Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 4,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/177
Sana14.07.2022
Hajmi4,59 Mb.
#797516
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   177
Bog'liq
Биржа иши дарслик

Oddiy auksion 
yo xaridorlardan kelib tushgan arizalarni qabul qilgan sotuvchi 
tomonidan (sotuvchi auksioni) yoki potensial sotuvchilardan manfaatli takliflar 
qidirayotgan xaridor tomonidan (xaridor auksioni) tashkil etilishi mumkin.
Oddiy auksionning bir necha turlari mvjud. 
Xususan ingliz auksioni – 
sotuvchilar savdo boshlanishidan oldin fond 
instrumentlarini boshlangʻich narxda sotish uchun arizalar beradi. Ular kotirovka 
byulletenida kelishtirilib, birja savdo ishtirokchilariga tarqatiladi. Auksion 
davomida agar xaridorlar raqobati mavjud boʻlsa, moliyaviy instrument narxi oshib 
boradi va natijada auksion aktivi taklif etilgan eng yuqori narxda bitta xaridorga 
sotiladi. 
Golland auksioni –
sotuvchining boshlangʻich narxi yuqori va qachonki 
xaridor narxni maʼqullamagunicha auksionni olib boruvchi mutaxassis narxni 
pasaytirib boradi. Bunday holatda qimmatli qogʻozlar narxiga rozi boʻlgan xaridor 


221 
tomonidan sotib olinadi. 
Qorongʻu auksion –
barcha xaridorlar bir paytda qimmatli qogʻozlarni sotib 
olish uchun oʻzlarining narxlarini taklif qilishadi va eng yuqori narx taklif qilgan 
shaxs qimmatli qogʻozlarni sotib oladi. Ayrim rivojlangan mamlakatlar qisqa 
muddatli davlat obligatsiyalarini 
– 
uch oyli, olti oyli, bir yillik 
– 
“qorongʻi” auksion 
orqali joylashtiradi.
Murakkab auksion 
(uzluksiz, “chaqiriqli” yoki “olomonli”). Auksionning 
bunday turi sotuvchilar va xaridorlar raqobatining yuqori boʻlishini taqozo etadi. 
Birja savdosini tashkil etish shakli sifatida murakkab auksionlar fond bozori 
xususiyatiga boshqa auksionlarga nisabatan mos ravishligi bilan ajralib turadi. 
Murakkab auksionlar quyidagicha farqlanadi. 
Chaqiriqli bozor 
(on call market). Fond bozorida bitimlar kamdan kam 
tuzilsa, sotuvchi va xaridor narxlari oʻrtasida katta farq yuzaga keladi va u birja 
kotirovkasida spred, deb nomlanadi. Buning natijasida, bitimlardagi narxlar 
tebranishi yuqori va muntazam xarakterga boʻladi, bunday bozor likvid emas, birja 
savdolari uzluksiz auksion shaklida tashkil etilishi umuman, murakkab hisoblanadi. 
Chaqiriqli bozorda birja savdosini tashkil etilishi kam kuzatiladi, bozor likvidligi 
past boʻlganligi sababli, qimmatli qogʻozlar savdosida qatnashish uchun arizalar 
tushish muddati uzaytiriladi va tashkil etilgan birja savdosida deyarli barcha 
qimmatli qogʻozlar savdosi boʻlib oʻtadi. 
Uzluksiz auksion. 
Broker muqaddam bergan arizasini oʻzgartirishi mumkin 
emas, shuning uchun vaqt mezoni yozma auksionda muhim element hisoblanadi. 
Natijada, qimmatli qogʻozning kliring narxi aniqlanadi va shu narxda sotuvchi va 
xaridorlar bitim tuzadilar. Shunday holat bozorni katta hajmda yigʻilib qolgan 
moliyaviy aktivlarga boʻlgan buyurtmalarni barobariga sotib turadi. Likvid bozorda 
bunday “barobariga sotishlar” bir birja kunida bir necha marotaba sodir boʻlib turadi. 
Jahonda barobariga sotish amaliyotidan keng foydalanadigan yirik bozorlar 

Avstriya, Belgiya, Germaniya va Isroil davlati birjalaridir. Bunday barobariga sotish 
savdolari 
– 
qimmatli qogʻozlarga doimiy talab va taklif, bozor likvidligi, uzluksiz 
auksionga oʻtish imkoniyati mavjudligini bildiradi. Oʻz navbatida, uzluksiz auksion 


222 
uch turga ega. 
Birinchi turi 
– buyurtmalar kitobidan foydalanish, 
unga brokerlardan kelib 
tushgan ogʻzaki arizalar kiritiladi, keyin klerk (birja vakili) arizalarni kelib tushish 
muddati va qimmatli qogʻozlarni sotib olish hajmi boʻyicha ajratadi.
Ikkinchi turi 
– tablo, 
unda qimmatli qogʻozlarga nisbatan tanlangan eng 
yaxshi ikkita narx (eng yuqori 

sotib olish uchun va eng past 

sotish uchun narxlar) 
koʻrsatiladi. Makler kelib tushgan arizalarni narxlar boʻyicha guruhlaydi va har bir 
qimmatli qogʻozga kurs taklifini belgilaydi. Ushbu narxlar broker ish joyi ekraniga 
yoki tabloga chiqariladi. Misol uchun, Nyu York fond birjasida biror bir 
korporatsiya aksiyalari boʻyicha quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi “17 va 3/8 17 va 
3/4 nisbatan” yoki “3/8, 3/4”. Bu 17 va 3/8 

talabning eng yaxshi narxi, 17 va 3/4

taklifning eng yaxshi narxini bildiradi. Bunday narxlar birja savdosi jarayonida 
savdo oʻyinlari strategiyasini belgilash va arizalar korrektirovkasini qilish uchun 
asos boʻlib xizmat qiladi. Vaziyatni tahlil qilib, savdo zalidagi treyderlar koʻrishi 
uchun brokerlar oʻzlari tabloga aktivlar narxini chiqaradi. Buyurtmalar tabloga 
xronologik tarzda joylashtiriladi shuning uchun vaqt omili hal qiluvchi rolni 
oʻynaydi. Agar oʻxshash buyurtmalar xuddi shunday narxlarda avvalroq kelib tushsa 
va bozorning qarshi tomonidagi buyurtmalar bajarilishiga yoʻl qoʻymasa, 
buyurtmalar bajarilmaydi. Ushbu buyurtmaning bajarilmaslik sababi aksiyaga 
“avvalroq” ariza kelib tushgani boʻlishi mumkin. Agar “avvalroq” arizalarning 
narxlari diapazoni bozor taklif qilinayotgan narxlar bilan keskin farq qilsa, savdo 
jarayonida makler “avvalroq” kelib tushgan arizalarni chiqarib tashlab, birja 
savdosiga korrektirovkalar kiritishi mumkin. Birja savdosi tashkil etilishining oʻzi 
chegaraviy spred oʻrnatish yoʻli orqali bozor likvidligini oshirishga imkon beradi.
Uzluksiz auksionning uchinchi turi 
– olomon. 
Treyderlar faqat savdoga kelib 
tushayotgan aksiyalarni eʼlon qiluvchi klerk (birja vakili) atrofida toʻplanishadi va 
kontragentga oʻzlari taklif qilayotgan narxlarni ovoza qilishadi. “Olomon”dagi 
savdolar turli narxlarda amalga oshadi va koʻp hollarda bitta xaridor aniq narxni 
belgilamagan holda bir nechta sotuvchilar bilan turli narxlarda aksiyalarni xarid 
qiladi. Zamonaviy kompyuter texnikasi bilan jihozlangan yirik birjalarda “olomon” 


223 
shaklida birja savdosi tashkil qilinishini tasavvur qilish qiyin, ayniqsa, jahon yirik 
kompaniyalar tomonidan aktiv emissiyalar oshirilganda. Lekin, bunday uzluksiz 
birja savdosining yarim ijobiy jihatlari mavjud, qarz bozoridagi buyurtmalarni 
birlashtiradi va shu orqali ushbu bozorni qimmatli qogʻozlardan “tozalab” 
bajarilayotgan buyurtmalar sonini maksimal darajaga koʻtaradi. 
Birjada savdolarni tashkil qilish uchun operatsion zalga alohida talablar 
belgilanadi: 
-
har bir savdo ishtirokchisi uchun zarur sharoitlar yaratib berish;
 
-
har bir savdo tovari uchun alohida zal, unda xona tagi amfiteatr shaklida 
boʻlishi kerak. Shuning uchun, bitimlar amalga oshadigan joyni “pol”, “chuqurlik” 
yoki “birja xalqasi” deyiladi;
 
-
zal markazida, balandlikda joylashgan maxsus joyda savdoni olib 
boruvchilar, operatsiya va narxlarni roʻyxatga oluvchilar boʻlishi darkor;
 
-
zal atrofida (400 gacha ... 500) birja savdolarida qatnashish huquqi mavjud 
boʻlgan, maxsus jihozlangan kabinalarda brokerlar joyi boʻladi; 
-
axborot tablo mavjudligi; 
-
axborot agentliklar vakillari uchun maxsus ish joylari tashkil etish; 
-
birja zali yonida axborotlari roʻyxatga olish va ombor xodimlari uchun 
boʻlimlar boʻlishi darkor. 

Download 4,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish