MAVZU-7.
ILK YOSHDAGI BOLALAR NUTQINI RIVOJLANTIRISH
Nutqning tayyorgarlik bosqichlarini o’z vaktida aniklashda emotsional muloqotning
ahamiyati
Nutqni tushunishni rivojlantirishning asosiy metodik usullari
Nutqkacha bo’lgan rivojlanish bosqichi: gugulash, chuchulash; ularning nutq bilan
alokasi. Ovoz munosabatlarini rivojlantirish metodikasi (0-1 yosh)
Faol nutqni rivojlantirish. Lug’at o’zlashtirish bosqichlari. Dastlabki so’zlarni
talaffuz qilishni o’rgatish metodikasi
Nutqning tayyorgarlik bosqichlarini o’z vaktida aniklashda emotsional muloqotning
ahamiyati
Hayotining birinchi yilida bola tez o’sadi. Jismoniy o’sish bilan birga «atrof
muhitga moslashish organi» (I.P.Pavlov)vazifasini bajarishga tayyor bo’lish uchun
bolaning miyasi ham rivojlanib boradi. Mazkur tayyorgarlik bosqichma-bosqich
ro’y beradi: 0 oydan 2,5-3 oygacha; 5-6 oydan to 9-10 oy va 1 yilgacha.
Muloqotning birinchi shakli – emotsional-bevosita (vaziyat-shaxs) shakldir.
Bu boshka odamga bo’lgan kizikish, unga nisbatan emotsional munosabat bilan
69
tavsiflanadi. Muloqotning bunday shakli bola hayotining birinchi yarim yilligiga
xos holatdir.
Muloqotning yanada rivojlangan ikkinchi shakli – ya’ni, emotsional-
vositali (vaziyatli-amaliy) shakli bola hayotining ikkinchi yarim yilligida ro’y
beradi. Bu muloqot predmetlar orkali vositali muloqotga aylantiriladi. Ushbu
yoshda bolaning kizikishlari atrofdagi olamga yo’naltirilgandir. Unda yangi
taassurotllarga ehtiyoj yorkin paydo bo’ladi.
Kattalar bilan muloqotda, hazil-huzul va boshka ijobiy hislarga to’lik
bo’lgan bola o’yinchoqlar bilan o’ynashga kirishadi. Bu mohiyatan, bolaning
tashabbusiga ko’ra yuzaga kelgan birinchi o’yin shaklidir. Bolaning narsalar va
o’yinchoqlar bilan harakatlari, ko’llarning kichik harakatlari uning nutqini
rivojlantirishda alohida ahamiyat kasb etadi.
Bola bilan muloqotda makollar, matallar, sanok she’rlardan foydalanish
zarur. Bu tovush va nutq muhitini boyitadi, nutqni rivojlantirishga yordam beradi,
intonatsion tinglash qobiliyatini, she’riy so’z jaranglashiga nisbatan sezgirlikni
rivojlantiradi. Ilk yoshdagi bolalar bilan ishlashda kattalar nutqiga alohida talablar
ko’yiladi, chunki ularning nutqi taklid uchun namuna bo’lib xizmat kiladi. SHu
bois u har tomonlama namunali bo’lishi, ya’ni: grammatik to’g’ri, intonatsion
ifodali, unchalik baland emas, tez ham emas, oz so’zli va anik bo’lishi lozim.
Nutqning intonatsion ifodaliligi mutlak muhim ahamiyatga ega, chunki
kichkintoy eng avvalo aynan nutqiy ohanglarni tushuna boshlaydi va ularga
munosabat bildirishga harakat kiladi. Intonatsiyaning kamligi nutqni tushunishni
rivojlantirishga va uni faollashtirishga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Tuђilganidan
boshlab
bir
yoshgacha
bo’lgan bolalarning
nutqni
tushunishlarining asosiy metodik usullarini ko’rib chikamiz.
Bola 6 oylik bo’lganidan so’ng uning nutqini o’z vaktida rivojlantirish
uchun nafakat bolada jonlanishni vujudga keltirish va fikrni bir joyga jamlashni
mashk qilish uchun shunchaki so’zlashish, balki unga dastlabki so’zlarni
tushunishni o’rgatish darkor.
6 yoshgacha kattalarning bolalar bilan muloqot shakli emotsional-bevosita
(vaziyat-shaxs) bo’ladi, 6 oydan boshlab esa muloqotning nisbatan rivojlangan
shakli – emotsional-bilvosita (vaziyatli-amaliy) muloqot shakliga navbat keladi.
Kattalar bolaga o’yinchoqlar bilan o’ynashni o’rgatadi, o’z harakatiga taklidni
yuzaga keltiradi, o’yinchokka e’tiborni jalb kiladi, ya’ni bolaning dikkatini o’zidan
o’yinchoqlarga va ular bilan harakatlar bajarishga yo’naltiradi. Ushbu jihat bola
rivojida ulkan ahamiyatga ega. Agarda kichkintoy bilan muloqot fakat emotsional
asosda amalga oshishda davom etaversa, keyinrok unga biron-bir narsani o’rgatish
kiyin kechadi. Kattalar bilan muloqot kilar ekan, bola kuladi, erkalanadi, kanday
qilib bo’lsa ham o’ziga dikkat-e’tiborni jalb qilishga harakat kiladi, va bu paytda
bola o’yinchoqlarni ham, kattalarning o’yinchoqlar bilan amalga oshirayotgan
harakatlarini ham ko’rmaydi, ularning so’zlariga kulok tutmaydi. Bunday
holatlarda bola emotsional muloqotga kirishadi, birok u narsalar va ular bilan
harakatlar bajarish borasida kattalar bilan muloqot qilishni bilmaydi. Bolada nutqni
tushunishni rivojlantirish uchun emotsional muloqot kamlik kiladi, muloqot bilish
70
tusiga ega bo’lishi uchun bola kattalar taklifiga binoan o’yinchoqlar bilan
harakatlarni bajarishi zarur.
So’zning asta-sekin bola uchun muayyan harakatga kirishishga signalga
aylanishi uchun (u ko’zlari bilan izlaydi, nomi aytilgan narsani ko’rsatadi, uni olib
kelib beradi va h.k.) kanday pedagogik shart-sharoitlar zarurligini bilish lozim.
Dastlabki so’zlar – emotsional ifodaliligi, ta’sirliligi, vaziyatga oidligi,
kommunikativ yo’naltirilganligi bilan farklanadi. Bunday nutq vaziyatga
Do'stlaringiz bilan baham: |