Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 4,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/177
Sana14.07.2022
Hajmi4,59 Mb.
#797516
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   177
Bog'liq
Биржа иши дарслик

 
 
 
 
 


217 
Eng yirik reyting agentliklarini kredit reyting koʻrsatkichlari
64
Qarz 
majburiyati 
emitentini ishon-
chlilik darajasi 
Moody's 
S&P 
Fitch IBC 
Reyting 
darajasining 
raqamdagi 
ifodasi 
Eng yuqori 
ishonchlilik 
daraja 
Aaa
AAA
AAA
100
Yuqori daraja
Aa1
AA+
AA+
95
Aa2
AA
AA
90
Aa3
AA-
AA-
85
Yuqori oʻrta 
daraja 
A1
A+
A+
80
A2
A
A
75
A3
A-
A-
70 
Past oʻrta daraja
Baa1
BBB+
BBB+
65
Baa2
BBB
BBB
60
Baa3
BBB-
BBB-
55
Spekulyativli 
daraja 
Ba1
BB+
BB+
50
Ba2
BB
BB
45
Ba3
BB-
BB-
40
Yuqori 
spekulyativli 
daraja
B1
B+
B+
35
B2
B
B
30
B3
B-
B-
25 
Katta riskka ega 
Caa1
CCC+
CCC
20
Juda yuqori 
spekulyativli 
daraja 
Caa2 
CCC 
15
Defolt holat: 
biroz 
sogʻlomlashtirish 
umidi mavjud
Caa3 
CCC- 
10
Ca
CC
C
C
5
Defolt holat 
/
D
DDD
0
7.5
Fond birja savdolari mexanizmi. Birja auksioni turlari
64
Mamadiyarov Z.
T. 
Xalqaro reyting agentliklari va ularning tijorat banklari faoliyatini baholash 
koʻrsatkichlari. // Iqtisodiyot va ta’lim. – Toshkent, 2017. - №1. - B. 21.
 


218 
Fond birja savdosi mexanizmi birja ustavida alohida belgilanadi. Fond birja 
ustavida savdo qoidalari keng yoritiladi va savdoni amalga oshirish tartib qoidalari 
koʻrsatiladi. Odatda, savdo mexanizmi qoidalari birja tomonidan mustaqil yoki 
chetdan mutaxassislar yoki ixtisoslashgan tashkilotlarni jalb qilgan holda ishlab 
chiqilishi mumkin. 
Fond birja savdo qoidalarini ishlab chiqishda birja xodimlaridan ishchi guruhi 
tuziladi hamda boshqa ixtisoslashgan tashkilotlar mutaxassislarini shartnoma 
asosida jalb qiladi. Savdo mexanizmi qoidalarini ishlab chiqish jarayonida qimmatli 
qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi vakillari ishtirok 
etishi talab qilinadi. Savdo mexanizmi qoidalarini ishlab chiqishda birjaning yuridik 
xizmati, birja savdolarini oʻtkazishga hamda birja savdo tizimi dasturiy-texnik 
majmuasi qatnashadi. 
Fond birjasi savdo mexanizmini ishlab chiqish quyidagilarni oʻz ichiga oladi: 
-
savdo mexanizmi qoidalari matnini ishlab chiqish; 
-
savdo mexanizmi qoidalarini birja aʼzolari yigʻilishida kelishishi;
-
savdo mexanizmi qoidalarining birja Kuzatuv kengashi tomonidan 
tasdiqlanishi;
-
birja savdolari elektron tizimining dasturiy taʼminotini ishlab chiqish; 
-
birjaning ichki meʼyoriy hujjatlariga tegishli oʻzgartishlar kiritish.
Birja savdosi mexanizmi qoidalarida quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
-
birjada amalga oshiriladigan birja bitimlarining turlari; 
-
birja bitimlari qatnashchilarining tarkibi va ularga nisbatan qoʻyiladigan 
talablar yigʻindisi; 
-
birja savdolarini amalga oshirish va ularning natijalarini roʻyxatga olish 
tartibi; 
-
birja bitimlari va ularning rasmiylashtirish tartibi; 
-
qimmatli qogʻozlarni kotirovka qilish tartibi; 
-
qimmatli qogʻozlarni birja savdolariga qoʻyishni amalga oshirish tartibi 
(listing); 


219 
-
birja bitimlari ishtirokchilari oʻrtasidagi hisob-kitoblarni amalga oshirish 
tartibi; 
-
birja savdosida muomalada boʻlgan standart kontraktlarning taʼrifi; 
-
savdo maydonchalari va seksiyalarining roʻyxati va nomlari, agar ular birja 
tomonidan tashkil etilgan boʻlsa; 
-
birja savdolarini oʻtkazish tartibi; 
-
birja aʼzolariga axborot xizmati koʻrsatish tartibi; 
-
birjada narx-navoning yuzaga kelish jarayoni ustidan nazorat qilish tartibi; 
-
birjadagi nizolarni hal etish tartibi; 
-
birja savdolari qoidalarini buzganligi uchun birja aʼzolari va xodimlarining 
javobgarligi toʻgʻrisidagi qoidalar.
Ishlab chiqilgan fond birjasi savdo mexanizmi qoidalari birja aʼzolarining 
umumiy yigʻilishida kelishilib, birjaning Kuzatuv Kengashi tomonidan 
tasdiqlangandan soʻng qabul qilinishi lozim. Birja aʼzolarining umumiy yigʻilishida 
qoidalar kelishiladi va fond birja kuzatuv kengashiga tasdiqlash uchun kiritiladi. 
Agar fond birja savdo mexanizmi qoidalarining matni birja aʼzolari bilan keliishish 
yoki Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanish jarayonida qabul qilinmasa, 
qoidalarga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganidan soʻng kelishish va 
tasdiqlash uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 
Fond birja savdolarida ishtirok etishga ruxsat quyidagi talablar bajarilganda 
beriladi: 
-
qimmatli qogʻozlar prospekti roʻyxatga olinishi; 
-
emissiya natijalari hisobotini davlat roʻyxatidan oʻtish; 
-
qimmatli qogʻozlar emitenti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi 
“Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida” qonunining toʻliq bajarilishi. 
Savdoni tashkillashtiruvchi savdoni birja nizomi talabi va hujjatlariga binoan 
tashkil etishi lozim. Savdoni oʻtkazish vaqti savdo tashkilotchisi tomonidan erkin 
belgilanishi mumkin, lekin savdoni oʻtkazish qoidalari boʻyicha savdoni oʻtkazish 
vaqti asosiy savdo sessiyasi mobaynida belgilanishi kerak. Savdolar qoʻshimcha 
savdo sessiyalarda ham oʻtkazilishi mumkin, kun tartibidagi savdolarga kiritilgan 


220 
qimmatli qogʻozlar savdosi asosiy savdo sessiyasiga kiritilishi talab etiladi. 
Savdolar amalga oshishi va bajarilishi tartibi tegishli talablar bajarilganidan 
keyin savdoni tashkil etuvchi tomonidan belgilanadi. Savdolarda bitimlar kelib 
tushgan arizalar asosida kelishiladi. Kliring tashkiloti tomonidan amalga oshgan 
bitimlar natijalarini aniqlashtirish savdoni tashkil etuvchi majburiyatlari boʻyicha 
amalga oshadi. 
Savdoda qatnashuvchi nomi yozilmagan arizalar boʻyicha bitimlar tuzish 
market meyker tomonidan qilinadi. 
Fond birja savdolari turli shakllarda tashkil etilishi mumkin. 
Oʻtkazish shakli boʻyicha savdolar:
a) doimiy va sessiya shaklida;
b) kontakt (anʼanaviy) va kontaksiz (elektron). 
Amalga oshish shakli boʻyicha:
a) ishonchnoma asosida birja savdosi (brokerlar);
b) mustaqil birja savdolari (dilerlar). 
Tashkil etish shakli boʻyicha savdo auksionlari oddiy va murakkab 
auksionlarga boʻlinadi. 

Download 4,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish