Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkent moliya instituti


 Birja a’zoligiga qabul qilish, a’zolikni to‘xtatish va tugatish tartibi



Download 4,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/177
Sana14.07.2022
Hajmi4,59 Mb.
#797516
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   177
Bog'liq
Биржа иши дарслик

2.3. Birja a’zoligiga qabul qilish, a’zolikni to‘xtatish va tugatish tartibi 
Birja a’zoligiga qabul qilish yuridik shaxslarni birja a’zosi sifatida 
akkreditsiya qilish yo‘li bilan amalgaoshiriladi. Birjaga a’zo bo‘lish istagida bo‘lgan 
shaxs (keyingi o‘rinlarda talabgor deb ataladi) birjaga, shu jumladan uning hududiy 
bo‘linmalariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: 
- tasdiqlangan shakldagi ariza; 
- a’zolikni taqdim etish to‘g‘risidagi ommaviy shartnoma shartlarini qabul 
qilinganligi bo‘yichaaktsept; 
- treyderning avtomatlashtirilgan ish joyi ( keyingi o‘rinlarda TAIJ)ni taqdim 
etish to‘g‘risidagi ommaviy shartnomani tuzish bo‘yicha aktsept; 
- davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqidagigi guvohnoma va ustavning 
talabgor tomonidan tasdiqlangan nusxasi; 
- talabgor tomonidan tasdiqlangan talabgor rahbari va bosh hisobchisining 
pasport nusxasi (2-nusxada); 
- kliring ishtirokchisining to‘lirilgan anketasi; 
- treyder(lar)ning ishga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi talabgor tomonidan 
tasdiqlangan buyruq nusxasi; 
- treyder(lar)ning pasport nusxalari. 
Talabgordan belgilangan ro‘yxatdan tashqari hujjatlarning talab qilinishiga 
yo‘l qo‘yilmaydi. Talabgorlar to‘ldirishi uchun hujjatlar namunalari (shaklllari) birja 
Boshqaruvi tomonidan tasdiqlanadi va birjaning veb-saytida joylashtiriladi. 
Ommaviy shartnomalar ham birjaning veb-saytida joylashtiriladi. Talabgor taqdim 
etilgan hujjatlar to‘plamidagi ma’lumotlarning haqqoniyligi uchun javobgar 
hisoblanadi. 


31 
Hujjatlar to‘plami birjaning mas’ul tarkibiy tuzilmasi tomonidan ko‘rib 
chiqilib, kamchiliklar aniqlanmasa, birja Boshqaruvi tomonidan talabgorni 
a’zolikka qabul qilish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi va bu haqda talabgorga tegishli 
xabarnoma yuboriladi. 
Talabgorning hujjatlari ular taqdim etilgan kundan boshlab 5 ish kuni 
davomida ko‘rib chiqiladi. Talabgor tomonidan ko‘rsatilgan barcha zarur hujjatlar 
taqdim etilmagan bo‘lsa, birja a’zolikka qabul qilish haqidagi arizani 
qanoatlantirishni rad etadi, bu haqda rad qilish sabablarini ko‘rsatgan holda yozma 
ravishda talabgorni xabardor qiladi. Bunday holda hujjatlar talabgorga qaytariladi. 
A’zolikka qabul qilish rad etilgan talabgor rad qilish uchun sabab bo‘lgan 
kamchiliklarni bartaraf etgandan so‘ng hujjatlarni qaytadan topshirishga haqli. 
Birjaning vakolatli tarkibiy tuzilmasi birja a’zosi haqidagi barcha zarur 
ma’lumotlarni, shu jumladan birja a’zosining rekvizitlari, uning treyderlari, 
a’zolikni to‘xtatish yoki tugatish sabablarini o‘z ichiga olgan birja a’zolarining 
elektron reestrini yuritadi. 
A’zolikni to‘xtatish ixtiyoriylik asosida va majburiy tartibda amalga 
oshiriladi.
To‘xtatish birja a’zosini birja savdolaridan chetlashtirish yo‘li bilan quyidagi 
hollarda, ya’ni: 
-
birja va (yoki) savdo ishtirokchilari oldida qarzdorlik mavjud bo‘lganda; 
-
qonun hujjatlarini va (yoki) savdo qoidalarini buzganda; 
-
birja komissiyalarining qarorlarini bajarmaganda amalga oshiriladi. 
Birja a’zosi va uning treyderlarini savdodan chetlashtirish uchun asos 
bo‘ladigan qoidabuzilishlar “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasida birja 
savdolarini o‘tkazish Qoidalari” bilan belgilanadi 
Birja a’zosining a’zoligi to‘xtatilgan va a’zolikdan chetlashtirilgan davrda 
undan a’zolik badallari va boshqa to‘lovlar undirilmaydi, shuningdek ushbu birja 
a’zosining treyderini boshqa birja a’zosiga o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
A’zolikni tugatish haqidagi qaror birja Boshqaruvi tomonidan qabul qilinadi 
va bunday qaror quyidagi holatlarda qabul qilinadi: 


32 
o
mazkur birja a’zosi (yuridik shaxs) bankrot deb topilganda yoki 
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko‘rsatilgan tartibda tugatilganda; 
o
birja a’zosi sifatida 6 (olti) oydan ortiq muddat davomida faoliyat 
ko‘rsatmaganda (a’zolik to‘xtatilgan hollar bundan mustasno); 
o
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa 
asoslar mavjud bo‘lganda tugatilishi mumkin. 

Download 4,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish