Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 4,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/177
Sana14.07.2022
Hajmi4,59 Mb.
#797516
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   177
Bog'liq
Биржа иши дарслик

MOBILRAQAM platformasi 
 MOBILRAQAM
- chiroyli sonlar kombinasiyasiga ega uyali telefon 
raqamlarini sotish bo‘yicha yangi savdo platformasi. Onlayn auksionda ham yuridik 
(B2B) va ham jismoniy (B2C) shaxslar ishtiroq etishlari mumkin. Yangi savdo 
mexanizmi, O‘zRTXBning boshqa savdo platformalari kabi ochiqlik, oshkoralik, 
sog‘lom raqobat va savdo ishtirokchilari uchun teng sharoitlarni yaratib berish 
tamoyillariga asoslangan. 
2.2. Birja a’zolari, ularning huquq va majburiyatlari 
 
Tovar-xomshyo birjasida savdolar “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo 
birjasida birja savdolarini o‘tkazish Qoidalari” asosida tashkil etiladi. 


27 
Qoidalar “Birjalar va birja faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi 
Qonuniga (“O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami”, 2014 yil 22 
sentyabr, 38-son, 481-modda), birja faoliyatini tartibga soluvchi boshqa normativ-
huquqiy hujjatlarga muvofiq O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasida birja 
savdolarini o‘tkazish tartibi va shartlarini belgilaydi. 
Qoidalar O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasiga (keyingi 
o‘rinlarda birja deb ataladi), birja a’zolari va ularning treyderlariga, birja a’zolari 
tomonidan nomidan birja bitimlari tuzadigan yuridik va jismoniy shaxslarga, shu 
jumladan norezidentlarga, shuningdek birja bitimlarini amalga oshirish, ro‘yxatga 
olish, rasmiylashtirish va bajarishda hamda ular bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga 
oshirishda bevosita qatnashadigan yoki ko‘maklashadigan shaxslarga nisbatan 
tadbiq etiladi. 
Agar O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarida mazkur 
Qoidalarda belgilanganidan boshqacha qoidalar o‘rnatilgan bo‘lsa, normativ-
huquqiy hujjatlar qoidalari qo‘llaniladi. Birjaning ichki hujjatlari asosida 
belgilanadigan nizom va tartiblar mazkur Qoidalarga mos bo‘lishi lozim. 
Birja a’zolari, ularning huquq va majburiyatlari “Birja a’zolari, ularning 
huquq va majburiyatlari to‘g‘risida”gi nizom bilan tarttibga solinadi. Unga davlat 
hokimiyati va boshqaruvi organlari birja a’zolari bo‘lishi mumkinemas. O‘z 
navbatida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari 
hamda birja xodimlari birja a’zosi bo‘lgan yuridik shaxsning muassisi va mansabdor 
shaxsi bo‘lishi mumkinemas. 
Birja a’zoligiga qabul qilish, a’zolikni to‘xtatish va tugatish tartibi 
“O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasida birja savdolarini o‘tkazish 
Qoidalari” bilan belgilanadi. Birja a’zoligiga to‘lov asosida qabul qilinadi. 
Birjaning har bir a’zosiga birja tomonidan birja a’zosining individual raqami 
beriladi, alohida elektron pochta manzil va shaxsiy (xona) kabinet ochiladi. Birja 
bitimlarini mijoz nomidan va uning hisobidan tuzuvchi birja a’zosi 
broker
hisoblanadi. 


28 
Diler va brokerning funksiyalarini bitta birja a’zosi o‘rindoshlik asosida 
amalga oshirishiga ruxsat etiladi. Birja a’zolari cheklanmagan sondagi mijozlarga 
xizmat ko‘rsatishi mumkin. Birja a’zosi va uning mijozi o‘rtasidagi munosabatlar 
ular o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Shartnoma shartlari 
“O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasida birja savdolarini o‘tkazish 
Qoidalari”ga zid bo‘lmasligi shart. 
Birjada birja a’zolari o‘z mijozlarining manfaatlarini o‘z treyderlari orqali, 
shu jumladan mijozlarning manfaatlariga ta’sir etuvchi masalalar muhokama 
qilinadigan birja komissiyalarida qatanashish yo‘li bilan himoya qilishlari mumkin. 
Birja a’zosi cheklanmagan sondagi treyderlarni ishga jalb qilishimumkin. 
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, shuningdek birjaning 
xodimlari treyder sifatida ishlashga haqli emas.
Treyder faqatgiga bitta birja a’zosida faoliyatini amalga oshirishga haqli. Birja 
a’zosi va treyder o‘rtasida munosabatlar mehnat shartnomasi bilan tartibga solinadi. 
Birja a’zolarining treyderlari malaka talablariga javob berishlari kerak. 
Treyderlar birja faoliyatiga oid qonun hujjatlarini, “O‘zbekiston respublika tovar-
xom ashyo birjasida birja savdolarini o‘tkazish Qoidalari”ni, birja savdolarini tashkil 
etish, birja bitimlarini tuzish va bajarishni tartibga soluvchi birjaning ichki 
hujjatlarini bilishlari shart. Treyderlarning malaka talablariga javob berishi birja 
Boshqaruvi tomonidan o‘rnatilgan tartibda test o‘tkazish yo‘li bilan aniqlanadi. 
Treyder o‘zining harakati yoki harakatsizligi bilan birja a’zosiga zarar 
yetkazgan taqdirda birja a’zosi ushbu zarar to‘liq to‘langunga qadar birjadan 
treyderning boshqa birja a’zosida treyder sifatida ishlashini cheklashni talab qilish 
huquqiga ega. Lekin bunda ular o‘rtasida tuzilgan shartnomada birja a’zosiga 
shunday huquq berilgan bo‘lishi lozim.
Birja va birja a’zosi o‘rtasidagi rasmiy yozishmalar, shuningdek boshqa 
ma’lumotlarni yuborish pochta aloqa xizmati, birja elektron pochtasi yoki shaxsiy 
kabinet orqali amalga oshiriladi. 
Birja a’zolari quyidagi huquqlarga ega: 
- birja savdolarida ishtirok etish va birja bitimlarini tuzish; 


29 
- birja komissiyalari faoliyatida ishtirok etish; 
- birja savdo qoidalarini ishlab chiqishda ishtirok etish; 
- birja tomonidan taqdim etiladigan xizmatlardan foydalanish; 
- har bir birja savdosining yakunlari to‘g‘risida axborot olish va boshqalar. 
Birja a’zolari majburiyatlari esa quyidagilar: 
-
birjada o‘z faoliyatini qonun hujjatlariga, mazkur Qoidalarga va birjaning 
ichki hujjatlariga muvofiq amalga oshirishlari; 
-
mijozga uning manfaatlarini ko‘zlab tuziladigan birja bitimlari, shuningdek 
uning topshiriqlari bajarilishi bilan bog‘liq to‘liq axborotni o‘z vaqtida taqdim 
etishlari; 
-
birjaga o‘zlarining birja savdolarida ishtirok etganligi hamda birja 
bitimlarini tuzganligi bilan bog‘liq to‘liq axborotni o‘z vaqtida taqdimetishlari; 
-
mijoz bilan shartnoma tuzayotganda uni mazkur Qoidalar hamda kliring va 
hisob-kitoblarni amalga oshirish qoidalari bilan tanishtirishlari; 
-
o‘z hisobidan va mijoz hisobidan tuzilgan birja bitimlarining alohida 
hisobini yuritishlari; 
-
o‘z mijozlari pul mablag‘larining alohida-alohida hisobini yuritishlari; 
-
birja tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lovni o‘z vaqtida amalga 
oshirishlari; 
-
birja komissiyalarining o‘zlariga taalluqli qarorlarini bajarishlari; 
-
rekvizitlari o‘zgarganligi haqida birjaga o‘zgarish bo‘lgan kundan boshlab 
o‘n kunlik muddat ichida xabar berishlari; 
-
kuniga kamida bir marta birja tomonidan ochilgan o‘zining elektron 
pochtasini va shaxsiy kabinetini tekshirishlari; 
-
birja binosida jamoat tartibi va odob-axloq qoidalariga rioya qilishlari va 
boshqalar. 
Birja a’zolari va ularning treyderlariga quyidagilar ta’qiqlanadi: 
-
yolg‘on, tasdiqlanmagan yoki insayderlik ma’lumotlarni birja xodimlari va 
a’zolari o‘rtasida tarqatish; 
-
savdo vaqtida birja tomonidan o‘rnatilgan tizimlardan farq qiluvchi 


30 
operatsion tizimlardan foydalanish; 
-
birja a’zosining kompyuter terminalida birja tomonidan o‘rnatilgan plomba 
(stiker)larni buzish. 
Birja Boshqaruvi tomonidan treyderlarning kasbiy odob-axloq qaidalariga 
taalluqli boshqa talablar ham qo‘yilishimumkin. 

Download 4,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish