O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti


II.  Ravon  nutq  va  uni  leksik-grammatik  rasmiylashtirishga  nisbatan  ko’yiladigan



Download 2,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/163
Sana31.12.2021
Hajmi2,12 Mb.
#279679
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   163
Bog'liq
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi

 
II.  Ravon  nutq  va  uni  leksik-grammatik  rasmiylashtirishga  nisbatan  ko’yiladigan 
talablar 
 
Bolalar kattalardan nafakat  tovushlar  va so’zlarni  to’g’ri  talaffuz qilishni,  balki ertaklar, 
hikoyalar  mazmunini  aytib  berish,  atrof-olam  haqidagi  o’z  kuzatishlarini  bayon  qilish,  o’z 
fikrlarini izchil bayon qilish va xulosalar chikarishni ham o’rganadilar. 
Bolalarga nutqda u  yoki bu mazmunni ravon, kizikarli va imkonli shaklda yetkaza olish 
pedagog nutqining zarur sifatlaridan biri hisoblanadi. 
Tarbiyachi  o’z  fikrlarini  izchil  bayon  kilar  ekan,  u  o’z  nutqini  tushunarsiz  so’zlar, 
murakkab oborotlar, uzok iboralar bilan kiyinlashtirib yubormasligi lozim. 
Bolalar  nutqni  agarda,  u  kiska  iboralardan  iborat  bo’lsagina  yaxshi  kabul  kiladilar. 
CHunki  uzun,  buning  ustiga  grammatik  jihatdan  juda  murakkab  tuzilgan  iboralarni  ko’llashda 


 
66 
bolalarga uning kismlari o’rtasida aloka boђlash, uning mazmunini mulohaza qilish va tushunish 
kiyin kechadi. 
Fakat  oddiy  gaplarni  ko’llash  bilan  cheklanmaslik  lozim.  Ayniksa,  boђlangan  ko’shma 
gap va ergashgan ko’shma gaplarni keng ko’llash juda muhimdir.  
Bolalarga  hikoya  qilib  berishda  (o’tkazilgan  ekskursiya,  tabiat  haqida  va  h.k.)  fakat 
asosiy  narsani,  ya’ni    barcha ikkinchi darajali  va ahamiyatsiz narsalarni  tashba  yuborgan holda 
fakat  ushbu  mavzuga  alokador  narsalarni  ajratib  olish  va  bolalarga  yetkazish  zarur.  Ko’p 
so’zlash,  ortikcha  iboralarni  ko’llash  tarbiyachining  nutqini  oђir,  tushunish  uchun  kiyin  qilib 
ko’yadi. 
Murakkab  oborotlar  bilan  boyitilgan  hikoyani  tinglashda  maktabgacha  yoshdagi 
bolalarning  pedagogning  fikrini  kuzatib  borishlari,  hikoya  mazmunini  esda  saklab  kolishlari 
kiyin bo’ladi va bunday hikoya foyda keltirmaydi. 
Pedagog nutqining imkonliligi va tushunarliligiga eng avvalo,  so’zlardan to’g’ri va anik 
foydalanish orkali erishiladi. Ona tilining lug’at zahirasi boy, u doimo yangi so’zlar bilan boyib 
boradi; muomaladan chiqqan so’zlar yo’kolib ketadi. 
Bolalar bilan muloqotda tarbiyachi bolalarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda 
ona  tilining  leksik  boyligini  keng  ko’llashi:  tushunish  mumkin  va  o’zlashtirish  oson  bo’lgan 
so’zlarni tanlashi va ulardan o’z nutqida foydalanishi lozim. 
Bolalar  bilan  suhbat  choђida  adabiy  tilga  oid  so’zlarni  ko’llash,  ko’pol  so’zlarga  yo’l 
ko’ymaslik,  oddiy  so’zlashuv  tili  va  shevalardan,  shuningdek  muomaladan  chiqqan  so’zlardan 
kochish lozim. Tarbiyachining lug’ati qanchalik boy va turli-tuman bo’lsa, uning nutqi qanchalik 
yorkin bo’lsa, bolalar shunchalik ko’p so’zlarni o’zlashtirib olishlari mumkin. 
Tarbiyachining  lug’atidagi  kamchiliklar  sifatida  so’zlarni  kichraytirilgan-erkalash 
suffikslari  bilan  ko’llash  (Sevaraxon,  ko’lchalaringni  yuv;  Samatjon,  stakanchalarni  yiђishtirib 
ko’y va h.k.), nutqni ortikcha so’zlar bilan to’ldirib yuborish (Xo’sh, aytish mumkinki, demak), 
nisbatan  katta  bolalar  bilan  muloqot  qilishda  ularga  xuddi  go’daklarga  kabi  muomala  qilish 
(Vov-vov kani?) kabi holatlarini keltirish mumkin.  
So’zlar  va  so’zli  iboralarni  to’g’ri  tanlash  tarbiyachi  nutqining  anikligi,  tushunarligi  va 
ifodaliligini ta’minlaydi.  
YAngi  so’zlardan  foydalanishda  juda  ehtiyot  bo’lish  zarur.  Bir  tomondan,  bolalarning 
yoshini  hisobga  olish  va  ular  tushuna  oladigan  so’zlarni  tanlash,  ikkinchi  tomondan  –  doimiy 
ravishda  yangi  so’zlarni  muomalaga  kiritish,  mavjud  so’zlardan  foydalanishni  kengaytirish  va 
ularning ma’nosini tushuntirib berish lozim.  
Pedagogning  hikoyasi  to’lik,  chiroyli,  so’zlari  anik  tanlab  olingan,  grammatik  jihatdan 
to’g’ri  rasmiylashtirilgan  va  ifodali  bo’lishi,  uning  alohida  kismlari  o’rtasida  mantikiy  aloka 
o’rnatilgan bo’lishi lozim. Hikoya qilishda nutqni ifodali, turli-tuman, mazmunga boy kiladigan 
sinonimlar,  metaforalar,  tashbehlardan,  xalq  og’zaki  ijodiyotidan  (makollar,  matallar), 
frazeologik iboralardan kengrok va mohirona foydalanish lozim. 
Bundan  tashkari,  tarbiyachining  nutqi  nafakat  bolalarga  nisbatan,  balki  bolalar 
bog’chasining xodimlariga nisbatan ham osuda, doimo bosik, xushmuomala bo’lishi shart. 
SHunday  qilib,  bolalar  bilan  ishlash  orkali  pedagog  quyidagilarga  e’tiborini  karatishi 
lozim: 

  ona tilining barcha tovushlarni to’g’ri talaffuz qilish, nutqdagi mavjud kamchiliklarni 
bartaraf etish; 

  anik, tushunarli nutqka, ya’ni yaxshi diktsiyaga ega bo’lish; 

 
o’z nutqida adabiy talaffuzlardan foydalanish, ya’ni orfoepik koidalarga rioya qilish; 

  ifodalilikning  intonatsion  vositalaridan  bildirilgan  fikrlarni  hisobga  olgan  holda 
to’g’ri foydalanishga intilish; 

  bolalar bilan muloqotda biroz sekinlashtirilgan sur’atda, ovozni sal pasaytirgan holda 
nutq so’zlash; 

  matnlar  mazmunini  so’zlar  va  grammatik  tuzilmalardan  foydalangan  holda  ravon 
hamda imkonli shaklda hikoya qilish va bolalarga yetkazish; 


 
67 

  bolalar  va  xodimlar  bilan  suhbatda  ovozni  balandlatish  va  ko’pol  muomalaga  yo’l 
ko’ymaslik. 
 
Bolalar  bog’chasi  tarbiyachisi  uchun  namunali  nutqka  ega  bo’lish  –  bu  uning  kasbiy 
tayyorligi  ko’rsatkichidir.  SHuning  uchun  o’z  nutqini  takomillashtirish  haqida  qayg’urish  – 
bo’lajak  pedagogning  axlokiy  va  ijtimoiy  burchidir.  U  o’zida  keyinchalik  bolalarga  beradigan 
nutqiy ko’nikmalarni mukammal rivojlantirishi shart. 

Download 2,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish