus 
shartlarni o‘z ichiga olishi mumkin. 
Birjaning Listing komissiyasi tomonidan tovarlarni birjaning kotirovkalash 
varag‘idan chiqarish quyidagi hollarda amalga oshirilishi mumkin: 
- tovar sotuvchisi yuridik shaxs sifatida tugatilganda; 
- sotuvchi tomonidan tovarlarni doimiy ravishda belgilangan miqdorda 
savdoga qo‘yish majburiyatlari bajarilmaganda; 


35 
- tovarga nisbatan talabning majvud emasligi, mazkur tovar bo‘yicha bitimlar 
doimiy tuzilmaganda; 
- tovar sotuvchisining tovarni birjaning kotirovkalash varag‘idan chiqarish 
haqidagi arizasi asosida. 
Birjaning kotirovkalash varag‘ida mavjud bo‘lmagan birja tovarlarini 
muomalaga chiqarishga yo‘l qo‘yilmaydi. 

Download 4,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish